Barakaev Lazizjon Otaqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Dalillarni to‘plash usuli sifatida taftish o‘tkazishning protsessual va kriminalistik jihatlari”, “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu501.
Ilmiy rahbar: Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Bekzod, yuridik fanlar doktori; Jo‘raev Ixtiyor Baxtiyorovich, yuridik fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi huzuridagi Sud`yalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dalillarni to‘plash, tekshirish va baholash usuli sifatida taftish o‘tkazishning protsessual hamda kriminalistik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
taftish ustidan nazoratni o‘rnatish, jinoyat ishlari bo‘yicha ma’lumotlarni “Elektron jinoyat-huquqiy statistika” yagona axborot tizimiga kiritish zaruriyati asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tizimida prokuror-kriminalisti lavozimini joriy qilish lozimligi taklif qilingan;
taftish hujjatlarini dalil turi sifatida hisobga olinishi lozimligi asoslab berilgan;
taftish tayinlash qarori ustidan tekshirilayotgan shaxs nazorat qiluvchi prokurorga shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega bo‘lishi lozimligi, prokuror shikoyatni 3 sutka ichida ko‘rib chiqishi kerakligi, qabul qilingan qaror haqida shikoyat yo‘llagan shaxsga xabar berilishi shartligi taklif qilingan;
taftish o‘tkazish muddatini uzaytirish vakolatini viloyatlar va ularga tenglashtirilgan prokurorlarga berish lozimligi asoslantirilgan;
taftish dalolatnomasini tekshirilayotgan sub’ekt mansabdor shaxsi yoki uning vakili tomonidan imzolanishi shartligi taklif qilingan;
tekshirilayotgan sub’ekt mansabdor shaxsi yoki uning vakilining e’tirozi asosli bo‘lganda qayta taftish tayinlash o‘tkazish kerakligi taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
taftish ustidan nazoratni o‘rnatish, jinoyat ishlari bo‘yicha ma’lumotlarni “Elektron jinoyat-huquqiy statistika” yagona axborot tizimiga kiritish zaruriyatiga oid takliflaridan “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasini, shuningdek, Bosh prokurorning 12.07.2021 yildagi 243-sonli buyrug‘i asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boshqarmasi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandini ishlab chiqishda ham foydalanilgan (Bosh prokuraturaning 2022 yil 20 maydagi dalolatnomasi). Takliflarning inobatga olinishi taftish o‘tkazilgan holatlar soni, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va xatolar, ushbu dalillarni to‘plash usulini o‘tkazgan organlar va ularning harakatlarini baholash va mavjud muammolarni aniqlash va kollizion holatlarni bartaraf etishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tizimida prokuror-kriminalisti lavozimini joriy qilish lozimligiga oid takliflardan “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasini, shuningdek, Bosh prokurorning 12.07.2021 yildagi 243-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan yuqoridagi Nizomning 15-bandini shakllantirishda ham foydalanilgan (Bosh prokuraturaning 2022 yil
20 maydagi dalolatnomasi). Takliflarning inobatga olinishi tergovchi va prokuror uchun taftish tayinlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan holatlar, taftish o‘tkazilganlik natijasi bo‘lgan dalolatnomani baholashda hamda ushbu dalillarni to‘plash usulidan samarali foydalanish yo‘llarini ko‘rsatuvchi xodim shakllanishiga hissa qo‘shgan;
taftish hujjatlarini dalil turi sifatida hisobga olinishi lozimligi hamda taftish tayinlash qarori ustidan tekshirilayotgan shaxs prokurorga shikoyat murojaat qilish huquqiga ega bo‘lishi lozimligi, qabul qilingan qaror haqida shikoyat yo‘llagan shaxsga xabar berilishi shartligiga oid takliflaridan Jinoyat-protsessual kodeksi loyihasining 103-moddasi 2-qismi, 231-modda 5,6,7-qismlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 20 maydagi dalolatnomasi). Takliflarning inobatga olinishi dalil turlari qatoriga taftish dalolatnomasining kiritilishga hamda taftish tayinlash qarori ustidan shikoyat qilish mumkin bo‘lgan shaxslar sonini kengaytirishga xizmat qilgan;
taftish o‘tkazish muddatini uzaytirish vakolatini viloyatlar va ularga tenglashtirilgan prokurorlarga berish lozimligi, taftish dalolatnomasini tekshirilayotgan sub’ekt mansabdor shaxsi yoki uning vakili tomonidan imzolanishi shartligi, tekshirilayotgan sub’ekt mansabdor shaxsi yoki uning vakilining e’tirozi asosli bo‘lganda qayta taftish tayinlash o‘tkazish kerakligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi loyihasining 236-moddasi 2-qismi, 237-moddasi 4-qismi, 238-moddasi 2-qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 20 maydagi dalolatnomasi). Takliflarning inobatga olinishi xizmat qilgan taftish o‘tkazish muddatini uzaytirish tartibini soddalashtirish, osonlashtirish, taftish asosida tekshirilayotgan shaxslarning huquqlarining, qayta taftish o‘tkazish asoslari kengayishiga asos bo‘lgan.