Raxmonova Munisaxon Rashodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Sust shakllangan jarayonlarni ko‘p mezonli optimallashtirishning genetik algoritmlari”, 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3873
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/26.05.2022.T.10.05.
Rasmiy opponentlar: Radjabov Sobirjon Sattorovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Abdullaev Sherzod, texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi modifikatsiyalangan genetik algoritm asosida sust shakllangan jarayonlarni ko‘p mezonli optimallashtirish masalalarini echish hamda dasturini ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
genetik algoritmning global optimumga yaqinlashishi shartlari aniqlangan;
sun’iy tanlashli genetik algoritmning modifikatsiyasi ishlab chiqilgan;
sun’iy tanlashli genetik algoritmdan foydalanishga asoslangan noravshan xulosalar modellari ishlab chiqilgan;
chiziqli va nochiziqli optimallashtirish masalalarini maksimal axborot koeffitsientli genetik algoritm modifikatsiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Sust shakllangan jarayonlarni ko‘p mezonli optimallashtirish masalalarini echish bilan bog‘liq bo‘lgan mavjud hamda taklif etilgan model va algoritmlar yordamida ishlab chiqilgan dastur:
genetik algoritm asosida paxta almashlab ekishda ekinlarni joylashtirish va almashtirishni optimallashtirish masalalari echish Dang‘ara tuman “Raxmonov Qodirali fayzi” fermer xo‘jaligiga joriy qilingan (Farg‘ona viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi 2023-yil 29 avgustdagi 02-02/1123-son ma’lumotnomasi). Sun’iy tanlashli genetik algoritmdan foydalanish asosida paxta almashlab ekishda ekinlarni joylashtirish va almashuvini optimallashtirish masalasi hal qilish uchun dasturiy ta’minot va dastur ma’lumotlarni tahlil qilish uchun sarflanadigan vaqtni 15%ga qisqartirgan va ekin hosildorligini 10%ga oshirgan;
sun’iy tanlashli genetik algoritm asosida chiziqli-dinamik model ekinlarni almashlab ekishni joylashtirish va optimallashtirish uslubiyati Dang‘ara tuman “BEST VEGETABLES DANGARA” fermer xo‘jaligi faoliyatiga qo‘llanilgan (Farg‘ona viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi 2023-yil 29 avgustdagi 02-02/1123-son ma’lumotnomasi). Chiziqli dinamik model asosida yaratilgan dastur olingan natijalarni tahlil qilish butun almashlab ekish davri uchun almashlab ekish maydonlarida ekinlarni joylashtirish va almashishning uzoq muddatli rejasini ishlab chiqish imkonini berdi. Natijada yaratilgan model, dasturiy ta’minot va dastur ma’lumotlarni tahlil qilish uchun ketadigan vaqtni 16% ga qisqartirgan va ekin hosildorligini 11%ga oshirgan.
sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash asosida paxta almashlab ekishning maqbul sxemasini tanlash uslubiyati Dang‘ara tuman “Baxtiyor zamin fayz” fermer xo‘jaligi faoliyatiga qo‘llanilgan (Farg‘ona viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi 2023-yil 29 avgustdagi 02-02/1123-son ma’lumotnomasi). Em-xashak ekinlarining tanlab olingan sxemasi va kombinatsiyasi (turi) paxta va boshqa mahsulotlardan eng yuqori hosil olish va fermer xo‘jaligida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini oshirdi va natijada yaratilgan model, algoritm va dastur ma’lumotlarni tahlil qilish uchun ketadigan vaqtni 14% ga qisqartirgan va ekin hosildorligini 9%ga oshirgan.