Nurmatova Saida Baxtiyarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dori preparatlariga sezuvchanlikning molekulyar-genetik va metabolik markerlari tavsifi», 03.00.01 – Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/B384.
Ilmiy rahbar: Dalimova Dilbar Akbarovna, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.B.01.13.
Rasmiy opponentlar: Dalimova Surayyo Nugmanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Ubaydullaeva Xurshida Abdullaevna, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dori preparatlariga sezuvchanlikning molekulyar- genetik markerlarini uchrash chastotasini va metabolom profilni tadqiq qilish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shartli sog‘lom odamlarda CYP2D6 (C100T) va MDR1 (C1236T, G2677T/A, C3435T) genlarining polimorfizmlari bo‘yicha genotip va allellarini uchrash chastotalari aniqlandi;
ilk marta yadro magnit rezonansi metodi yordamida shartli sog‘lom odamlarning ba’zi metabolitlari tahlil qilindi;
ayrim metabolitlarning (leytsin, alanin, atsetat, glikoprotein (atsetillar), pirouzum kislota, glutamin, kreatinin, prolin, glyukoza, formiat) kontsentratsiyasi yoshga qarab ortib borishi aniqlandi;
dori preparatlarini metabolizmida (CYP2D6) va transportida (MDR1) ishtirok etadigan genlar polimorfizmlari (C100T, C1236T, G2677T/A, C3435T) bilan metabolitlarni bog'liqligi o'rganildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dori preparatlariga sezuvchanlikning molekulyar-genetik va metabolik markerlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
PCR-RFLP protokollaridan foydalangan holda P450 sitoxromini va transporter oqsilini polimorfizmlari genotiplarini aniqlash natijalari Gothenburg universitetining “Department of Molecular and Clinical Medicine” loyihasida qo'llanilgan (Gyoteburg universitetining 2023 yilning 12 maydagi ma’lumotnomasi). Natijada, PCR-RFLP reaktsiyalarini optimallashtirishga sarflangan vaqtni tejash mumkin bo'ldi, shuningdek P450 sitoxromi va transporter oqsil polimorfizmlarini farmakogenetik testlar uchun dori preparatlari metabolizmining muhim molekulyar-genetik markerlari sifatida ishlatilishi mumkin;
dori preparatlarini metabolizmida ishtirok etuvchi oqsillar genlari polimorfizmlarini aniqlash uchun praymerlar, fermentlar, optimizatsiya qilingan reaksiya sharoitlaridan va natijalarni interpritatsiya qilish hamda genotiplarni uchrash chastotasi statistikasidan FZ-201811215 “O‘zbek populyatsiyasidagi yurak qon-tomir kasalliklari bilan kasallangan shaxslarni personallashtirilgan davolashda molekulyar-genetik markerlarni qo‘llash” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maʼlumotnomasi). Natijada, yurak-qon tomir kasalliklari bemorlarida dori preparatlari metabolizmida ishtirok etuvchi oqsillarni genlari polimorfizmlari bo‘yicha genotiplandi va allellar uchrash chastotasi aniqlandi. Shuningdek, mazkur ilmiy natijalardan dori preparatlariga sezuvchan molekulyar-genetik tashxislash orqali bemorlarga dori preparatlarini va ularning dozalarini individual tarzda belgilash imkoniyati yaratilgan.