Arziqulova Xurshida Akbaralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XVII asr fransuz dramaturgiyasining janr xususiyatlari (Kornel va Rasin ijodi misolida)”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.02.PhD/Fil823.
Ilmiy rahbar: Qarshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Fayzullaeva Umida Ilhomovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XVII asr fransuz dramaturgiyasi janr xususiyatlarini Kornelning “Sid”, “Gorasiy” va Rasinning “Fedra”, “Andromaxa” asarlari orqali ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XVII asr fransuz dramaturglari klassisizm yo‘nalishida ijod qilgani va dramaturgiya janrida yaratilgan Kornelning “Sid” tragikomediyasi “uch birlik” qoidalaridan chetga chiqqanligi asoslangan;
fransuz klassisizm adabiyotida dramaturgiya janrining xususiyatlari, Kornelning “Sid” va “Gorasiy” asarlarida tragediyaning yuqori darajaga ko‘tarilishi, “Sid” asaridagi bosh qahramonlari hayotining baxtli yakuni tragikomediya an’analariga xosligi Rodrigo va Ximena taqdiri asosida dalillangan;
Rasinning “Fedra”, “Andromaxa” asarlarida antik an’analar bilan tragediya janridagi klassisizm va barokko an’analari davom etishi, klassisizm janrida yaratilgan asarlarda qirol obrazini to‘liq ochib berish qoidalarga zid ekanligi “Andromaxa” tragediyasi qahramoni Pirr obrazida aks etgani aniqlangan;
XVII asr fransuz dramaturgiyasining tragediya, komediya va tragikomediya janrlarining o‘ziga xos xususiyatlari Kornel va Rasin asarlari qahramonlari orqali ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XVII asr fransuz dramaturgiyasining janr xususiyatlari va vazifalarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Fransuz dramaturgiyasining tragediya va tragikomediya janrida yozilgan asarlar qahramonlarining jamiyat va oila oldidagi burchi masalasiga doir adabiy-badiiy tahliliga oid xulosalar, taklif va tavsiyalardan Evropa ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018- yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 15-iyundagi 1762/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, Evropa adabiyotiga, aynan fransuz dramaturgiyasiga bo‘lgan qiziqishning oshishi va oliy ta’limda o‘rganilishiga ahamiyat qaratishga yordam bergan;
XVII asr fransuz dramaturgiyasining janr xususiyatlarini Kornel va Rasin dramaturgiyasi tadqiqiga bag‘ishlangan xulosalardan Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan 2018-2020-yillarda amalga oshirilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 15-iyundagi 1762/30.0201-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va fransuz adiblari asarlarininng janr xususiyatlarini chuqur o‘rganilishiga asos bo‘lganligi va ularni o‘quv jarayoniga tadbiq qilishga ahamiyat berish lozimligiga e’tibor qaratishga erishilgan;
Fransuz adabiyoti ixlosmandlari uchun adabiy tur va janr xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan dissertatsiya ishiga oid xulosalardan Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi adabiyot sohasidagi madaniy aloqalarda foydalanilgan (“Alliance Française”ning 2022-yil 16-iyundagi 19-son ma’lumotnomasi). Natijada XVII asr fransuz dramaturgiyasi janr xususiyatlarini alohida mavzu sifatida o‘rganish imkoniyati yaratilgan va jahon adabiyotidagi badiiy talqiniga xos xususiyatlar haqidagi ilmiy tasavvur va tushunchalarni boyitishga yordam bergan;
XVII asr fransuz klassisizm davri adabiyoti Kornel va Rasin dramaturgiyasi nuqtai nazaridan o‘rganilgan dissertatsiya ishining xulosalaridan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 12-mart kuni namoyish etilgan “Maxsus reportaj” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 11 oktyabrdagi 09-01/307-son ma’lumotnomasi). Natijada buyuk fransuz dramaturglari Kornel va Rasin ijodini o‘rganish orqali antik va klassisizm davr adabiyoti tadqiq qilingan ushbu ishda ilgari surilgan muhim ilmiy ma’rifiy ahamiyatga egatavsiyalaridan keyingi ko‘rsatuvlarda ham foydalanish ko‘zda tutilgan.