Elmamatov Obid Nurmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qaytalanuvchi qovuq saratonida immuno-genetik diagnostika usulini takomillashtirish» 14.00.14 – Onkologiya, 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1928.
Ilmiy rahbar: Raximov Nodir Maxammatqulovich, tibbiyot fanlari doktori.
Ilmiy maslaxatchi: Ziyadullaev Shuxat Xudoyberdievich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Kamishov Sergey Viktorovich, tibbiyot fanlari doktori; Yuldashev Ilxom Ro‘zievich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qovuq saratoni qaytalanish omillarni bashoratlashda TNF-αxamda IL-1B-511 gen polimorfizm va immunologik ko‘rsatkichlarining gomeostazdagi ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
urotelial qovuq saratoni bilan kasallangan qaytalanmagan bemorlarda CD3 va CD20 hujayrali immunitet ko‘rsatkichlarining oshishi hamda va qaytalangan bemorlarda CD3 va CD20 ko‘rsatkichlarining pasayishi immun tizimining javob reaksiyasining holatini bashorat qilish tartibi ishlab chiqilgan;
mushak noinvaziv qovuq saratonining qaytalanishi bilan xastalangan bemorlarda yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning nomutanosibligi IL-1β va TNF-α nisbati va darajasining sezilarli darajada oshishi isbotlangan;
qovuq saratoni bilan xastilangan bemorlarda TNF-308(G/A) polimorfizmi kasallikning qaytalanishiga moyil bo‘lishi va bashorat omillarning genetik xususiyatlarining o‘rni isbotlangan;
IL-1β ekspressiyasini kuchaytiruvchi IL-1β polimorfizmlarining monotsit-makrofag tizimining ta’siri natijasida qovuq saratoni qaytalanish xavfining ortishi darajasiga bog‘liqligi isbotlangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yildagi 3 avgustdagi 43-son xulosasiga ko‘ra:
urotelial qovuq saratoni bilan kasallangan qaytalanmagan bemorlarda CD3 va CD20 hujayrali immunitet ko‘rsatkichlarining oshishi hamda va qaytalangan bemorlarda CD3 va CD20 ko‘rsatkichlarining pasayishi immun tizimining javob reaksiyasining holatini bashorat qilish tartibi asoslanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 03 avgustdagi 58-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 07 avgustdagi 40-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tashxislash tartibi quyidagilardan iborat: urotelialqovuq saratoni bilan xastlangan qaytalanmagan bemorlarda CD3 va CD20 hujayrali immunitet ko‘rsatkichlarining oshishi hamda va qaytalangan bemorlarda CD3 va CD20 ko‘rsatkichlarining pasayishi immun tizimining javob reaksiyasini natijalari asosida bemorlarning o‘z vaqtida ixtisoslashtirilgan tibbiy va ijtimoiy yordamdan foydalanishi kasallikning natijasi va bemorlarning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi baholangan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:urotelialqovuq saratoni bilan kasallangan qaytalanmagan bemorlarda CD3 va CD20 hujayrali immunitet ko‘rsatkichlarining oshishi hamda va qaytalangan bemorlarda CD3 va CD20 ko‘rsatkichlarining pasayishi immun tizimining javob reaksiyasining holatini bashorat qilish orqali sarf xarajatlarga 42000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: urotelialqovuq saratoni bilan xastlangan qaytalanmagan bemorlardakompleks tashxislashda1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 42000 so‘mga iqtisod qilish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.
Qovuq saratoni bilan xastalangan bemorlarda TNF-308(G/A) polimorfizmi kasallikning qaytalanishiga moyil bo‘lishi va bashorat omillardan biri ekanligi genetik darajada isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 03 avgustdagi 58-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 07 avgustdagi 40-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligitaklif etilgan tashxislash taktikasi qovuq saratoni bilan xastalangan bemorlarda TNF-308(G/A) polimorfizmi kasallikning qaytalanishiga moyil bo‘lishi va bashorat omillardan biri ekanligi genetik darajada ulushini oshish va natijada bemorlarning umr ko‘rish davomiyligini oshirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat:qovuq saratoni bilan xastalangan bemorlarda TNF-308(G/A) polimorfizmi kasallikning qaytalanishiga moyil bo‘lishi natijasida umumiy xarajatlar o‘rtacha bir nafar bemorga 450 000 so‘mgacha davlat byudjetidan iqtisod qilish, takroriy tekshirishlarni tejamkorligi hisobiga iqtisod qilinadigan mablag‘lar 3 karra oshirish orqali yuqori texnologiyali asbob-uskunalardan foydalanishdagi tejamkorlik hisobiga 11000000 so‘m byudjet mablag‘i tejalishi va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: qovuq saratoni bilan xastalangan bemorlarda TNF-308(G/A) polimorfizmi kasallikning qaytalanishiga moyil bo‘lishini oldini olish uchun bir nafar bemorga 450 000 so‘m byudjet mablag‘i tejalishi va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.
mushak noinvaziv qovuq saratonining qaytalanishi bilan xastalangan bemorlarda yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning nomutanosibligi IL-1β va TNF-α nisbati va darajasining sezilarli darajada oshishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 03 avgustdagi 58-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 07 avgustdagi 40-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan mushak noinvaziv qovuq saratonining qaytalanishi bilan xastalangan bemorlarda yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning nomutanosibligi IL-1β va TNF-α nisbati va darajasining sezilarli darajada oshishini qiyoslash imkonini bergan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat:
mushak noinvaziv qovuq saratonining qaytalanishi bilan xastalangan bemorlarda yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning nomutanosibligi IL-1β va TNF-α nisbati va darajasining sezilarli darajada oshishini qiyoslashbemorlarni davolash kursini kamaytirish va hayot sifatini yaxshilash orqali sarf-xarajatlarni kamaytirish va 170000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa:mushak noinvaziv qovuq saratonining qaytalanishi bilan xastalangan bemorlarda yallig‘lanishni oldini olish va davolash natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kunga 26520000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
IL-1βekspressiyasini kuchaytiruvchi IL-1b polimorfizmlarining monotsit-makrofag tizimining ta’siri natijasida qovuq saratoni qaytalanish xavfining ortishi darajasiga bog‘liqligi, T1N0M0bosqichida tashxislash va samarali davolash taktikasini tanlash, bu bemorlarning umr ko‘rish davomiyligi va sifatiga ijobiy ta’sir qilishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 03 avgustdagi 58-sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati filiali onkourologiya bo‘limi bo‘yicha 2023 yilning 07 avgustdagi 40-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligitaklif etilgan tashxislash tartibi IL-1βekspressiyasini kuchaytiruvchi IL-1β polimorfizmlarining monotsit-makrofag tizimining ta’siri natijasida qovuq saratoni qaytalanish xavfining ortishi darajasi,T1N0M0bosqichida tashxislash va samarali davolash taktikasi bemorlar hayot sifatining pasayishi, nogironlikning oldini olishga qartilganligini ko‘rsatib o‘tilgan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat:IL-1βekspressiyasini kuchaytiruvchi IL-1β polimorfizmlarining monotsit-makrofag tizimining ta’siri natijasida qovuq saratoni qaytalanish xavfining ortishi darajasi muddatini o‘rtacha 1,5 kunga qisqartirish natijasida yiliga o‘rtacha 28146000 so‘m byudjet mablag‘lari tejash, qayta murojaatlar sonini 12,2% ga kamaytirish hisobiga umr ko‘rish davomiyliligini uzaytirishtirish imkonini bergan. Xulosa: IL-1βekspressiyasini kuchaytiruvchi IL-1β polimorfizmlarining monotsit-makrofag tizimining ta’siri natijasida qovuq saratoni qaytalanish xavfining ortishi oldini olish uchun shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 1,5 kunga qisqartirish va yiliga o‘rtacha 28146000 so‘m byudjet mablag‘lari tejash imkonini bergan.
O.N. Elmamatovning «Qaytalanuvchi qovuq saratonida immuno-genetik diagnostika usulini takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsion tadqiqotida olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangilik boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yildagi 15 iyundagi 01-4/255-son xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.