Axmedov Xolxo‘ja Raxmatullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Buxoro-Xiva regioni markaziy qismidagi neftgaz tutqichlarini hosil bo‘lish tektonik sharoitlarining rutbali paleotektonik tahlili», 04.00.07 – Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/GM91.
Ilmiy rahbar: Umurzakov Raximjan Abdurazakovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi muxandislik-iqtisodiyot instituti, Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, DSc.24/30.12.2019.GM.41.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev G‘afur, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Xojiev Baxtiyor Ilxomovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro-Xiva regioni markaziy qismidagi neftgaz tutqichlarining hosil bo‘lish paleotektonik sharoitlarini va neftgazli zonalarini rutbali paleotektonik tahlil asosida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rutbali tahlil asosida Buxoro-Xiva regioning markaziy qismini tektodinamik sistema harakatlarining turli fazalarida strukturaviy rejani shakillanish tarixi xususiyatlari aniqlangan;
mezozoy-kaynozoy tarixida paleotektonik rejimning o‘zgarish xususiyati bo‘yicha: birinchi rutbada uchta bosqich (yura-bo‘r, paleogen va neogen-to‘rtlamchi); ikkinchi rutbada – ikkita bosqich (yura-bo‘r, paleogen-neogen-to‘rtlamchi, oxirgisining kuchayishi bilan); uchinchi rutbada – erta va o‘rta yuradan bo‘r davrigacha vaqtda merosli-uzlukli rivojlanishi bilan tavsiflangan va paleogen - neogen-to‘rtlamchi davrda strukturaviy shaklining o‘zgarishi bilan kuzatilgan bosqichlar aniqlangan;
terrigen va karbonat gorizontlarida uchinchi rutba darajasida tarixiy-tektonik rivojlanishi bo‘yicha uchta turdagi maydon ajratilgan: 1- erta va o‘rta yurada hosil bo‘lgan va mezozoy-kaynozoyning keyingi barcha bosqichlarida uzoq mudatli o‘tmishdan meros bo‘lib, uzlukli rivojlanishi bilan namoyon bo‘lgan; 2-erta va o‘rta yurada hosil bo‘lgan, ammo, o‘tmishdan meros bo‘lib faqat paleogen davri boshlanishigacha rivojlangan; 3 - faqat neogen-to‘rtlamchi davrda shakilangan lokal tuzilmalar joylashgan maydonlar aniqlangan;
Buxoro-Xiva regioning markaziy qismida uchinchi rutba darajasidagi lokal tuzilmalarining rivojlanish va shakilanish yoshi ko‘rsatgichlari bo‘yicha ettita toifadagi neftgazga potensial zonalari sifatiga ega paleotektonik zonalar ajratilgan;
turli yoshda hosil bo‘lgan antiklinal tuzilma-tutqichlarda neftgazli uyumlarining joylashuvining tahlili asosida UV uyumlari nafaqat qadimgi tuzilmalarda uchrashi, paleogen-neogen-to‘rtlamchi davrlarda hosil bo‘lgan strukturalarda ham uchrashi, neogen-to‘rtlamchi davrlardagi yosh antiklinal strukturalarda asosan gazkondensat uyumlari tarqalganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Buxoro-Xiva regioni markaziy qismidagi neftgaz tutqichlarini hosil bo‘lish tektonik sharoitlarining rutbali paleotektonik tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxoro-Xiva regioni markaziy qismi hududi uchun ilk bor tuzilgan mezozoy-kaynozoydagi alohida intervallarining turli rutba (birinchi, ikkinchi va uchinchi) darajadagi tektonik harakatlar va deformatsiyalarini ifodalagan xaritalari “O‘zbekgeofizika” AJ Yakkabog‘ geofizika ekspedisiyasi ishlab chiqarish faoliyatida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiyasi vazirligining 2023 yil 20 iyundagi 08-1743-son ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro-Xiva regionida qidiruv-razvedka ishlarining tektonik asoslariga aniqlik kiritilib qidiruv ishlarining ishonchliligini oshirish imkonini bergan;
Buxoro-Xiva regioni markaziy qismi hududining paleotektonik zonalarinini ettita kategoriyaga ajratilishi asosida tuzilgan istiqbolli potensial neftgazdor zonalari xaritasi “O‘zbekgeofizika” AJ Yakkabog‘ geofizika ekspedisiyasi va “O‘zbekneftgaz” AJ Muborak neftgaz qazib chiqarish boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiyasi vazirligining 2023 yil 20 iyundagi 08-1743-son; “O‘zbekneftgaz” AJning 2023 yil 27 maydagi 05-25-1-25-son ma’lumotnomalari). Natijada, izlov-qidiruv ishlarining oqilona rejalashtirilish va samaradorligini oshirish imkonini bergan;
tutqichlari hosil bo‘lishining turli tarixiga ega bo‘lgan maydonlarni ifodalagan erta va o‘rta yura yotqiziqlarining paleotektonik rayonlashtirish xaritasi “O‘zbekgeofizika” AJ Yakkabog‘ geofizika ekspedisiyasi ishlab chiqarish faoliyatida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiyasi vazirligining 2023 yil 20 iyundagi 08-1743-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi istiqbolli maydonlarida qidiruv-razvedka ishlarini optimal rejalashtirish imkoniyati ta’minlangan va ishonchliligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
ajratilgan istiqbolli zonalarda va maydonlarda birinchi navbatdagi geofizik qidiruv ishlari metodlarini tanlash va optimal tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalar “O‘zbekgeofizika” AJ Yakkabog‘ geofizika ekspedisiya ishlab chiqarish faoliyatida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiyasi vazirligining 2023 yil 20 iyundagi 08-1743-son ma’lumotnomasi). Natijada, qidiruv-razvedka ishlarining ratsional geofizik usullarini tanlash asosida samaradorligini oshirish imkonini bergan.