Maxmudova Nodiraxon Jumaboy qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Mebel sanoati korxonalarida riskni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish”,
08.00.13 – Menejment, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2048
Ilmiy rahbar: Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Umarov Ilhom Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Baymirzaev Dilmurod Ne’matovich o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik – qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mebel sanoati korxonalari faoliyatida risklarni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mebel sanoat korxonalarida risklarni baholashda risk xaritasini shakllantirishga ko‘ra Bog‘dod va Buvayda tumanlarini mebel sanoatiga ixtisoslashtirish taklifi asoslangan;
korxonalar risk darajasini “past ta’sirga ega (0-0,25)”, “o‘rtacha ta’sirga ega (0,26-0,5), “yuqori ta’sirga ega (0,51-0,75)”, “maksimal ta’sirga ega (0,76-1)” chegaralar doirasida baholash asosida mebel sanoatiga investisiyalarni faol jalb qilish taklifi asoslangan;
mebel sanoati korxonalarida riskni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi “reglamentlovchi”, “ijrochi” va “operativ” boshqaruv jarayonlarni uyg‘unlashtirish hamda mebel bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lgan milliy brend mahsulotlarini ko‘paytirishni hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
mebel sanoati korxonalarining o‘rtacha risk koeffisientini hisobga olgan holda mebel sanoati tarmog‘i umumiy daromadlari hajmining 2027-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
mebel sanoat korxonalarida risklarni baholashda risk xaritasini shakllantirishga ko‘ra Bog‘dod va Buvayda tumanlarini mebel sanoatiga ixtisoslashtirish bo‘yicha taklifidan “2022-2026 yillarda Farg‘ona viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 221-sonli qarori 3-ilovasida foydalanilgan (“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi”ning 2023-yil 15-iyundagi 01-21/1723-son hamda Farg‘ona viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining 2023-yil 16-oktyabrdagi 36/4-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida mebel sanoati korxonalari faoliyatining istiqbolli imkoniyatlari hisobiga hududlarda mebel sanoati korxonalari salohiyatidan foydalanish samaradorligi 10 foizli ijobiy samarasiga erishish imkoni paydo bo‘ldi.
korxonalar risk darajasini “past ta’sirga ega (0-0,25)”, “o‘rtacha ta’sirga ega (0,26-0,5), “yuqori ta’sirga ega (0,51-0,75)”, “maksimal ta’sirga ega (0,76-1)” chegaralar doirasida baholash asosida mebel sanoatiga investisiyalarni faol jalb qilish taklifidan “2022-2026 yillarda Farg‘ona viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 221-sonli qarori 2-ilovasida foydalanilgan  (“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi”ning 2023-yil 15-iyundagi 01-21/1723-son hamda Farg‘ona viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining 2023-yil 16-oktyabrdagi 36/4-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida ichki va tashqi risklar hisobiga korxonalarning umumiy risk darajasini aniqlashga hamda sohaga investisiyalarni faol jalb qilishga qaratilgan risklarni boshqarish tizimida cheklangan resurslardan foydalanishni optimallashtirishga qaratilgan qarorlar qabul qilish aniqligi ortgan hamda xarajatlarni boshqarish samaradorligi 5-7 % ga oshishiga erishildi.
mebel sanoati korxonalarida riskni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi “reglamentlovchi”, “ijrochi” va “operativ” boshqaruv jarayonlarni uyg‘unlashtirish hamda mebel bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lgan milliy brend mahsulotlarini ko‘paytirishni hisobga olish orqali takomillashtirish bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-165-sonli farmonining 5-bob 12-xatboshida foydalanilgan  (“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi”ning 2023-yil 15-iyundagi 01-21/1723-son hamda Farg‘ona viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining 2023-yil 16-oktyabrdagi 36/4-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida risklar ta’sirining salbiy oqibatlari hajmini maksimal aniqlashga hamda risklarni boshqarish tizimida cheklangan resurslardan foydalanishni optimallashtirishga qaratilgan risklarni boshqarishning ketma-ketligini ishlab chiqish va asoslash imkoniyati yaratildi.
mebel sanoati korxonalarining o‘rtacha risk koeffisientini hisobga olgan holda mebel sanoati tarmog‘i umumiy daromadlari hajmining 2027-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilishi bo‘yicha ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida mebel sanoati tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni boshqarish hamda tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha strategik yo‘nalishlarni aniqlash imkoniyati kengaydi (“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi”ning 2023 yil 15 iyundagi 01-21/1723-son hamda Farg‘ona viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining 2023-yil 16-oktyabrdagi 36/4-son ma’lumotnomalari).

Yangiliklarga obuna bo‘lish