Jo‘raev Sherali Umarjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Reografik ma'lumotlarni tasniflashda informativ belgilar majmuasini shakllantirish algoritmlari”, 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1801
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Radjabov Sobirjon Sattorovich    texnika fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/26.05.2022.T.10.05.
Rasmiy opponentlar: Babomuradov Ozod Jo‘raevich, texnika fanlari doktori, professor; Yuldashev Zafar Baxtiyarovich,  texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi reografik ma'lumotlarni tasniflashda informativ belgilar majmuasini shakllantirish algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
reografik ma'lumotlarga dastlabki ishlov berish algoritmi  taklif etilgan;
“Delta” diskretlash algoritmlari asosida reogramma belgilari majmuasini shakllantirish algoritmlari ishlab chiqilgan;
“Kompaktlik gipotezasi” asosida belgilarni muhimlik darajalarini baholash yondashuvi taklif etilgan.
Veyvlet-tahlil va Fure almashtirishlar xossalarini inobatga olgan holda reogrammalar informativ belgilarini ajratish algoritmi taklif etilgan;
neyron tarmoq texnologiyasi asosida reogrammalarni tasniflash masalasi echimi uchun umumlashgan algoritm taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Reografik ma’lumotlarni raqamli qayta ishlash va tanib olish modellari, usullari va algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarni amaliy qo‘llanilishi quyidagilardan iborat:
reografik ma’lumotlarga dastlabki ishlov berish algoritmi, shuningdek uning asosida asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Namangan viloyati Kosonsoy tuman tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi 2023 yil 11 avgustdagi  ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarini qo‘llash bemorlar holatini tashxislash jarayoniga sarflanadigan vaqtni o‘rtacha 10% qisqartirish imkonini bergan;
“Delta” diskretlash algoritmi va “Kompaktlik gipotezasi” asosida belgilarni muhimlik darajalarini baholash yondashuvi asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Namangan viloyati Kosonsoy tuman markaziy poliklinikasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi 2023 yil 11 avgustdagi  ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarini qo‘llash bemorlar holatini o‘rtacha 88% aniqlikgacha tashxislash imkonini bergan;  
Neyron tarmoq texnologiyasi asosida reogrammalarni tasniflash masalasi echimi uchun umumlashgan algoritm, shuningdek u asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Namangan viloyati “Davo medikal” xususiy korxonasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (“Davo medikal” xususiy korxonasi 2023 yil 7 avgustdagi 1-son dalolatnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarini qo‘llash tashxislash jarayoniga sarflanadigan vaqtni o‘rtacha 10% qisqartirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish