Teshaev Ulugbek Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak toj tomirlarining ko‘p sonli zararlanishi bor va yondosh semizlikka chalingan bemorlarda chap torakotomiya orqali minimal invaziv koronar shuntlashning erta natijalari», 14.00.34 - Yurak qon-tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2170.
Ilmiy raxbar: Yarbekov Rustam Raimkulovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Kazaryan Artak Varujanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliev Sherzod Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi «I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat universtiteti» Oliy ta’limning federal davlat avtonom ta’lim muassasasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: koronar o‘zanning ko‘plab zararlanishlari hamda hamrox semizlik mavjud bo‘lgan yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda chap tomonlama mini-torakotomiya (MICSCAB-AKSh) usulini qo‘llash orqali aortokoronar shuntlashning bevosita va qisqa muddatli natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nisbatan yoshroq yosh va ayol jinsi bilan tana vazni indeksi qiymatining ortishi o‘rtasida koronar o‘zanning ko‘plab zararlanishlari mavjud bo‘lgan yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarning katta guruhida ishonchli tarzda tasdiqlangan o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan;
floumetriya ma’lumotlari hamda qo‘yilgan anastomozlarning funksionalligini baholashga bog‘liq holda tana vazni indeksi yuqori bo‘lgan bemorlarda koronar arteriyalar zararlanishining xususiyatlari aniqlangan;
qo‘llanilgan aortakoronar shuntlash usullariga va tana vazni indeksi qiymatlariga bog‘liq holda asosiy xronologik holatlar (tashrix vaqti oralig‘i; reanimatsiya sharoitidagi vaqt; statsionar davolanish vaqti) o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
tana vazni indeksi yuqori bo‘lgan bemorlarda MICSCAB aortakoronar shuntlash usulining OPCAB usuliga nisbatan afzalliklari va kamchiliklari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM Ekspert kengashining 2023 yil 2 noyabrdagi 2x/18-son xulosasiga kura (Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM  tomonidan ilmiy yangiliklarni boshka soglikni saklash muassasiga joriy etish buyicha Soglikni saklash vazirligiga 2023 yil 1 noyabrda 994-sonli xat yuborilgan):
yurak toj tomirlarining ko‘p sonli zararlanishi bor va yondosh semizlikka chalingan bemorlarda chap torakotomiya orqali minimal invaziv koronar shuntlashning erta natijalarida koronar arteriyalar stenozlarining anatomik, fiziologik va morfologik xususiyatlarini hisobga olish, minimal invaziv koronar shuntlash aralashuvning turi va hajmini aniqlab, amaliyot vaqtidagi, yaqin va uzoq muddatli kuzatuv davridagi natijalarni takomillashtirib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asosiy salbiy yurak hodisalari chastotasini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: yurak toj tomirlarining ko‘p sonli zararlanishi bor va yondosh semizlikka chalingan bemorlarda chap torakotomiya orqali minimal invaziv koronar shuntlashning erta natijalari bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM va uning hududiy filiallari bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktorining 2023 yil 1 noyabrdagi №993sonli buyrug‘i). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak toj tomirlarining ko‘p sonli zararlanishi bor va yondosh semizlikka chalingan bemorlarda minimal invaziv koronar shuntlash aralashuvlaridan keyin yuzaga kelish mumkin bo‘lgan asoratlar sonini minimallashtirish; amaliyotdan keyingi reabilitatsiya sifatini oshirish; bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va mehnat faoliyatiga qaytarish; uzoq muddatli kuzatuv davrida asosiy salbiy yurak hodisalirini sezilarli kamaytirish; intraoperatsion asoratlarning chastotasi 1-chi va 2-guruhlarda mos ravishda 8,4% va 11,8% ni tashkil etganligi aniqlangan. Ya’ni, tana vazni indeksi yuqori bo‘lgan shaxslarda intraoperatsion asoratlar nazorat guruhiga qaraganda tez-tez kuzatilishi aniqlangan; sun’iy qon aylanish apparatida intraopreatsion konversiya nazorat guruhidagi shaxslar orasida 2,1% holatlarda va tana vazni indeksi yuqori bo‘lgan bemorlar orasida 5,1% holatlarda sodir bo‘lgan (r>0,05). Konversiya holatlarining genderli tegishliligi bilan bog‘liqligini tahlil qilish ayol jinsi bilan bevosita ijobiy korrelyasiyani aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: koronar oqimning ko‘p tomirli zararlanishi bo‘lgan yurak ishemik kasalligi bilan kasallangan bemorlarning tana vazni indeksi (TVI) darajasiga qarab o‘tkazilgan batafsil tahlildan shuni ko‘rish mumkinki, tana vazni indeksi yuqori bo‘lgan guruhda 4 ta konduit bilan anastomoz holatlari nazorat guruhiga qaraganda 7,5% ga ko‘proq bo‘lgan (r>0,05). Bu, o‘z navbatida, 1 bemorga o‘rtacha shuntlar soni ko‘rsatkichida tana vazni indeksi≤30 kg/m2 guruhdagi bemorlarda vazni ortishida ortiqcha (o‘rtacha 1 ta) shunt ko‘proq qo‘yilishiga sabab bo‘lgan. Operatsiyani o‘tkazish vaqti ORCAV guruhida uzoqroq bo‘lgan (farq +65,9 daqiqa, ya’ni taxminan 1 soat; r<0,0001). Shunga ko‘ra, bu O‘SV dan uzoqroq foydalanish bilan birga keldi (ORCAV va MICSCAB guruhlar o‘rtasidagi farq 122,1 daq. ni talab qilgan; r<0,0001). Shuningdek, ORCAV -guruhda bemorning RIDB da qolishi MICSCAB -guruhga qaraganda ko‘proq bo‘lgan (farq 15,2 soat bo‘lgan; r<0,0001), MICSCAB -guruh shaxslarida statsionar kuzatuv davomiyligi ORCAV -guruhning analogik ko‘rsatkichidan 2,6 yotoq-kunga (r<0.0001) oshgan. Yuqoridagi tahlillar natijasida, mazkur patologiyalarda tana vazni indeksi yuqori bo‘lgan va asoratlangan bemorlarda kardioxirurgik jarrohlik amaliyotining qo‘llanishi uchun jami umumiy xarajtlar 80 280 000 so‘mni tashkil etadi. Bu kabi murakkab patologiyalarda taklif etilayotgan usulni qo‘llash natijasida jami o‘rtacha 74 589 900 so‘m sarflanadi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). Demak bunda 1 nafar bemor uchun: mazkur amaliyotni qo‘llash natijasida 5 691 000 so‘m iqtisod qilindi; Bunda 1 nafar bemordan 5 691 000 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 28 455 000 so‘mni tashkil etadi (5 nafar bemor uchun). Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 8 536 500 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 19 918 500 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: taklif etilayotgan usuldan foydalanishni amaliyotga joriy qilinishi bir bemor uchun 5 691 000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Tajribada keltirilgan 5 nafar bemor uchun, bu iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi yillik 28 455 000 so‘mni tashkil etdi. Shundan yillik byudjet mablag‘laridan 8 536 500 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 19 918 500 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Yurak toj tomirlarining ko‘p sonli zararlanishi bor va yondosh semizlikka chalingan bemorlarda chap torakotomiya orqali minimal invaziv koronar shuntlashning erta natijalari” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 01.11.2023y.; №994sonli xat yuborilgan;
tana vazni indeksi qiymatlari yuqori bo‘lgan bemorlarda koronar arteriyalarning zararlanishida davolashning ustuvor usulni (MICSCAB va ORCAV) tanlash uchun ko‘p tomirli zararlanishi bo‘lgan yurak ishemik kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda aorta koronar shuntlash operatsiyasidan oldin tana vazni indeksi ni skriningli hisoblash zarurati ko‘rsatilgan bo‘lib bunda, jarrohlik amaliyotidan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qayta miokard revaskulyarizatsiyasining operativ usulini qo‘llanilish amaliyotini oldini oladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: yurak toj tomirlarining ko‘p sonli zararlanishi bor va yondosh semizlikka chalingan bemorlarda chap torakotomiya orqali minimal invaziv koronar shuntlashning erta natijalari bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM va uning hududiy filiallari bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktorining 2023 yil 1 noyabrdagi №993sonli buyrug‘i). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tana vazni indeksi qiymatlari yuqori bo‘lgan bemorlarda koronar arteriyalarning zararlanishida kardioxirurgik MICSCAB-aorta koronar shuntlash ni o‘tkazish paytida umumiy qon yo‘qotish hajmi ORCAV-aorta koronar shuntlash (r<0,0001) ga qaraganda 2 baravarga kam bo‘lgan; floumetriya ko‘rsatkichlari tahlilida barcha shakllangan anastomozlar yaxshi o‘tkazuvchanlik va funksionallik bilan ajralib turgan. Pulsatsiya indeksi va diastolik hajmli qon oqimi ko‘rsatkichlari mos ravishda 0,2 birlik (r=0.714) va 11,2% (r=0.0000) ga MICSCAB-aorta koronar shuntlash operatsiyasi bajarilgan bemorlarda ORCAV-aorta koronar shuntlash operatsiyasi bajarilganlarga nisbatan ustunlik qilishi ko‘rsatilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Tana vazni indeksi qiymatlari yuqori bo‘lgan bemorlarda koronar arteriyalarning zararlanishining tabiati va og‘irligidan kelib chiqib taklif etilayotgan uslub va taktika natijasida bajarilagan kardioxirurgik amaliyotlarda umumiy sarf va xarajtlar qisqarishiga olib keldi. Yuqoridagi ko‘rsatgichlar asosida qo‘yidagi iqtisodiy natijalarga erishildi, bunda: 1 nafar bemorning shifoxondagi davri iqtisodiy ko‘rsatgichi: Bemorlarning ushbu kategoriyasida davolashda ratsional yondashuv natijasida bemorlarning reanimatsiyada bo‘lish davri, bemorlarning shifoxonada qolish mudatini o‘rtacha davri, asoratlar sonini kamaytirish xisobidan sarflanadigan qo‘shimcha xarajtlar va umumiy perioperativ davrni qisqarishi natijasida 1 bemorga to‘lanadigan to‘lov 4 000 000 so‘mga kamayadi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DMning preyskurantiga ko‘ra); Ushbu guruhdagi bemorlarni davolashdagi individual ratsional yondashuv natijasida odatdagi davolash taktikasiga nisbatan har bir bemordan o‘rtacha 4 000 000 so‘m iqtisodiy samardorlikka erishish imkonini beradi. Natijada yangi jarrohlik amaliyotining joriy etilishi 1 yilda o‘rtacha (7 ta bemor uchun) 28 000 000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keladi. Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 8 400 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 19 600 000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: Tana vazni indeksi qiymatlari yuqori bo‘lgan bemorlarda koronar arteriyalarning zararlanishining tabiati va og‘irligidan kelib chiqib taklif etilayotgan yondashuv natijasida 1 yilda (7 ta bemor uchun) 28 000 000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keladi. Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 8 400 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 19 600 000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Yurak toj tomirlarining ko‘p sonli zararlanishi bor va yondosh semizlikka chalingan bemorlarda chap torakotomiya orqali minimal invaziv koronar shuntlashning erta natijalari” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 01.11.2023y.; №994 sonli xat yuborilgan;
tana vazni indeksi yuqori bo‘lgan bemorlarda MICSCAB usulidan foydalangan holda aortakoronar shuntlashning bosqichlari ORCAV texnikasi bilan qiyosiy jihatdan bosqichma-bosqich, intra- va operatsiyadan keyingi asoratlarni tahlil qilish, shuningdek reabilitatsion observatsiya davrining asosiy momentlarini tahlil qilish bilan qadamma-qadam konkretlashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: yurak toj tomirlarining ko‘p sonli zararlanishi bor va yondosh semizlikka chalingan bemorlarda chap torakotomiya orqali minimal invaziv koronar shuntlashning erta natijalari bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM va uning hududiy filiallari bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktorining 2023 yil 1 noyabrdagi №993  sonli buyrug‘i). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tana vazni indeksi yuqori bo‘lgan bemorlarda koronar oqimning ko‘p tomirli zararlanishida MICSCAB usulidan foydalangan holda aortakoronar shuntlashni joriy etish operatsiya paytida ham, undan keyin ham qon quyish ehtiyojini kamaytiradi; yara infeksiyasi xavfini sezilarli darajada kamaytiradi, shu bilan kasalxonaga yotqizish muddatini qisqartiradi, bunda miniinvaziv aralashuv bir nechta koronar arteriyalarda operatsiya qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Tana vazni indeksi kelib chiqib tanlangan usullar yordamida olib borilgan taktika natijasida: bemorlarning kasalxonada qolishining o‘rtacha davomiyligi operatsiyadan keyingi o‘rin-kunning  8,6±1,0 dan 6,0±0,8 gacha qisqarishi hisobidan o‘rtacha 2,6±0,8 kunga kamroq statsonarda bo‘lishni tashkil etdi (r=0,709). Buning natijasida 1 bemor uchun 792 220 so‘m iqtisod qilinadi; Reanimatsiya va intensiv davo bo‘limi (RIDB) da bo‘lish vaqti 35,2±14,2 soatdan 20,0±4,5 soatgacha (o‘rtacha 15 soat) qisqargan. Buning natijasida 1 bemor uchun 699 750 so‘m iqtisod qilinadi; Umuman olganda guruh bo‘yicha MICSCAB texnikasi bo‘yicha operatsiyaning o‘rtacha davomiyligi 179,3±41,4 daqiqani tashkil etgan (OPCAB guruhida esa bu uzoqroq bo‘lgan (farq +65,9 daqiqa, ya’ni taxminan 1 soat; r<0,0001). Buning natijasida 1 bemor uchun 1 417 100 so‘m iqtisod qilinadi; Buning natijasida mazkur taklif etilayotgan taktika va amaliyotlar natijasida jami o‘rtacha bir bemor uchun iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi 2 909 070 so‘mni tashkil etsa (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra), yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 29 090 700 so‘mni tashkil etadi (10 nafar bemor uchun). Xulosa: qo‘llanilgan aortakoronar shuntlash usullariga va tana vazni indeksi qiymatlariga ko‘ra asosiy xronologik momentlar (operatsiyaning vaqt oralig‘i; reanimatsiya sharoitidagi vaqt; statsionar davolanish vaqti) o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlikni hisobga olgan xolda taklif etilayotgan amaliyotni joriy qilinishi natijasida 1 yilda 29 090 700 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 8 727 210 so‘m byudjet mablag‘lari hamda 20 363 490 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lardir. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Yurak toj tomirlarining ko‘p sonli zararlanishi bor va yondosh semizlikka chalingan bemorlarda chap torakotomiya orqali minimal invaziv koronar shuntlashning erta natijalari” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 01.11.2023y.; №994sonli xat yuborilgan;
shundan iboratki, tana vazni indeksi yuqori bo‘lgan bemorlarda koronar oqimning ko‘p tomirli zararlanishida MICSCAB usulidan foydalangan holda aortakoronar shuntlashni joriy etish operatsiya paytida ham, undan keyin ham qon quyish ehtiyojini kamaytiradi; yara infeksiyasi xavfini sezilarli darajada kamaytiradi, shu bilan kasalxonaga yotqizish muddatini qisqartiradi, bunda  miniinvaziv aralashuv bir nechta koronar arteriyalarda operatsiya qilish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: yurak toj tomirlarining ko‘p sonli zararlanishi bor va yondosh semizlikka chalingan bemorlarda chap torakotomiya orqali minimal invaziv koronar shuntlashning erta natijalari bo‘yicha olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM va uning hududiy filiallari bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktorining 2023 yil 1 noyabrdagi №993 sonli buyrug‘i). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: MICSCAB-aorta koronar shuntlash ni o‘tkazish paytida umumiy qon yo‘qotish hajmi ORCAV-aorta koronar shuntlash (r<0,0001) ga qaraganda 2 baravarga kam bo‘ldi. Shunga mos holda, bu gemotransfuziyaning past chastotasini talab qilishi aniqlangan; MICSCAB texnikasi bo‘yicha operatsiyaning o‘rtacha davomiyligi 179,3±41,4 daqiqani tashkil etgan (r=0.657). Operatsiyani o‘tkazish vaqti ORCAV guruhida uzoqroq bo‘lgan (farq +65,9 daqiqa, ya’ni taxminan MICSCAB usuli qo‘llanilgan guruhda 1 soat (r<0,0001) qisqa kechishi aniqlangan); Tekshiruv tanlovidagi patsientlarda operatsiyadan keyin donor qon komponentlaridan foydalanish chastotasi 17,1% (7 kishi) ni tashkil etdi, shundan 71,4% 2 guruh ya’ni tana vazni indeksi ≥ 30 kg/m2 patsientlar bo‘lganligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: koronar oqimning ko‘p tomirli zararlanishi va qo‘shilib kelgan semizligi bo‘lgan yurak ishemik kasalligi bilan kasallangan bemorlarda turli xil aorta koronar shuntlash usullarini (MICSCAB va ORCAV) bajarish samaradorligi o‘zaro taqqoslanganda, MICSCAB usulida: tekshiruv tanlovidagi patsientlarda operatsiyadan keyin donor qon komponentlaridan foydalanish chastotasi 43,5% dan 23,8%gacha (o‘rtacha 2 baravarga) (r=0,291) kamaygan; reanimatsiya va intensiv davo bo‘limi (RIDB) da bo‘lish vaqti 35,2±14,2 soatdan 20,0±4,5 soatgacha (o‘rtacha 15 soat) qisqargan; intraoperatsion asoratlar 13,0% dan 9,5% gacha kamaygan (r=0,914, χ2=0,012); umuman olganda guruh bo‘yicha MICSCAB texnikasi bo‘yicha operatsiyaning o‘rtacha davomiyligi 179,3±41,4 daqiqani tashkil etgan (ORCAV guruhida esa bu uzoqroq bo‘lgan (farq +65,9 daqiqa, ya’ni taxminan 1 soat; r<0,0001). Tekshiruv olib borilgan guruh (MICSCAB va ORCAV) bemorlarda qon komponentlarini qo‘llash 10 tadan 5 tagacha (2 barovar) qisqargan. Yuqoridagi ma’lumotlar asosida tahlil qilinganda iqtisodiy tejash ko‘rsatgichlari qo‘yidagicha bo‘ldi, ya’ni: RIDB bo‘lish davrining qisqarishi hisobidan 1 bemor uchun 699 750 so‘m iqtisod qilinadi; Amaliyotlar qo‘llanilgnada yuzaga kelgan asoratlar (o‘rtacha 1,4 barobar) qisqarishi natijasida o‘rtacha umumiy sarf xarajtlar iqtisodiy ko‘rsatgichi 1 119 200 so‘mni tashkil etdi; MICSCAB texnikasi bo‘yicha bajarilagan amaliyotlarda operativ jarayon vaqtining qisarishi hisobidan 1 bemor uchun 1 417 100 so‘m iqtisod qilindi; Taklif etilayotgan usul natijasida qon komponentlari qo‘llash kamayishi natijasida o‘rtacha 1 bemor uchun 500 000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi; Shunda umumiy 1 bemor uchun iqtisodiy tejash samaradorligi 3808 850 so‘mni (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra) tashkil etdi; Bunda yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 38 088 500 so‘mni tashkil etadi (10 nafar bemor uchun). Xulosa: koronar oqimning ko‘p tomirli zararlanishi va qo‘shilib kelgan semizligi bo‘lgan yurak ishemik kasalligi bilan kasallangan bemorlarda MICSCAB usulidan foydalanishni amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda 38 088 500 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 11 426 550 so‘m byudjet mablag‘lari, 26 661 950 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Yurak toj tomirlarining ko‘p sonli zararlanishi bor va yondosh semizlikka chalingan bemorlarda chap torakotomiya orqali minimal invaziv koronar shuntlashning erta natijalari” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotda olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 01.11.2023y.; №994sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish