Sedix Tatyana Tomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston jazi: genezisi, tadrijiyoti, o‘ziga xosligi», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/San40.
Ilmiy rahbar: G‘ofurbekov To‘xtasin Botirovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasanomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.03/30.12.2021.San.54.01
Rasmiy opponentlar: Ulmasov Firuz Abdushukurovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Xakimova Afrida Xodjaevna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy-nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda jaz san’atining milliy musiqa va mumtoz jaz an’analari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan zamonaviy musiqa madaniyatining o‘ziga xos hodisasi sifatida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston kompozitorlarining jaz asarlari va jaz jamoalarining ijrochilik faoliyatiga xos bo‘lgan badiha uslubi va afro-amerika musiqa janrlarida tipologik umumiylik mavjudligi isbotlangan;
o‘zbek jazining milliy zamini negizida asarlarning ijro talqini shakllanishi, badihago‘ylik tamoyili jazning asosiy mezoni o‘laroq ritm, kuy, lad-garmonik badiiy vositalari barobarida aranjirovka, yangicha tusdagi tovush-jarangi, innovatsion cholg‘ular tarkibi kabilar yuzaga kelishida ustuvor ahamiyatga egaligi aniqlangan;
O‘zbekistonda jaz san’atining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari milliy musiqiy qadriyatlar va dunyo madaniyatlari bilan bog‘liq holda amalga oshgani aniqlangan;
tinglovchilarning badiiy didini shakllantirishda etnik badiiy uslublarning muhim o‘ringa egaligi ritmik usul va melizmlar orqali dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda jaz san’atining shakllanish va rivojlanish bosqichlarini o‘rganish jarayonida olingan tadqiqot natijalariga ko‘ra quyidagilar amalga oshirildi:
O‘zbekistonda jaz san’atining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari milliy musiqiy qadriyatlar va dunyo madaniyatlari bilan bog‘liq holda amalga oshgani aniqlanganligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 26 noyabrdagi 05-11-10-2150-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek jaz san’atidagi tashkiliy-ijodiy jarayonlarni o‘rganish, Respublika va Xalqaro festivallar, qo‘shma jaz jem-seyshnlarni tashkil etish imkonini yaratgan;
O‘zbekiston kompozitorlarining jaz asarlari va jaz jamoalarining ijrochilik faoliyatiga xos bo‘lgan badiha uslubi va afro-amerika musiqa janrlarida mavjud tipologik umumiyligi yuzasidan xulosa “Fortepiano” o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274-sonli guvohnoma). Natijada talabalarning jaz san’ati, O‘zbekiston jazi, o‘zbek etno-jazi tarixi sohalarida asosli manbalarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan;
tinglovchilarning keng ommasi badiiy didini shakllantirishda ritmik usul va melizmlar orqali etnik badiiy uslublarning muhim o‘ringa egaligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi ijodiy-tashkiliy faoliyatni takomillashtishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston kompozitorlar va bastakorlar uyushmasining 2019 yil 12 apreldagi 01-04/71-126-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari yangi ijod etilgan asarlarda o‘zbek milliy ohanglarning o‘ziga xosligini saqlash hamda o‘quv repertuarini boyitish jarayonlariga xizmat qilgan;
o‘zbek jazining milliy zamini negizida asarlarning ijro talqini shakllanishi, badihago‘ylik tamoyili jazning asosiy mezoni o‘laroq ritm, kuy, lad-garmonik badiiy vositalari barobarida aranjirovka, yangicha tusdagi tovush-jarangi, inovatsion cholg‘ular tarkibi kabilar yuzaga kelishida ustuvor ahamiyatiga oid takliflar «O‘zbekiston 24» radio kanalida uzatilgan «San’at dunyosida» dasturida «O‘zbekiston jazi: kecha va bugun» mavzusidagi eshittirishning ssenariysi va dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» teleradiokanali davlat muassasasining 2022 yil 14 martdagi 03-09-183-son ma’lumotnomasi). Natijada eshittirishda foydalanilgan dissertatsiya materiallari o‘zbek tinglovchilarning O‘zbekiston jazi, xususan o‘zbek etno-jazi sohasidagi bilimlarini kengaytirishga yordam bergan.