Zaripov Lochin Rustamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kredit-modul tizimi asosida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ped481.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi.
Ilmiy maslahatchi: Sharipov Shavkat Safarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi, DSc.03/29.10.2021.Ped.140.01.
Rasmiy opponentlar: Baybaeva Muxayyo Xudaybergenovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Turakulov Olim Xolbutaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kredit-modul tizimi asosida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ilmiy-texnologik jarayonning industrial bosqichidan yangi davrga o‘tish, bilimlarning yaxlit tasavvurini shakllantirish va madaniy jihatdan mos keladigan transformatsion faoliyati tajribasini hamda kasbiy tayyorlashning tadqiqot jarayonlarini bosqichlarga ajratish va ijobiy tendensiyalarini uyg‘un aniqlash, shaxsiy xususiyatlari, sifatlari va tajribani integratsiyalash asosida aniqlangan;
bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish jarayoni pedagogika oliy ta’lim muassasalarining mutaxassislik fanlari, pedagogik-psixologik va metodik fanlar tarkibini texnologiya fani talablariga bosqichma-bosqich moslashtirish, ta’lim subektlarining o‘zini o‘zi tarbiyalash, anglash qobiliyatlarini uyg‘un rivojlantirish hamda kasbiy bilimlarning eristemologik, aksiologik va praksiologik komponentlarini sintezlash hamda texnologik g‘oyalar bankini, dizayn hujjatlarini, shaxslararo munosabatlar va insonning ijtimoiy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning tashkiliy-tuzulmaviy modeli kasbiy faoliyat funksiyalarining motivatsion, intellektual, amaliy, hissiy-irodaviy, tarkibiy qismlarining o‘zaro aloqadorligi hamda kasbiy faoliyat natijalarining reproduktiv, produktiv va kreativ darajalari uzviyligini adekvat ta’minlash bosqichlarini ta’lim bloklari va o‘quv fanlari darajasiga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligi ta’limiy, texnologik va tashkiliy shakllar, ta’lim traektoriyasi, talaba shaxsining o‘quv faoliyati subekti sifatida namoyon bo‘lishi hamda umumkasbiy va ixtisoslik fanlardan bilimlarni baholash mezonlariga shaxsiy faoliyatli yondashuv va ijodiy qobilyatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga qaratilgan kredit-modul tizimiga kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini kreativ (yuqori), produktiv (o‘rta) va reproduktiv (quyi) darajada baholash ko‘rsatkichlari va mezonlarini modulli o‘qitish texnologiyalarini indikatorli tuzilma bilan adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kredit-modul tizimi asosida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini ilmiy-texnologik jarayonning industrial bosqichidan yangi davrga o‘tish, bilimlarning yaxlit tasavvurini shakllantirish va madaniy jihatdan mos keladigan transformatsion faoliyati tajribasini hamda kasbiy tayyorlashning tadqiqot jarayonlarini bosqichlarga ajratish va ijobiy tendensiyalarini uyg‘un aniqlash, shaxsiy xususiyatlari, sifatlari va tajribani integratsiyalash asosida aniqlashga oid tavsiyalari “Texnologiya ta’limi metodikasi” va “Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi” nomli darsliklar mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil 8-fevraldagi 02/01-01-14-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarlikligini takomillashishiga erishilgan;
bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish jarayonini pedagogika oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik, pedagogik-psixologik va metodik fanlar tarkibini texnologiya fani talablariga bosqichma-bosqich moslashtirish, ta’lim subektlarining o‘zini o‘zi tarbiyalash, anglash qobiliyatlarini uyg‘un rivojlantirish hamda kasbiy bilimlarning eristemologik, aksiologik va praksiologik komponentlarini sintezlash hamda texnologik g‘oyalar bankini, dizayn hujjatlarini, shaxslararo munosabatlar va insonning ijtimoiy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini aniqlash asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari asosida “Texnologiya ta’limi metodikasi” nomli darslik yaratilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil 8-fevraldagi 02/01-01-14-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligi, kasbga yo‘naltirish hamda ijodiy qobiliyatlarni tarkib toptirish mahoratini rivojlantirish uchun sharoit yaratilgan;
bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishning tashkiliy-tuzulmaviy modelini kasbiy faoliyat funksiyalarining motivatsion, intellektual, amaliy, hissiy-irodaviy, tarkibiy qismlarining o‘zaro aloqadorligi hamda kasbiy faoliyat natijalarining reproduktiv, produktiv va kreativ darajalari uzviyligini adekvat ta’minlash bosqichlarini ta’lim bloklari va o‘quv fanlari darajasiga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflari “Texnologiya ta’limi metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil 8-fevraldagi 02/01-01-14-son ma’lumotnomasi). Natijada kredit-modul tizimi asosida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchisi uchun muhim bo‘lgan “kasbiy faoliyat turlari”ni, ularning tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan tashkiliy-tuzulmaviy modelini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish samaradorligi ta’limiy, texnologik va tashkiliy shakllar, ta’lim traektoriyasi, talaba shaxsining o‘quv faoliyati subekti sifatida namoyon bo‘lishi hamda umumkasbiy va ixtisoslik fanlardan bilimlarni baholash mezonlariga shaxsiy faoliyatli yondashuv va ijodiy qobilyatlarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga qaratilgan kredit-modul tizimiga kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflari asosida “Hayot faoliyati xavfsizligi” nomli darslik yaratilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘iga asosan berilgan 314-74-son nashr ruxsatnomasi). Natijada kredit-modul tizimi asosida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, o‘qitishning mazmuniy-texnologik va tashkiliy-metodik ta’minotini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratilgan;
bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini kreativ (yuqori), produktiv (o‘rta) va reproduktiv (quyi) darajalarini baholash ko‘rsatkichlari va mezonlarini modulli o‘qitish texnologiyalarini indikatorli tuzilma bilan adaptiv uyg‘unlashtirish orqali ta’lim samaradorligini obektiv baholash usuliga oid ilmiy tavsiyalar “Hayot faoliyati xavfsizligi” nomli darslik yaratilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-son buyrug‘iga asosan berilgan 314-74-son nashr ruxsatnomasi). Natijada kredit-modul tizimi asosida bo‘lajak texnologiya o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini tadqiqot mazmuniga moslashtirish texnologiyalarini takomillashtirish uchun imkon yaratilgan.