Naimov Muzafar Urinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek marosim qo‘shiqlari (XX asr Janubiy O‘zbekiston (Surxon) vohasi misolida)», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/San45.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Rustambek Samigovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.03/30.12.2019.San.54.01
Rasmiy opponentlar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qosimxo‘jaeva Saida Botirovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek marosim qo‘shiqlarining (Surxon vohasi marosim qo‘shiqlari misolida) janrlar tarkibi, musiqiy-poetik tabiati, genetik asoslari, o‘ziga xos badiiy xususiyatlari, musiqiy tili, ijrochilik an’analarining o‘rnini aniqlash hamda o‘zaro ta’sir tamoyillarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxon vohasi uslubi umumo‘zbek uslubi zaminida yuzaga kelgani, har bir qo‘shiqda vohaning o‘ziga xos mavsumiy, oilaviy marosimlar, an’analar bilan bog‘liq qo‘shiqchilik san’atida ijtimoiy hayot, tarixiy sharoit, tabiatga bo‘lgan munosabatlar, e’tiqod va tasarruflar o‘z izini qoldirgani, bu hodisalar qo‘shiq va aytimlar nomlarida, she’riy va musiqiy matnlarida, xususan, marosim qo‘shiqlari musiqiy tili, ijro usullari va vositalari misolida o‘z aksini topgani ko‘rsatib berilgan;
Surxon vohasi qo‘shiqlarida tarixiylik juda kuchliligi, ibtidoiy hayotga aloqador chorvachilikka oid janrlar va cholg‘ular saqlanganligi, ularda ayrim mifologik obrazlar uchrashi mavsumiy va oilaviy marosimlar bilan bog‘liq marosim qo‘shiqlaridan badik, qutlov, shohi naqshband, sust-xotin, marsiya, xuyollo kabi janrlar faqatgina ushbu hududga xos lokal xususiyat(til va ijro)lar ekanligi aniqlangan;
Surxonga xos musiqiy til so‘z va kuy mutanosibligi, etnosga xos ijrochilik usullari, qo‘shiqchilikning marosimga xos ijodkorlik va ijrochilik an’analarining tili va madaniyatining mushtarakligi ochib berilgan;
Surxon marosim qo‘shiqlari hududda yashovchi etnoslar (qo‘ng‘irot, loqay, qatag‘on va boshqalar)ning janr, ijro uslublariga ko‘ra maishiy qo‘shiq (Sust xotin, Yaqqu yaq va h.k.)lari boshqa voha folklor-etnografik ansambllari repertuaridan joy olganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Surxon vohasi uslubi umumo‘zbek uslubi zaminida yuzaga kelgani, har bir qo‘shiqda vohaning o‘ziga xos mavsumiy, oilaviy marosimlar, an’analar bilan bog‘liq qo‘shiqchilik san’atida ijtimoiy hayot, tarixiy sharoit, tabiatga bo‘lgan munosabatlar, e’tiqod va tasarruflar o‘z izini qoldirgani, bu hodisalar qo‘shiq va aytimlar nomlarida, she’riy va musiqiy matnlarida, xususan, marosim qo‘shiqlari musiqiy tili, ijro usullari va vositalari misolida o‘z aksini topishiga oid muhim ilmiy ma’lumotlar “Folklor qo‘shiqlari” o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida 2014 yil 23 avgustdagi 335-son nashr ruxsatnomasi). Natijada yosh olimlar marosim qo‘shiqlari haqida yanada yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga erishilgan;
Surxon vohasi qo‘shiqlarida tarixiylik juda kuchliligi, ibtidoiy hayotga aloqador chorvachilikka oid janrlar va cholg‘ular saqlanganligi, ularda ayrim mifologik obrazlar uchrashi mavsumiy va oilaviy marosimlar bilan bog‘liq marosim qo‘shiqlaridan badik, qutlov, shohi naqshband, sust-xotin, marsiya, xuyollo kabi janrlar faqatgina ushbu hududga xos lokal xususiyat(til va ijro)lari haqidagi ma’lumotlar Surxondaryo viloyat teleradiokom-paniyasining “Diyor yangiliklari” teleko‘rsatuv ssenariysida foydalanilgan (Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 11 avgustdagi 01-01-89-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar shu asosda mavsumiy va oilaviy marosim musiqasi bilan tanishish imkoniyatini bergan;
Surxonga xos musiqiy tili so‘z va kuy mutanosibligi, etnosga xos ijrochilik usullari, qo‘shiqchilikning marosimga xos ijodkorlik va ijrochilik an’analarining tili va madaniyatining o‘ziga xos mushtarakligi ochib berilganligi haqidagi ma’lumotlar Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining “Diyor yangiliklari” teleko‘rsatuv ssenariysida foydalanilgan (Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 11 avgustdagi 01-01-89-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar shu asosda musiqiy qonuniyatlar, ijrochilik usullari haqidagi yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lgan;
Surxon marosim qo‘shiqlari hududda yashovchi etnoslar (qo‘ng‘irot, loqay, qatag‘on va boshqalar)ning janr, ijro uslublariga ko‘ra maishiy qo‘shiq (Sust xotin, Yaqqu yaq va h.k.)lari boshqa voha folklor-etnografik ansambllari repertuaridan joy olganligi dalillanganligi bo‘yicha takliflar “Folklor qo‘shiqlari” o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida 2014 yil 23 avgustdagi 335-son nashr ruxsatnomasi). Natijada marosim qo‘shiqlari bo‘yicha yangicha qarashlar va nazariy xulosalar qilingan.