Ulugbekov Bobur Bobomuratovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Cuv omborlari to‘g‘onlarining ishonchlilik va xavfsizlik holatini baholashning gidravlik usullarini takomillashtirish (Oqdaryo suv ombori misolida)”, 05.09.07-“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T4035
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:
Xo‘jaqulov Rustam – Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Gidravlika va gidro-inshootlar kafedrasi professori, texnika fanlari doktori, professor (05.09.07).
Sayidov Malik Temirovich – Irrigatsiya suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti, Daryo, kanal va inshootlar gidravlikasi laboratoriyasi mudiri, PhD. (05.09.07).
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Suv omborlari gruntli to‘g‘onlarining gidrostatik bosim kuchlari va fil`tratsiya oqimlari ta’sirida vertikal va gorizontal deformatsiyalanishini hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gidrostatik bosim va fil`tratsiya oqim ta’sirini hisobga olib suv ombori to‘g‘oni tanasida sodir bo‘ladigan vertikal deformatsiya jarayonini hisoblash usullari takomillashtirilgan;
kompleks o‘zgaruvchilar funksiyalari nazariyasi asosida, fil`tratsiya oqimi va gidrostatik bosim kuchlari ta’sirida to‘g‘on tanasida sodir bo‘ladigan vertikal va gorizontal deformatsiyasini ifodalovchi  matematik model ishlab chiqilgan;
Eyler mezoni asosida, gidrostatik bosim kuchi va fil`tratsiya natijasida suv ombori to‘g‘onining quyi b`ef bermasi va grebenida gorizontal deformatsiyani hisoblash usullari takomillashtirilgan;
eksperimental tadqiqotlar asosida Oqdaryo suv ombori to‘g‘onining vertikal va gorizontal deformatsiya parametrlarini hisoblash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suv omborlari gruntli to‘g‘onlarining gidrostatik bosim kuchlari va fil`tratsiya oqimlari ta’sirida gorizontal deformatsiyalanishini hisoblash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Oqdaryo suv ombori to‘g‘onining ishonchlilik va xavfsizlik holati baholangan. Oqdaryo suv ombori to‘g‘onining vertikal va gorizontal deformatsiyaning eksperimental tadqiqotlari asosida aniqlangan parametrlari Oqdaryo suv omboridan foydalanish boshqarmasi faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 27 sentyabrdagi 03/37-3094-sonli ma’lumotnomasi). Natijada suv omboridan foydalanish samaradorligi oshib, vegetatsiya davrida 5-7 foiz suv resurslarini tejash imkoniyati yaratilgan;
kompleks o‘zgaruvchilar  funksiyalari nazariyasi asosida, fil`tratsiya oqimi va gidrostatik bosim kuchlari ta’sirida to‘g‘on tanasida sodir bo‘ladigan deformatsiyada to‘g‘on grebeni va bermalaridagi markalarning koordinatalarini vertikal va gorizontal o‘zgarishini hisoblashning takomillashtirilgan usullari Oqdaryo suv omboridan foydalanish boshqarmasi faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 27 sentyabrdagi 03/37-3094-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Oqdaryo suv ombori to‘g‘onini havfsiz va ishonchli ishlash holatini monitoring qilish tizimi yaxshilangan;
fil`tratsiya oqimi ta’sirida suv ombori to‘g‘oni tanasida sodir bo‘ladigan deformatsiya holatini hisoblashning takomillashtirilgan usullari hamda gidrostatik bosim va fil`tratsiya natijasida suv ombori to‘g‘onining yuqori b`ef bermasi va grebenida gorizontal deformatsiyani baholashning takomillashtirilgan mezonlari Oqdaryo suv omboridan foydalanish boshqarmasi faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 27 sentyabrdagi 03/37-3094-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Suv ombori to‘g‘onining xavfsizligini ta’minlash hamda fil`tratsiya sarfi hisobini to‘g‘ri yuritish natijasida suv resurslaridan foydalanish samaradorligi 4-5 foizga ortishiga erishilgan;
suv ombori to‘g‘oni tanasidan bo‘ladigan fil`tratsiya miqdorlarini aniqlash va kuzatish usullarini takomillashtirish orqali to‘g‘onda sodir bo‘ladigan fil`tratsiyaning qayta qurilgan depressiya egri chizig‘i Oqdaryo suv omboridan foydalanish boshqarmasi faoliyatiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 27 sentyabrdagi 03/37-3094-sonli ma’lumotnomasi). Natijada to‘g‘on tanasidagi fil`tratsiya jarayonlarini kuzatish, sodir bo‘ladigan avariya holatlarini oldini olish hamda to‘g‘on mustahkamligini baholash imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish