Abdullaeva Malikabonu Erkin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Xalq ta’limi sohasida korrupsiyani oldini olish masalalari”, 12.00.12 – “Korrupsiya muammolari” (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Yu516.
Ilmiy rahbar: Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: Tuxtasheva Umida Abdilovna, yuridik fanlar doktori professor; Davlyatov Valisher Xakimjanovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalq ta’limi sohasida korrupsiyaning oldini olish masalalari bo‘yicha kompleks ilmiy-nazariy va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, muammoli masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi normalari hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida eng tajribali umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlaridan iborat bo‘lgan Direktorlar kengashlarini tuzish hamda maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash vakolatini mazkur Direktorlar kengashlari tavsiyasiga asosan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan ochiq tanlov asosida amalga oshirish tartibini belgilash taklif qilindi;
ta’lim berishga mo‘ljallangan binolari va inshootlarini ta’lim sohasidan tashqari boshqa maqsadlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi taqiqlanishi taklif qilindi;
xalq ta’limi tizimida pedagog xodimlarning mutaxassislik bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda ish faoliyati samaradorligini oshirish va rag‘batlantirish maqsadida Markaz direktori va to‘garak rahbarlarining mehnati ularning faoliyat samaradorligini baholash mezonlari (KPI) asosida direktor jamg‘armasi hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xalq ta’limi sohasida islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har oyda qo‘shimcha rag‘batlantirish taklif qilindi;
xalq ta’limi tizimidagi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va ularning rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga tinglovchining alohida o‘quv modullari bo‘yicha o‘qitish va ballarda ifodalangan o‘zlashtirishini o‘z ichiga olgan ta’limning kredit-modul` tizimini joriy qilish orqali malaka oshirish muassasalarining mansabdor yoki vakolatli shaxslarining baholash tizimiga aralashish (inson faktorini) imkonini cheklashga, baholash tizimini esa avtomatik tarzda chiqarish imkonini beruvchi tizim joriy qilish taklif qilindi;
“Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformani yuritishni tashkil qilish, malaka oshirish tashkilotlari bilan birgalikda qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslari o‘quv modullari kontenti markazlashtirilgan tarzdi ishlab chiqish va ptatformaga kiritish bo‘yicha vazifalarni yuklash orqali o‘quv modullarini platformaga kiritish hamda imtixonlarni elektron tizimdan topshirish natijalariga ko‘ra uni yakunlash imkoniyatini yaratish, shu orqali imtixon oluvchilarning korrupsion harakatlar amalga oshirish imkoniyatini cheklash tizimi taklif qilindi.sud`ya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi bilan bir qatorda tergovga qadar tekshiruv organi mansabdor shaxsi ham ishda qatnashayotgan shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari shartligi haqidagi taklif jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarining himoyasini kuchaytirishi, tergovga qadar tekshiruv organlarining bu boradagi majburiyatlarini prinsip darajasiga ko‘tarishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalq ta’limi sohasida korrupsiyani oldini olish masalalari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida eng tajribali umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlaridan iborat bo‘lgan Direktorlar kengashlarini tuzish hamda maktab direktorlarini lavozimiga tayinlash vakolatini mazkur Direktorlar kengashlari tavsiyasiga asosan tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan ochiq tanlov asosida amalga oshirish tartibini belgilash bilan bog‘liq takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023 yil 26 maydagi PF-79-son Farmoni bilan tasdiqlangan Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha Yo‘l xaritasining 10-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 sentyabrdagi 12-15-81-son dalolatnomasi). Mazkur taklif maktab direktorlarini lavozimiga tayinlashda korrupsiyaning oldini olishga xizmat qilgan;
ta’lim berishga mo‘ljallangan binolari va inshootlarini ta’lim sohasidan tashqari boshqa maqsadlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi taqiqlanishi bilan bog‘liq takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022 yil 11 maydagi PQ–241-son qarorining 11-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 sentyabrdagi 12-15-81-son dalolatnomasi). Mazkur taklif maktab bino va inshootlarini noqonuniy ravishda ijaraga berish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qilgan;
xalq ta’limi tizimida pedagog xodimlarning mutaxssislik bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda ish faoliyati samaradorligini oshirish va rag‘batlantirish maqsadida Markaz direktori va to‘garak rahbarlarining mehnati ularning faoliyat samaradorligini baholash mezonlari (KPI) asosida direktor jamg‘armasi hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Xalq ta’limi sohasida islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har oyda qo‘shimcha rag‘batlantirish bilan bog‘liq takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi vazirligi tizimida o‘quvchi-yoshlarni kelajak kasblariga tayyorlash markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 17 iyuldagi 390-sonli qarorining 7-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 10 noyabrdagi 12/21-84-son dalolatnomasi). Mazkur taklif xalq ta’limi tizimida pedagog xodimlarning mutaxassislik bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda ish faoliyati samaradorligini oshirish va rag‘batlantirishga xizmat qilgan;
xalq ta’limi tizimidagi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va ularning rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga tinglovchining alohida o‘quv modullari bo‘yicha o‘qitish va ballarda ifodalangan o‘zlashtirishini o‘z ichiga olgan ta’limning kredit-modul` tizimini joriy qilish yuzasidan taklifidan Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbi rivojlantirish tizimini  tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2022 yil 17 yanvardagi 25-son qarorining 1-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 18 apreldagi 12/21-24-son dalolatnomasi). Mazkur taklif tegishli malaka oshirish muassasalarining mansabdor yoki vakolatli shaxslarining baholash tizimiga aralashish (inson faktorini) imkonini cheklashga, baholash tizimini esa avtomatik tarzda chiqarishga xizmat qilgan;
A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganshi va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti zimmasiga “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformani yuritishni tashkil qilish, malaka oshirish tashkilotlari bilan birgalikda qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslari o‘quv modullari kontenti markazlashtirilgan tarzdi ishlab chiqish va ptatformaga kiiritsh bo‘yicha vaziflarni yuklash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi 25-son qarori bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomning 12-bandini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 18 apreldagi 12/21-24-son dalolatnomasi). Mazkur taklif o‘quv modullarini platformaga kiritish orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonini imtixonlarini elektron tizimdan topshirish natijallariga ko‘ra uni yakunlash imkoniyati berdi. Bu esa ushbu jarayonlarda imtixon oluvchilarning korrupsion harakatlar amalga oshirish imkoniyatini cheklashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish