Qulbulov Sherquzi Toshtemirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Elektron izohli lug‘atlar va ularni yaratishning lingvistik asoslari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil490.
Ilmiy rahbar: Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik kengash).
Rasmiy opponentlar: O‘razboev Abdulla Durdiboevich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Abduraxmanova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi avtomatlashtirilgan izohli lug‘atlar tuzishning lingvistik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lug‘atlarni tasniflashning tillar bo‘yicha, so‘z qamroviga ko‘ra, leksik birliklarni taqdim etish tartibiga ko‘ra  tasniflash zarurati asoslangan;
o‘zbek tilidagi elektron izohli lug‘at maqolalarining berilishini takomillashtirish bo‘yicha tegishli matnlar, grafikalar, chizmalar, rasmlar, formulalar, leksikografik ma’lumotlar bazalari, matnlar, qidirish, korpus statistikasi, ovoz va videolardan foydalanish kabi tavsiyalar ishlab chiqilgan;
o‘zbek tilidagi elektron izohli lug‘atlar tuzishning manbalarga tayanish, izohlarda milliylikka urg‘u berish, xalq mentalitetini hisobga olish, til va ma’naviyat, til va madaniyat tamoyillariga amal qilish zarur ekanligi asoslangan;
o‘zbek tilidagi elektron izohli lug‘atlarga kiritilayotgan leksik birliklarni lingvistik ekspertizadan o‘tkazish zarur ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron izohli lug‘atlar va ularni yaratishning lingvistik asoslarini ishlab chiqish bo‘yica olingan ilmiy natijalar asosida:
lug‘atlarni tasniflashning tillar bo‘yicha, so‘z qamroviga ko‘ra, leksik birliklarni taqdim etish tartibiga ko‘ra  tasniflash zarurati asoslanganligi hamda o‘zbek tilidagi elektron izohli lug‘at maqolalarining berilishini takomillashtirish bo‘yicha tegishli matnlar, grafikalar, chizmalar, rasmlar, formulalar, leksikografik ma’lumotlar bazalari, matnlar, qidirish, korpus statistikasi, ovoz va videolardan foydalanish kabi tavsiyalar ishlab chiqilganligi kabi tavsiyalar bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan BV-Atex-2018-(143) raqamli “Ko‘zi ojiz shaxslar uchun kompyuter texnikasidan foydalanish, matnlarni o‘qish va yozish imkonini beruvchi, o‘zbek tiliga asoslangan, gapiruvchi dasturiy ta’minot va ovoz sintezatorini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 29-noyabrdagi 04/1-3254-son ma’lumotnomasi). Natijada “UzNutq Sintezator” kompyuter dasturi” va “O‘zbek tili o‘zlashma so‘zlarining urg‘uli lug‘ati”ni tayyorlashga xizmat qilgan;
o‘zbek tilidagi elektron izohli lug‘atlar tuzishning manbalarga tayanish, izohlarda milliylikka urg‘u berish, xalq mentalitetini hisobga olish, til va ma’naviyat, til va madaniyat tamoyillariga amal qilish zarur ekanligi asoslanganligi hamda o‘zbek tilidagi elektron izohli lug‘atlarga kiritilayotgan leksik birliklarni lingvistik ekspertizadan o‘tkazish zarur ekanligi isbotlangangiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan 2017-2020-yillarda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan “Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian Universities” nomli ERASMUS CLASS loyihasida  foydalanildi (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 29-noyabrdagi 04/1-3255-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron izohli lug‘tlarga doir ilmiy-amaliy ma’lumotlar  loyiha doirasida tuzilgan lug‘atlarning boyishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish