Ismailova Xurliman Najimatdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
“Mixail Sholoxovning o‘zbek adabiyotiga ta’siri masalasi: uslub va janr uyg‘unligi (O.Yoqubov,  Sh.Xolmirzaev, O‘.Umarbekov ijodi asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3492.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.    
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Ermetova Jamila Ismailovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent; Boboxonov Mavlon Raxmatullaevich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar insituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus yozuvchisi M.Sholoxovning poetik izlanishlari: hikoya va romanlaridagi mahorat, janriy-kompozision yaxlitlik, davr muammosi, zamon talqinini ochib berish, uning o‘zbek adabiyotiga ta’siri masalasini O.Yoqubov, Sh.Xolmirzaev, O‘.Umarbekov singari yozuvchilarning poetik izlanishlari, badiiy mahorat va ijodkor konsepsiyasidagi o‘ziga xosligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahon adabiyotshunosligida adabiy ta’sir va uning genezisi, poetik tafakkur sarhadlarining kengayishi bilan bog‘liq tendensiyalar M.Sholoxov ijodi orqali o‘zbek adabiyotida resepsiyaga uchraganligi aniqlanib, M.Sholoxov an’analarining o‘zbek zamonaviy nasrida aks etish prinsiplari va badiiy psixologik talqin qonuniyatlari asoslangan;
O.Yoqubov, Sh.Xolmirzaev, O‘.Umarbekov ijodiy konsepsiyasida uchraydigan mifologiya va folklor motivlaridan foydalanishdagi parallellik M.Sholoxov poetikasiga xos shakl va mazmunga doir tajribalar, kompozision yaxlitlik sintezida jamlanganligi asoslangan;
hikoya janrining tadrijiy badiiy xronotop va syujet qismlari bilan uyg‘unligi portret va peyzaj asosida yuzaga kelishi dalillangan;
hikoya janrining syujetida qabarib ko‘rilgan ifoda xususiyatlari, makon va zamon evrilishlaridagi aks etishi alohida modus sifatida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mixail Sholoxovning o‘zbek adabiyotiga ta’siri masalasi: uslub va janr uyg‘unligi tadqiq qilish hamda uni o‘zaro ta’sir doirasini aniqlash yo‘sinlarini ishlab chiqish asosida:
jahon adabiyotshunosligida adabiy ta’sir va uning genezisi, poetik tafakkur sarhadlarining kengayishini M.Sholoxov ijodi bilan bog‘liq jihatlari aniqlangan va o‘zbek adabiyotida M.Sholoxov an’analarining aks etish prinsiplari va badiiy psixologik talqin qonuniyatlari asoslangan xulosalaridan FA-F1, GOO2 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasi va 2017-2020-yillarda amalga oshirilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023 yil 21 iyuldagi 301/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, ixtisoslik fanlarini o‘qitish, malaka oshirish kurslari, shuningdek, o‘zbek va rus guruhlarida o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarining dars samaradorligini oshirishga erishilgan;
O.Yoqubov, Sh.Xolmirzaev, O‘.Umarbekov ijodiy konsepsiyasining o‘ziga xos qirralari rus yozuvchisi M.Sholoxovdan olgan shakl va mazmunga doir tajribalar namoyishi kompozision yaxlitlik sintezida bo‘y ko‘rsatishi asoslangan ilmiy xulosalar 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP raqamli “Oliy ta’lim sohasida potensialni rivojlantirish yonalishidagi PAWER- hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” nomli amaliy loyiha mazmuniga singdirilgan (Termez davlat universitetining 2023 yil 20 iyuldagi 06/12 – 3055-son dalolatnomasi). Natijada, umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalari hamkorligi asosida yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatining shakllanish va  dunyoqarashini kengaytirishga imkon yaratgan. Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ixtisoslik fanlarini o‘qitish, malaka oshirish kurslari, shuningdek, ona tili va adabiyot o‘qituvchilarining dars samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
O‘zbek adabiyotida hikoya janrining keyingi rivoji tanqidiy realizm bilan uyg‘un kechishida, shuningdek, o‘zbek nosirlari asarlaridagi xronotopning mustaqil usuli sifatida M.Sholoxov poetik tamoyillari qabul qilinishini asoslashga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ruxsatnomasi bilan chop etilgan “Teoriya literaturi: Vvedenie v literaturovedenie” (“Adabiyot nazariyasi: Adabiyotshunoslikka kirish”) nomli darslikni tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli “Darslikni nashr etishga lisenziya berish to‘g‘risida”gi 391186-son buyrug‘i). Tadqiqotning amaliy natijalarini qo‘llash o‘zbek adabiyotida hikoya janrining keyinchalik tanqidiy realizm yo‘nalishida kengayish bilan uyg‘unlashuvida namoyon bo‘lgan M.Sholoxov poetik tamoyillarining qabul qilinishini asoslashga xizmat qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish