Shaymardonov Tilovmurod Abilaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Siddiqiy-Ajziy asarlarining qiyosiy-matniy tadqiqi”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil421.
Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Maxmudov Umedulla Akmaliddin o‘g‘li, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklor instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Siddiqiy-Ajziy biografiyasi va nazmiy asarlari manbalarini aniqlash, shoir asarlarining qiyosiy-matniy tadqiqini amalga oshirish, shoir biografiyasi va asarlarini birlamchi manbalar asosida tiklash hamda shoirning adabiy-estetik tafakkur olamini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Siddiqiy-Ajziy biografiyasi va ijodiga oid manbalar tekshirilib, shoir avlodlari qo‘lida saqlanib kelayotgan shajarasi, oilaviy muhitiga oid mavjud ma’lumotlarga aniqlik kiritilgan, ijodkor asarlarining asliyat va nashr variantlari qiyosi natijasida tushirib qoldirilgan 26 misra she’r, xato o‘qilgan 200 dan ortiq so‘zlar hamda o‘zgartirilgan misralar toshbosma nusxalar asosida tiklangan;
shoirning “Oyna”, “Mashrab”, “Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnallari va “Hurriyat”, “Sadoyi Turkiston” gazetalarida nashr etilgan avval ilmiy jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan 500 misraga yaqin turli janrdagi she’rlari, 5 ta publisistik maqolasi aniqlangan hamda Siddiqiy-Ajziy tomonidan tarjima qilingan Gogolning “Shinel” qissasining to‘liq tabdili ilk bor amalga oshirilgan va ilmiy istifodaga olib kirilgan;
Siddiqiy-Ajziyning Sadriddin Ayniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy bilan adabiy aloqalari yangi manbalar asosida ilmiy muomalaga olib kirilgan;
shoirning g‘azal, muxammas, ruboiy, masnaviy, munojot, ta’rix, marsiya singari janrlardagi she’rlari va “Aynu-l-adab” asarining matn tarixi va tahriri masalasi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Siddiqiy-Ajziy asarlari manbalarining qiyosiy-matniy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Siddiqiy-Ajziy biografiyasi va ijodiga oid manbalar tekshirilib, shoir avlodlari qo‘lida saqlanib kelayotgan shajarasi, oilaviy muhiti, ijodkor asarlarining asliyat va nashr variantlarining qiyosi natijasida tushirib qoldirilgan 26 misra she’r, xato o‘qilgan 200 dan ortiq so‘zlar hamda o‘zgartirilgan misralar toshbosma nusxalar asosida qayta tiklangani, shoirning g‘azal, muxammas, ruboiy, masnaviy, munojot, ta’rix, marsiya singari janrlardagi she’rlari va “Aynu-l-adab” asarining matn tarixi va tahririga oid ilmiy xulosalar, shoirning ijtimoiy-siyosiy mavzudagi she’rlarini o‘zida mujassamlashtirgan davriy matbuot sahifalaridagi ilmiy jamotchilikka ma’lum bo‘lmagan turli janrga tegishli 500 misraga yaqin she’rlar matni, ijodkorning “Oyna”, “Mashrab”, “Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnallari va “Hurriyat”, “Sadoyi Turkiston” gazetalarida nashr etilgan avval ilmiy jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan 5 ta publisistik maqolasi, Gogolning “Shinel” qissasining to‘liq tabdili, Siddiqiy-Ajziyning Sadriddin Ayniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulqodir Shakuriy bilan aloqalari yangi manbalar asosida aniqlanganiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihaning nazariy qismida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 19-maydagi 01/10-989-son ma’lumotnomasi). Natijada, Siddiqiy-Ajziyning manbalardan yangi aniqlangan she’riy asarlari yurtimiz milliy-ma’naviy va adabiy merosining ajralmas qismi ekani hamda ushbu asarlarning ma’naviyatimiz va adabiyotimiz tarixida tutgan o‘rniga doir ilmiy-nazariy xulosalar bilan boyitilgan;
O‘zbekiston fondlarida Siddiqiy-Ajziy asarlarining toshbosma nusxalarining mavjudligi, “Aynu-l-adab” va “Mir’oti ibrat” asarlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi fondida 252-,254-raqamlari ostida saqlanayotgani, shoirning g‘azal, muxammas, ruboiy, masnaviy, munojot, ta’rix, marsiya singari she’rlari matn tarixi va tahririga oid shu paytgacha ilmiy jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan she’riy asarlar va Gogolning “Shinel” qissasi tarjimasi, Siddiqiy-Ajziy asarlarining ilmiy-monografik tavsifiga oid ilmiy ma’lumotlar va nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida 2018-2020 yillarda bajarilgan “Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida saqlanayotgan toshbosma asarlarning elektron katalogini yaratish va nashrga tayyorlash” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2023 yil 10 martdagi 03/1255-480-son ma’lumotnomasi). Natijada, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi fondidagi Siddiqiy-Ajziy asarlari toshbosma nusxalarining monografik tavsifi amalga oshirilgan va muzey toshbosma kitoblar katalogini nashrga tayyorlashga xizmat qilgan.
Siddiqiy-Ajziy XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlari ilg‘or ma’rifatparvar shoiri, publisisti va tarjimoni bo‘lganligi, barcha qoloqliklarning bosh omili ilmsizlik deb bilgani va maktab ochib, bolalarga ma’rifat ulashganligi, shoir hayoti va ijodini o‘rganish yoshlar dunyoqarashini oshirishga xizmat qilishiga oid yangi ma’lumotlar va ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” nomli ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 13-maydagi 02-31-624-son ma’lumotnomasi). Natijada, teleko‘rsatuvning sifati oshib, milliy uyg‘onish davri adabiyoti ijodkorlari yaratgan asarlaring xalqimiz adabiy-estetik tafakkurini o‘stirishdagi o‘rnini ko‘rsatishga erishilgan.