Umirova Surayyo Mamurjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronavirus o‘tkazgan bemorlarda diabetik polineyropatiyalarning klinik kechish xususiyatlari», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tibb3562.
Ilmiy rahbar: Matmurodov Rustam Jumanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, prfessor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi PhD.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Niyozov Shuxrat Toshtemirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Turuspekova Saule Tleubergenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koronavirus o‘tkazgan qandli diabet 2-turi mavjud bemorlarda diabetik polineyropatiyalarning klinik kechish xususiyatlarini o‘rganish va differensial yondashuv chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
COVID-19 o‘tkazgan qandli diabet 2-turi mavjud bemorlarda diabetik polineyropatiyalarning klinik kechish xususiyatlari aniqlanib, uni kasallik klinik shakllari, og‘irlik darajasi va infeksiyadan keyingi davr bilan bog‘liqligi aniqlangan;
diabetik polineyropatiya mavjud bemorlarning qon zardobida komplement C3 komponentining o‘rni va ahamiyatini baholash natijasida COVID-19 o‘tkazgan va o‘tkazmagan bemorlarda C3 faktorining differensial o‘zgarish darajalari aniqlangan;
COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda diabetik polineyropatiyalarning klinik-nevrologik, biokimyoviy, neyrofiziologik ko‘rsatkichlari va C3 faktori o‘rtasidagi korrelatsion bog‘liqlik aniqlangan;
COVID-19 o‘tkazgan diabetik polineyropatiya mavjud bemorlarda differensial yondashuv mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2023 yil 4 may № 03-23/07-x son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 yil 1 dekabrdagi 03-5114-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan qandli diabet 2-turi mavjud bemorlarda diabetik polineyropatiyalarning klinik kechish xususiyatlari aniqlanib, uni kasallik klinik shakllari, og‘irlik darajasi va infeksiyadan keyingi davr bilan bog‘liqligi aniqlangani Y.X. Turakulov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialining nevrologiya bo‘limida buyruq (02.02.2023y.; №15-n 91) bilan va Samarqand viloyati Oqdaryo tumani markaziy kasalxonasining nevrologiya bo‘limida buyruq (03.03.2023y.; №29-U84) bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda diabetik polineyropatiyalarning klinik kechish xususiyatlari va og‘irlik darajasi infeksiyadan keyingi davrga uzviy bog‘liqligi aniqlangan, hamda kasallikning og‘ir asoratlari, nogironlik va bemorlarning mehnatga layoqatsizlik kunlari soni qisqargan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yillik tejash qiymati: Eyil =(D1-D2)×(G+E) × N - 0.15× K = (9-5) × (100000+80000) × 70 - 0.15× 600000 = 50 310 000. Bu erda D1- diagnostik usul tadbiq etilgunga qadar bemorning ushbu xastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsiz kunlarining o‘rtacha soni; D2 – diagnostik usul tadbiq etilgandan so‘ng bemorning ushbu xastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsiz kunlarining o‘rtacha soni; G – bir ishchining kunlik daromadi; E – mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha beriladigan maosh, so‘m/kun; N – tadbiq etilayotgan yangilik masshtabi (tadbiq etilgan bemorlar soni); 0.15 – samardorlikning me’yoriy koeffisienti; K- ushbu usulni amaliyotga tadbiq etishda kutilayotgan mablag‘ sarfi. Xulosa: taklif qilingan usul 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 137 873 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: diabetik polineyropatiya mavjud bemorlarning qon zardobida komplement C3 komponentining o‘rni va ahamiyati baholash natijasida COVID-19 o‘tkazgan va o‘tkazmagan bemorlarda C3 faktorining differensial o‘zgarish darajalari aniqlangani Y.X.Turakulov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialining nevrologiya bo‘limi bo‘yicha (02.02.2023 y.; № 15-n/91) hamda Samarqand viloyati Oqdaryo tumani markaziy kasalxonasining nevrologiya bo‘limi bo‘yicha (03.03.2023 y.; № 29-U84) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diabetik polineyropatiya mavjud bo‘lgan bemorlarning qon zardobida komplement C3 komponenti miqdorining o‘zgarishi demielinizasiyani kuchaytiruvchi omil ekanligi isbotlandi, hamda COVID-19 o‘tkazgan va o‘tkazmagan bemorlarda kasallikni erta aniqlash va differensial baholash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diabetik polineyropatiyasi bo‘lgan COVID-19 o‘tkazgan va o‘tkazmagan bemorlar qon zardobida komplement C3 komponentining miqdorini IFA usulida tekshirish orqali 55400 so‘m mablag‘ tejaladi. Xulosa: taklif etilgan usulning qo‘llanilishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 35.6% ga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda diabetik polineyropatiyalarning klinik-nevrologik, biokimyoviy va neyrofiziologik ko‘rsatkichlari va C3 faktori o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangani Y.X.Turakulov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialining nevrologiya bo‘limi bo‘yicha (02.02.2023 y.; № 15-n/91) hamda Samarqand viloyati Oqdaryo tumani markaziy kasalxonasining nevrologiya bo‘limi bo‘yicha (03.03.2023 y.; № 29-U84) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda klinik-nevrologik shkalalarning natijalari, qon biokimyoviy ko‘rsatkichlariva neyrofiziologik- ENMG ko‘rsatkichlari bilan C3 faktori o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlanib, diabetik polineyropatiyalarni erta prognozlash va og‘ir asoratlarning oldini olishga, hamda bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishiga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: xarajat-samaradorlik koeffisienti (XSK) quyidagicha ifodalanishi mumkin: XSK = effekt/xarajat= Cyil/Z = 50310000/5229700 = 9,62. Bu erda Cyil – amalga oshirish hajmi uchun hisoblangan diagnostika usullarini o‘rtacha yillik tejash qiymati; Z – komplement C3 komponenti diagnostikasining usulini ishlab chiqish, joriy etish va amalga oshirish xarajatlarining narxi. Xulosa: COVID-19 o‘tkazgan diabetik polineyropatiya mavjud bemorlarda taklif etilayotgan usulning qo‘llanilishi natijasida 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 9,62 barobar iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 o‘tkazgan diabetik polineyropatiya mavjud bo‘lgan bemorlarda differensial yondashuv mezonlari ishlab chiqilgani Y.X.Turakulov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialining nevrologiya bo‘limi bo‘yicha (02.02.2023 y.; № 15-n/91) hamda Samarqand viloyati Oqdaryo tumani markaziy kasalxonasining nevrologiya bo‘limi bo‘yicha (03.03.2023 y.; № 29-U84) buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 o‘tkazgan diabetik polineyropatiya mavjud bo‘lgan bemorlarni dinamikada olib borish algoritmini ishlab chiqish orqali qandli diabetning og‘ir asoratlari va erta nogironlikning oldini olish, bemorlarning mehnatga layoqatsizlik kunlarining sonini qisqartirish, hamda hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilashga erishildi. Mazkur algoritm shifokorlarning (nevropatolog, endokrinolog) ish yukini kamaytirib, bemorlarda kasallikni erta tashxislash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 o‘tkazgan diabetik polineyropatiya mavjud bemorlarda og‘ir asoratlarning oldini olish orqali ko‘p xarajatli va qo‘shimcha vaqt talab qiluvchi tekshiruv usullarini qo‘llashni kamaytiradi. Bemorlar qon zardobida komplement C3 komponentining miqdorini IFA usuli yordamida tekshirish orqali moddiy xarajatlar miqdorini 31,8%ga kamayishiga erishiladi. Xulosa: diabetik polineyropatiya mavjud COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda yuqorida keltirilgan tekshiruv usulidan foydalanib, 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 80000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.