Xakberdiev Abdumurad Abdusaidovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekistonda nizolarni hakamlik sudida hal etish jarayoni: nazariy va amaliy masalalar”, 12.00.04 – Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Yu205.
Ilmiy maslahatchi: Mamasiddiqov Muzaffar Musajonovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zinazarov Shuxrat Nuralievich, yuridik fanlar doktori, professor; Sindarov Komil Oydinovich, yuridik fanlar doktori, professor; Kamalov Oybek Axmatovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yoʼnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hakamlik sudlari yurisdiksiyasi nuqtai nazaridan, ular faoliyatini tartibga solishni yanada takomillashtirish, ularning hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish va ijroga qaratishni soddalashtirish istiqbollarini, ushbu sohadagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ushbu nizoni hakamlik sudiga yoki arbitrajga ko‘rish uchun topshirish to‘g‘risidagi kelishuvi mavjud bo‘lib, hakamlik sudiga yoki arbitrajga murojaat qilish imkoniyati boy berilmagan bo‘lsa va agar ishning iqtisodiy sudda ko‘rilishiga qarshi bo‘lgan javobgar nizoning mazmuni bo‘yicha o‘zining birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni hakamlik sudining yoki arbitrajning hal qiluviga o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma bersa, da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirilishiga asos bo‘lishi asoslantirilgan;
da’vo arizasining ko‘chirma nusxasi va unga ilova qilingan hujjatlar javobgarga va uchinchi shaxslarga yuborilganligini, agar hakamlik (arbitraj) bitimida bu nazarda tutilgan bo‘lsa, da’vo arizasiga tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi lozimligi asoslantirilgan;
arbitrlar, arbitraj tarkibi tomonidan tayinlangan ekspertlar, arbitraj mussasasining xodimlari, hakamlik sudyalari – arbitraj yoki hakamlik muhokamasi davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan holatlar to‘g‘risida guvoh sifatida chaqirilishi va so‘roq qilinishi mumkin emasligi asoslantirilgan;
hakamlik sudlari tomonidan fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik subektlari o‘rtasida vujudga keluvchi iqtisodiy nizolar hal etilishidan kelib chiqqan holda, fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolar ham arbitraj tomonidan ko‘rish mumkinligi asoslantirilgan;
agar ilgari hakamlik sudi sudyasi yoki arbitr sifatida ishni ko‘rishda ishtirok etgan bo‘lsa, iqtisodiy sudning sudyasi ishni ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozimligi asoslantirilgan;
hakamlik sudining yoki arbitraj sudining ish yuritishida ayni bir shaxslar o‘rtasida, ayni bir predmet to‘g‘risida va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa, da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilishni rad etilishi uchun asos bo‘lishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekistonda nizolarni hakamlik sudida hal etish jarayoni: nazariy va amaliy masalalar” tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ushbu nizoni hakamlik sudiga yoki arbitrajga ko‘rish uchun topshirish to‘g‘risidagi kelishuvi mavjud bo‘lib, hakamlik sudiga yoki arbitrajga murojaat qilish imkoniyati boy berilmagan bo‘lsa va, agar ishning iqtisodiy sudda ko‘rilishiga qarshi bo‘lgan javobgar nizoning mazmuni bo‘yicha o‘zining birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni hakamlik sudining yoki arbitrajning hal qiluviga o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma bersa, da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirilishiga asos bo‘lishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 107-moddasi ikkinchi bandi tahrirda bayon qilinishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 04/2-09/4769-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va erkinliklar ta’minlanib, hakamlik yoki arbitraj sudlariga murojaat qilish, yurisdiksiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish va ijroga qaratish bo‘yicha vakolat doirasini belgilashga xizmat qilgan;
da’vo arizasining ko‘chirma nusxasi va unga ilova qilingan hujjatlar javobgarga va uchinchi shaxslarga yuborilganligini, agar hakamlik (arbitraj) bitimida bu nazarda tutilgan bo‘lsa, da’vo arizasiga tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Xalqaro arbitraj sudlari birlashmasining reglament loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalqaro arbitraj sudlari birlashmasining 2022-yil 17-avgustdagi 88-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi uchinchi shaxslar hakamlik muhokamasining subektlari sifatida ishtirok etishga, o‘zlaring fuqarolik huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishga xizmat qilgan;
arbitrlar, arbitraj tarkibi tomonidan tayinlangan ekspertlar, arbitraj mussasasining xodimlari, hakamlik sudyalari – arbitraj yoki hakamlik muhokamasi davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan holatlar to‘g‘risida guvoh sifatida chaqirilishi va so‘roq qilinishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 53-moddasi ikkinchi qismi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 04/2-09/4769-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi natijasida hakamlik sudi sudyalari, arbitraj va ular tomonidan ish doirasida tayinlangan ekspertlarning  huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga xizmat qilgan;
hakamlik sudlari tomonidan fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiquvchi nizolarni, shu jumladan tadbirkorlik subektlari o‘rtasida vujudga keluvchi iqtisodiy nizolar hal etilishidan kelib chiqqan holda, fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi nizolar ham arbitraj tomonidan ko‘rish mumkinligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Xalqaro arbitraj sudlari birlashmasining reglament loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Xalqaro arbitraj sudlari birlashmasining 2022-yil 17-avgustdagi 88-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi ishda ishtirok etuvchilarning nafaqat hakamlik sudlariga balki arbitraj sudlariga ham murojaat qilish mumkinligi bo‘yicha huquqlari ta’minlanganligiga xizmat qilgan;
agar ilgari hakamlik sudi sudyasi yoki arbitr sifatida ishni ko‘rishda ishtirok etgan bo‘lsa, iqtisodiy sudning sudyasi ishni ko‘rishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 20-moddasi ikkinchi bandidagi “hakamlik sudi sudyasi” degan so‘zlar “hakamlik sudi sudyasi, arbitr” degan so‘zlari bilan almashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 04/2-09/4769-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi iqtisodiy sud tomonidan iqtisodiy ishlar bo‘yicha odil sudlov prinsipini ilmiy asoslarini rivojlantirishga va amal qilishga xizmat qilgan;
hakamlik sudining yoki arbitraj sudining ish yuritishida ayni bir shaxslar o‘rtasida, ayni bir predmet to‘g‘risida va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa, da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilishni rad etilishi uchun asos bo‘lishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 154-moddasi birinchi qismi uchinchi bandidagi “hakamlik sudining” degan so‘zlar “arbitraj sudining” degan so‘zlari bilan to‘ldirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2022-yil 14-oktyabrdagi 04/2-09/4769-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi iqtisodiy sudlar tomonidan birinchi instansiyada amaldagi qonun hujjatlarini qo‘llashni takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish