Izrail`bekova Kamila Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayollar reproduktiv tizimining birlamchi ko‘plab xavfli o‘smalarini erta tashxislashda molekulyar-genetik markerlarning ahamiyati» 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1190.
Ilmiy rahbar: Kamishov Sergey Viktorovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Ataxanova Nigora Ergashevna tibbiyot fanlari doktori, professor; Alimxodjaeva Lola Tel`manovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ayollar reproduktiv tizimi a’zolari polineoplaziyasining klinik va molekulyar -genetik tavsifini baholash, erta tashxislash samaradorligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi avlod qarindoshlarning anamnezida onkopatologiyalar mavjud bo‘lganda ayollar reproduktiv tizimining sinxron va metaxron birlamchi ko‘plab xavfli o‘smalari rivojlanishiga irsiy moyilligining tahlika ahamiyatining yuqoriligi isbotlangan;
turli onkomarkerlarning SA-125, SA-15-3, SA-19-9, AFP va REA qo‘shma panelidan foydalanish sut bezi va tuxumdonlar saratoni tashxislangan bemorlarda polineoplaziya rivojlanish xavfi BRSA1/2 genida germinal mutatsiyasining mavjudligi birlamchi ko‘p xavfli o‘smalari rivojlanishi isbotlangan;
BRSA 1/2 genlarida germinal mutatsiyalar mavjud bo‘lganda ayollar jinsiy tizimining birlamchi ko‘plab xavfli o‘smalari rivojlanishi xavfi oshishi isbotlangan;
BRCA 1/2 genida germinal mutatsiyaning borligini o‘z ichiga oluvchi birlamchi o‘smaning noxush morfologik belgilari, bir nechta onkomarkerlar darajasining oshishi ayollar reproduktiv tizimi xavfli o‘smalari tashxislangan bemorlarda metaxron saraton rivojlanish monitoringi va xavf guruhini shakllantirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2023 yildagi 15 iyundagi son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning ahamiyati: anamnezida onkopatologiyalar mavjud bo‘lgan birinchi avlod qarindoshlar ayollar reproduktiv tizimining sinxron va metaxron birlamchi ko‘plab xavfli o‘smalari rivojlanishiga irsiy moyilligi borligi sababli, ularda kasallanishni oldini olish va erta bosqichlarda aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida boshlash imkoni yaratadi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2023 yilning 19 avgustdagi 23-I sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2022 yilning 01 iyuldagi 41-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi taklif etilgan tashxislash tartibi ayollar reproduktiv tizimining xavfli o‘smalari kuzatilgan bemorlarda birlamchi ko‘plab xavfli o‘smalar birikmasi turli variantlarining uchrash darajasini baholash, eng ko‘p uchraydigan varianti sut bezi saratoni bilan boshqa onkoginekologik o‘smalarning birikishi, metaxron o‘smalarning sinxron o‘smalarning uchrashidan ustunligini erta tashxislash va bemorlarning mehnatga layoqatini belgilash, hamda bemorlar umr davomiyligini uzayishiga qaratilgan zamonaviy tashxislash tartibi yaxshilangan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ayollar reproduktiv tizimining xavfli o‘smalari kuzatilgan bemorlarda birlamchi ko‘plab xavfli o‘smalar birikmasi turli variantlari samarali tashxislash orqali sarf xarajatlarga 288000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Ayollar reproduktiv tizimining xavfli o‘smalari kuzatilgan bemorlarda birlamchi ko‘plab xavfli o‘smalar birikmasi turli variantlarining uchrash darajasini baholashda 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kurs uchun 1850000 so‘mga iqtisod qilish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Sut bezi saratoni bemorlarida metaxron onkoginekologik o‘smalar diagnostikasida molekulyar-genetik markerlar» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha 2023 yil 20 apreldagi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan №8n-r/77-sonli ma’lumotnoma yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning axamiyati: Ayollar reproduktiv tizimining birlamchi ko‘plab xavfli o‘smalari BRCA 1/2 genlarida germinal mutatsiyalar mavjud bo‘lgan ayollarda rivojlanishi xavfining yuqori bo‘lishini axamiyati shundaki, bunday ayollar xavf guruxiga kiritilib, nazorat ostiga olinib, muntazam profilaktik ko‘rikdan o‘tkazib turiladi va birlamchi ko‘plab o‘sma belgilari aniqlangan taqdirda, erta bosqichlarda samarali davolash imkoni tug‘iladi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: SA-125, SA-15-3, SA-19-9, AFP va REA turli onkomarkerlarining qo‘shma panelidan foydalanish orqali SBS va TS aniqlangan bemorlarda polineoplaziya rivojlanish xavfi ehtimoli tashxisotini oshirishi, BRSA 1/2 genida germinal mutatsiyaning borligi ayollar reproduktiv tizimining birlamchi ko‘plab xavfli o‘smalar rivojlanish xavfi oshishini isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2023 yilning 19 avgustdagi 23-I sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2022 yilning 01 iyuldagi 41-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
 Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi : Taklif etilgan usul onkologik shifoxonada birlamchi sut bezi saratonini tekshirish va davolashda asosiy e’tibor BRCA1/2 genlarida germinal mutatsiyalarning borligi, yaqin qarindoshlari oilaviy anamnezida saraton kuzatilishi, ajratilgan noxush morfologik belgilarni mavjudligi xastalikni erta samarali tashxislash imkonini bergan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quydagilardan iborat: Onkologik shifoxonada birlamchi sut bezi saratonini tekshirish va davolashda asosiy e’tibor BRCA1/2 genlarida germinal mutatsiyalarning borligi, yaqin qarindoshlari oilaviy anamnezida saraton kuzatilishi, ajratilgan noxush morfologik belgilarni mavjudligi samarali tashxislash uchun sarf-xarajatlarni kamaytirish va 150000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan.  Onkologik shifoxonada birlamchi sut bezi saratonini tekshirish va davolashda asosiy e’tibor BRCA1/2 genlarida germinal mutatsiyalarning borligi, yaqin qarindoshlari oilaviy anamnezida saraton kuzatilishi, ajratilgan noxush morfologik belgilarni mavjudligini baholash imkonini bergan 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini bir kunga 375000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Sut bezi saratoni bemorlarida metaxron onkoginekologik o‘smalar diagnostikasida molekulyar-genetik markerlar» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha 2023 yil 20 apreldagi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan №8n-r/77-sonli ma’lumotnoma yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning axamiyati: Onkologik muassasalarda sut bezi saratoni kuzatilgan bemorlarning to‘laqonli tashxisoti samaradorligini yaxshilash uchun, shuningdek, ularda ayollar reproduktiv tizimi metaxron o‘smalari rivojlanishi xavf guruhlarida metaxron o‘smalar rivojlanishining eng ko‘p uchraydigan xavf omillari, unga o‘smaning gistologik shakli, shuningdek, uning morfologik tavsifi, o‘smaning differensirovka darajasi tashxislash tartibi ishlab chiqilgan;
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Birinchi darajali qarindoshlarning anamnezida onkopatologiyalar mavjud bo‘lganda, ayollar reproduktiv tizimining sinxron va metaxron birlamchi ko‘plab xavfli o‘smalari rivojlanishiga irsiy moyillikni tahlil qilishning ahamiyati yuqori ekanligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2023 yilning 19 avgustdagi 23-I sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2022 yilning 01 iyuldagi 41-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Taklif etilgan tashxislash taktikasi yaqin qarindoshlarda onkopatologiyani metaxron o‘smalar rivojlanishining eng ko‘p uchraydigan xavf omillari, unga o‘smaning gistologik shakli, shuningdek, uning morfologik tavsifi, o‘smaning differensirovka darajasi, onkomarkerlar ekspressiya darajasi taalluqli bo‘lib, ular BRCA1/2 genlarida germinal mutatsiyaning borligi hamda oilaviy onkologik anamnez ma’lumotlari bilan bir qatorda ularda ayollar reproduktiv tizimining metaxron birlamchi ko‘plab xavfli o‘smalar rivojlanish monitoringi uchun foydalanish mumkinligi orqali va xodimlarning yordamini ishonchligini oshirish va samarali tashxislash imkonini bergan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ayollar reproduktiv tizimining sinxron va metaxron birlamchi ko‘plab xavfli o‘smalari rivojlanishiga irsiy moyilligi tahlili, qarindoshchilikning birinchi darajasidagi yaqin qarindoshlar anamnezida onkopatologiya mavjudligi tashxislash uchun, bir onkomarkerdan foydalanganlik sababli 15000 ming so‘m iqtisod qilishga erishilgan.  Ayollar reproduktiv tizimining sinxron va metaxron birlamchi ko‘plab xavfli o‘smalari rivojlanishiga irsiy moyilligi tahlili qarindoshchilikning birinchi darajasidagi yaqin qarindoshlar anamnezida onkopatologiya mavjudligini samarali tashxislash uchun umumiy xarajatlar o‘rtacha bir nafar bemorga 150 000 so‘mgacha davlat byudjetidan iqtisod qilish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanishi: «Sut bezi saratoni bemorlarida metaxron onkoginekologik o‘smalar diagnostikasida molekulyar-genetik markerlar» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha 2023 yil 20 apreldagi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan №8n-r/77-sonli ma’lumotnoma yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Ilmiy yangilikning axamiyati: ahamiyatli xavf omillari asosida metaxron sut bezi saratonini erta tashxislash algoritmi ishlab chiqilgan. Onkologik shifoxonada birlamchi sut bezi saratonini tekshirish va davolashda asosiy e’tibor BRCA 1/2 genlarida germinal mutatsiyalarning borligi, yaqin qarindoshlari oilaviy anamnezida saraton kuzatilishi, ajratilgan noxush morfologik belgilarni mavjudligi baholangan.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: BRCA1/2 genida germinal mutatsiyaning borligini o‘z ichiga oluvchi klinik-laborator ko‘rsatkichlari, yaqin qarindoshlari oilaviy anamnezida saraton mavjudligi, birlamchi o‘smaning noxush morfologik belgilari, shuningdek, bir nechta onkomarkerlar darajasining oshishi ayollar reproduktiv tizimining xavfli o‘smalari tashxislangan bemorlarda metaxron saraton rivojlanish monitoringi va xavf guruhini shakllantirishi isbotlanganligi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2023 yilning 19 avgustdagi 23-I sonli buyruq bilan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filiali nur va kimyoterapiya bo‘limida 2022 yilning 01 iyuldagi 41-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan.
 Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi : Taklif etilgan tashxislash tartibi BRCA1/2 genida germinal mutatsiyaning borligini o‘z ichiga oluvchi klinik-laborator ko‘rsatkichlari, yaqin qarindoshlari oilaviy anamnezida saraton mavjudligi, birlamchi o‘smaning noxush morfologik belgilari, shuningdek, bir nechta onkomarkerlar darajasining oshishi ayollar reproduktiv tizimining xavfli o‘smalari tashxislangan bemorlarda metaxron saraton rivojlanish monitoringi va xavf guruhini shakllantirishi orqali bemorlar hayot sifatining pasayishi, nogironlikning ortishi, doimiy ravishda dori ta’minoti, o‘zgalar parvarishiga muhtojlik va umr davomiyligining keskin qisqarishiga olib kelishi ko‘rsatib o‘tilgan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: BRCA1/2 genida germinal mutatsiyaning borligini o‘z ichiga oluvchi klinik-laborator ko‘rsatkichlari, yaqin qarindoshlari oilaviy anamnezida saraton mavjudligi, birlamchi o‘smaning noxush morfologik belgilari, shuningdek, bir nechta onkomarkerlar darajasining oshishi ayollar reproduktiv tizimining xavfli o‘smalari tashxislangan bemorlarda metaxron saraton rivojlanish monitoringi samarali tashkillashtirish natijasida patsientlarning shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 1,5 kunga qisqartirish natijasida yiliga o‘rtacha 1546000 so‘m byudjet mablag‘larini tejash, qayta murojatlar sonini qisqartirish, umr ko‘rish davomiyliligini uzaytirishtirish imkonini bergan. BRCA1/2 genida germinal mutatsiyaning borligini o‘z ichiga oluvchi klinik-laborator ko‘rsatkichlari, yaqin qarindoshlari oilaviy anamnezida saraton mavjudligi, birlamchi o‘smaning noxush morfologik belgilarini o‘z vaqtida samarali tashxislash orqali shifoxonada bo‘lish muddatini o‘rtacha 1,5 kunga qisqartirish va yiliga o‘rtacha 1546000 so‘m byudjet mablag‘lari tejash imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Sut bezi saratoni bemorlarida metaxron onkoginekologik o‘smalar diagnostikasida molekulyar-genetik markerlar» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha 2023 yil 20 apreldagi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan №8n-r/77-sonli ma’lumotnoma yuborilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish