Tog‘aymurodov Elbek Boysoatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Qishloqda agroturizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yo‘llari (Samarqand viloyati misolida)», 08.00.17. - Turizm va mehmonxona faoliyati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Pardaev Mamayunus Karshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, PhD.03/28.02.2022.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Iskandar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Safarov Baxodirxon Shaxriyorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloqda agroturizmni rivojlantirishning tashkiliy - iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa turistik resurslaridan samarali foydalanish va agrotu-rizmni jadal rivojlantirish bo‘yicha “Samarqand agrosayohat” agroturistik marshurit (ziyorat turizmi, gastronomik turizm va agroturimz) tashkil qilish va ushbu marshuritga innovatsion texnologiyalarni joriy qilgan ko‘p tarmoqli ilg‘or fermer xo‘jaliklarini kiritishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
qishloq hududlarida etishtirilgan ekologik toza mahsulotlardan tayyorlanadigan mahsulotlardan taomlar tayyorlashda agroturistlar bevosita ishtiroki bo‘yicha “daladan dasturxongacha” jahon amaliyoti qishloq tarixiy landshaftlari va milliy bayramlarga ko‘ra takomillashtirilgan;
qishloq hududlarida “ekouylar»ni joriy etishga ko‘ra tashrif buyuruv-chilarni ekologik sayohat turlariga maqsadli marshuritlar bo‘yicha keng jalb qilishni tizimli tashkil qilish va agrotur, erkin yoki imtiyozli gidlarni joriy qilish kabilarning iqsiodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Samarqand viloyatida agroturizmni rivojlantirish bo‘yicha, jumladan fermerlarning yillik daromadini agroturizmga ko‘ra oshirish, sayyohlik agentliklari va fermerlar aloqalarini chuqur integratsiyalash, agroturizm mavsumiga mos agrar tadbirlarni tashkil etish asoslangan hamda fermer agroturizm samaradorliga ta’sir etuvchi omillarni (“Logistic regression model”) ko‘ra aniqlash takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq hududlarda agroturizmni barqaror rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan amaliy takliflar va tavsiyalar asosida:
mintaqa turistik resurslaridan samarali foydalanish va agroturizmni jadal rivojlantirish bo‘yicha “Samarqand agrosayohat” agroturistik marshuriti (ziyorat turizmi, gastronomik turizm va agroturizm) va ushbu marshuritga innovatsion texnologiyalarni joriy qilgan ko‘p tarmoqli ilg‘or fermer xo‘jaliklarini kiritish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan “Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha chora tadbirlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizm qo‘mitasining 2023-yil 29-avgustdagi 02-12-15-259-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi mintaqa fermer xo‘jaliklari faoliyatini agroturizm orqali diversifikatsiyalash va agroturizmni rivojlantirishga, qishloqlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish va agroturistlar sonini ko‘paytirishga, agroturizm faoliyati bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatlaridan to‘la foydalanishga xizmat qilgan;
qishloq hududlarida etishtirilgan ekologik toza mahsulotlardan tayyorlanadigan mahsulotlardan taomlar tayyorlashda agroturistlar bevosita ishtiroki bo‘yicha “daladan dasturxongacha” jahon amaliyoti qishloq tarixiy landshaftlari va milliy bayramlarga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan “Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha chora tadbirlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizm qo‘mitasining 2023-yil 29-avgustdagi 02-12-15-259-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi qishloq hudud-lariga agroturistlar tashrifining ko‘payishi, agroturistlarning qo‘shimcha talabini qondirish, tarixiy landshaftlar va milliy bayramlar mohiyatini targ‘ib qilish, agroturizm samaradorligini oshirish va fermer xo‘jalik-larining qo‘shimcha daromadga ega bo‘lishini ta’minlashgi xizmat qilgan;
qishloq hududlarida “ekouylar”ni joriy etishga ko‘ra tashrif buyuruvchilarni ekologik sayohat turlariga maqsadli marshuritlar bo‘yicha keng jalb qilishni tizimli tashkil qilish va agrotur, erkin yoki imtiyozli gidlarni joriy qilish kabilarning iqsiodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan “Turizmni rivojlantirishda oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizm qo‘mitasining 2023-yil 29-avgustdagi 02-12-15-259-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyaning amaliyotga joriy qilinishi maqsadli ekomarshurutlarni tashkil qilishga ko‘ra agroturistlar sonining ko‘payishi va xizmat ko‘rastish sifatini oshirishga xizmat qilgan;
Samarqand viloyatida agroturizmni rivojlantirish bo‘yicha, jumladan fermerlarning yillik daromadini agroturizmga ko‘ra oshirish, sayyohlik agentliklari va fermerlar aloqalarini chuqur integratsiyalash, agroturizm mavsumiga mos agrar tadbirlarni tashkil etish asoslangan hamda fermer agroturizm samaradorliga ta’sir etuvchi omillarni (“Logistic regression model”) ko‘ra aniqlash kabi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan “Samarqand viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha chora tadbirlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Turizm qo‘mitasining 2023-yil 29-avgustdagi 02-12-15-259-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida agroturistlar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq ichki imkoniyatlar aniqlangan va ulardan foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asos bo‘lib xizmat qilgan.