Imomnazarov Alisher Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ko‘zdan kechirish tergov harakatini takomillashtirishning protsessual va kriminalistik jihatlari”, “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu505.
Ilmiy rahbar: Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Po‘latov Baxtiyor Halilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Raxmonova Surayyo Maxmudovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ko‘zdan kechirish tergov harakati bo‘yicha milliy qonunchilik va amaliyot samaradorligini oshirish hamda uni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alohida hollarda ko‘zdan kechirish tergov harakatlarini xolislar ishtirokisiz, audio va videoyozuvga uzluksiz qayd etgan holda amalga oshirishi lozimligi asoslantirib berilgan;
hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishni barcha jinoyat ishlari bo‘yicha videotasvirga olish tartibini qonunga kiritish taklif qilingan;
elektron ma’lumotlar ham ko‘zdan kechirish turi sifatida JPKda aks etishi lozimligi asoslantirilgan;
ob’ektni samarali ko‘zdan kechirish uchun dastlabki ko‘zdan kechirish sharoiti noqulay bo‘lganda, dastlabki ko‘zdan kechirishdan so‘ng yangi ma’lumotlar olinganda, dastlabki ko‘zdan kechirish sifatsiz amalga oshirilganda takroran ko‘zdan kechirish o‘tkazilishi lozimligi taklif qilingan;
JPKda ko‘zdan kechirish jarayonida hodisa sodir bo‘lgan joydan olinadigan, o‘raladigan, muhrlanadigan izlar, hujjatlar, narsalar qatoriga elektron ma’lumotlarni (ularni tashuvchisini) ham kiritish lozimligi taklif qilingan;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boshqarmasi yo‘nalishlari qatoriga onalar va bolalar o‘limi, qiynoqqa solish bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ustidan nazoratni ta’minlashni ham kiritish taklif qilingan;
prokuratura tizimida prokuror kriminalist hamda Bosh prokuraturada boshqarma katta prokuror-kriminalisti lavozimini joriy qilish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘zdan kechirishni takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
JPKda nazarda tutilgan alohida hollarda ko‘zdan kechirish tergov harakatlarini xolislar ishtirokisiz, audio- va videoyozuvga uzluksiz qayd etgan holda amalga oshirishi mumkinligiga doir taklifdan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi yangi tahrirdagi loyihasining 97-moddasi 2-qismini shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 20 maydagi dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi ko‘zdan kechirish tergov harakatini o‘tkazish sifatini oshirish barobarida tergov harakatini qonuniyligini asoslash ahamiyatini oshirishga xizmat qilgan;
hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishni barcha jinoyat ishlari bo‘yicha videotasvirga olishga oid taklifdan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi yangi tahrirdagi loyihasining “Dalillarni qayd etishning yordamchi usullari” deb nomlangan 113-moddasi 3-qismini shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 20 maydagi dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi ko‘zdan kechirish tergov harakatining daliliy ahamiyatini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
elektron ma’lumotlar ham ko‘zdan kechirish turi sifatida JPKda aks etishi lozimligiga oid taklifdan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi yangi tahrirdagi loyihasining “Ko‘zdan kechirish uchun asoslar” deb nomlangan 166-moddasi 1-qismini shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 20 maydagi dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi ko‘zdan kechirish jarayonida yangi ob’ekt bo‘lgan elektron ma’lumotlarni ham tekshirish lozimligi bo‘yicha tartibni joriy qilish imkoniyatini bergan;
ob’ektni samarali ko‘zdan kechirish uchun dastlabki ko‘zdan kechirish sharoiti qulay bo‘lmaganda, dastlabki ko‘zdan kechirishdan so‘ng yangi ma’lumotlar olinganda, dastlabki ko‘zdan kechirish sifatsiz amalga oshirilganda takroran ko‘zdan kechirish o‘tkazilishiga oid taklifdan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi yangi tahrirdagi loyihasining ko‘zdan kechirishning umumiy qoidalariga oid 167-moddasini shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 20 maydagi dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi dastlabki ko‘zdan kechirish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni qonuniy bartaraf etish imkoniyatini shakllantirishga xizmat qilgan;
JPKda ko‘zdan kechirish joyidan olingan va o‘ralib, muhrlanadigan narsalar, hujjatlar va izlar qatoriga elektron ma’lumotlarni (ularni tashuvchisini) kiritishga oid taklifdan “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi yangi tahrirdagi loyihasining hodisa joyini ko‘zdan kechirishga oid 168-moddasi 3-qismini shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 20 maydagi dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi ko‘zdan kechirish jarayonida o‘ralib, muhrlanishi lozim bo‘lgan ashyolar doirasini kengaytirish va shu orqali daliliy ashyolar xavfsizligini ta’minlashni kafolatlashga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boshqarmasi yo‘nalishlari qatoriga onalar va bolalar o‘limi, qiynoqqa solish bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ustidan nazoratni ta’minlashni ham kiritishga oid taklifdan Bosh prokurorning 12.07.2021 yildagi 243-son buyrug‘i asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boshqarmasi to‘g‘risida”gi Nizomning 7-bandini shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 20 maydagi dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi onalar va bolalar o‘limi, qiynoqqa solish bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv jarayonini nazoratini kuchaytirishga xizmat qilgan;
prokuratura tizimida prokuror kriminalist hamda Bosh prokuraturada boshqarma katta prokuror-kriminalisti lavozimini joriy qilishga oid taklifdan Bosh prokurorning 12.07.2021 yildagi 243-son buyrug‘i asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boshqarmasi to‘g‘risida”gi Nizomning 15-bandini shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2022 yil 20 maydagi dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi ko‘zdan kechirish tergov harakatini o‘tkazish sifatida amalga oshirishga xizmat qilgan.