Saliev Suxrob Muratjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elka bo‘g‘imi aylanitiruvchi manjeta uzilishida tashxislash va davolashni optimallashtirish», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3396.
Ilmiy rahbar: Irismetov Murodjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01
Rasmiy opponentlar: Karimov Murodilla Yuldashevich tibbiyot fanlari doktori; Park Veon Vuk, PhD.
Yetakchi tashkilot: Akademik N.D. Batpenov nomli travmatologiya va orttopediya milliy amaliy markazi, Astana, Qozog‘iston
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: diagnostikani takomillashtirish va jarrohlik davolash usulini ishlab chiqish orqali elka bo‘g‘imi aylantiruvchi manjetining degenerativ shikastlanishlari bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashda iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sonning m. tensor fascia latae payi bilan autotransplantatsiya qilish orqali rotator manjetning degenerativ shikastlanishini jarrohlik davolashning nisbatan yuqori samarali usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda autotransplant tashqaridan ichkariga uch qavat buklangan holda akromion pastki yuzasi bo‘ylab mahkamlanadi, va shu orqali akromion o‘sig‘ining ochiq suyak yuzalarini qoplash uchun sharoit yaratilishi asoslangan;
sonning o‘lchamlari 10x5 sm2 va qalinligi 3 mm bo‘lgan m. tensor fascia latae payi tashqi qismini rezeksiya qilish texnikasi qo‘llanilgan, bundan so‘ng o‘lchamlari 5x3 sm2 va qalinligi 9 mm bo‘lib shakllangan uch qavatli autotransplant erkin siljish uchun optimal hisoblanadi va mushak fassiyasining o‘zagi kam travmatik bo‘lib qolgani asoslangan;
sonning m. tensor fascia latae payidan olingan, elka bo‘g‘imi subakromial bo‘shlig‘i akromionning tashqi-orqa yuzasiga autotransplant chetlarini, teri ostiga uchta mustaqil tugun bilan tikish texnikasi ishlab chiqilgan, va bu usul an’anaviy fiksatsiya usullariga nisbatan past shikastli ekanligi isbotlangan;
aniqlanishicha, akromial - elka rentgenologik masofa rotator manjet jarohatlarini tashxislashda o‘zining yuqori informatsion qiymatini ishonchli isbotlaydi va jarrohlik davolashning optimal taktikasini belgilaydigan operatsion davoning uzoq muddatli natijalarini taxmin qilish aniilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Ekspert kengashining 03/18-son 23.08.2023 yildagi xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Conning m. tensor fascia latae payi bilan autotransplantatsiya qilish orqali rotator manjetning degenerativ shikastlanishini jarrohlik davolashning nisbatan yuqori samarali usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda autotransplant tashqaridan ichkariga uch qavat buklangan holda akromion pastki yuzasi bo‘ylab mahkamlanadi, va shu orqali akromion o‘sig‘ining ochiq suyak yuzalarini qoplash uchun sharoit yaratilgan usuli Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi (01.06.2023y.;№ 102a), Guliston tibbiyot klasteri (31.07.2023y.; №289/1) va Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon filiali (31.07.2023y.; №16) klinikalari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • jarrohlik davolash usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar bemorlarda hayot sifatini oshishi 36% darajada kuzatildi; • elka bo‘g‘imida al`ternativ metodikaga nisbatan bo‘g‘imlar funksiyasi qoniqarsiz natijalar ulushini 15% gacha kamaytirishga olib keldi; • elka bo‘g‘imini endoprotezlash muddatini uzaytirish imkonini berdi; taklif etilgan jarrohlik davolash usulidan foydalanish elka aylantiruvchi manjeta degenerativ jaroxatlarini davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) Elka bo‘g‘imi aylantiruvchi manjet degenerativ jaroxatlarlangan bemorlarda davolash taktikasi va davolashni prognozlash samarodorligini oshishi tufayli 18 oydan so‘ng olinadigan 36% hayot sifatini yaxshilanishi  aniqlandi. Demak bemorlarda 15% ko‘proq xayot sifatini olish imkoniyati mavjud va davlat uchun ishlash qobiliyati bor insonlarni ortishiga sabab bo‘lishi aniqlandi. 2) bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1475000 so‘mga kamayadi. 3) endoprotezlash operatsiyasiga ko‘rsatmalarni kamayishi va bu usulda ishtatiladigan protez imlanti to‘lovidan tejaladi. Xulosa: Conning m. tensor fascia latae payi bilan autotransplantatsiya qilish orqali rotator manjetning degenerativ shikastlanishini jarrohlik davolashning nisbatan yuqori samarali usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda autotransplant tashqaridan ichkariga uch qavat buklangan holda akromion pastki yuzasi bo‘ylab mahkamlanadi, va shu orqali akromion o‘sig‘ining ochiq suyak yuzalarini qoplash uchun sharoit yaratilgan usuli 1ta bemor uchun 1475000 so‘m va elka endoprotezlash imlantini iqtisod qilishga imkon berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: sonning o‘lchamlari 10x5 sm2 va qalinligi 3 mm bo‘lgan m. tensor fascia latae payi tashqi qismini rezeksiya qilish texnikasi qo‘llanilgan, bundan so‘ng o‘lchamlari 5x3 sm2 va qalinligi 9 mm bo‘lib shakllangan uch qavatli autotransplant erkin siljish uchun optimal hisoblanadi va mushak fassiyasining o‘zagi kam travmatik bo‘lishiga erishish Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi (01.06.2023g.; № 102 a) Guliston tibbiyot klasteri (31.07.2023y.; №289/1) va Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon filiali (31.07.2023y.; №16) klinikalari amaliyotiga joriy etildi. ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • Olingan natijalar  elka bo‘g‘imida aylantiruvchi manjet degenerativ jaroxatlarida autotransplantdan foydalanish tufayli aylanrtiruvchi manjet qayta shikastlanishi oldini olish imkonin berdi;  • yaxshi natijalarni 50% gacha olib keldi; • asoratlar foizi kamlishi tufayli nogironlik sonini kamayishiga olib keldi; ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) Autotransplantdan foydalanish allotransplant implantlarini jarroxlik amaliyotida ishlatmaslik sababli 1 ta bemorga 5000000 so‘m tejash imkonini berdi. Xulosa: sonning o‘lchamlari 10x5 sm2 va qalinligi 3 mm bo‘lgan m. tensor fascia latae payi tashqi qismini rezeksiya qilish texnikasi qo‘llanilgan, bundan so‘ng o‘lchamlari 5x3 sm2 va qalinligi 9 mm bo‘lib shakllangan uch qavatli autotransplant erkin siljish uchun optimal hisoblanadi va mushak fassiyasining o‘zagi kam travmatik bo‘lishiga erishish 1 ta bemorga 5000000 so‘m tejash imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: sonning m. tensor fascia latae payidan olingan, elka bo‘g‘imi subakromial bo‘shlig‘i akromionning tashqi-orqa yuzasiga autotransplant chetlarini, teri ostiga uchta mustaqil tugun bilan tikish texnikasi ishlab chiqilgan, va bu usul an’anaviy fiksatsiya usullariga nisbatan past shikastli holat muhimligi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi (01.06.2023y. №102a) Guliston tibbiyot klasteri (31.07.2023y.; №289/1) va Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon filiali (31.07.2023y.; №16) klinikalari amaliyotiga joriy etildi; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:• jarrohlik davolash usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar bemorlarda hayot sifatini oshishi 36% darajada kuzatildi; •  elka bo‘g‘imi aylantiruvchi manjet degenerativ jaroxatlarida autotranslantni qo‘llash tufayli jarroxlik amaliyotidan so‘ng bemorlarda 53% yaxshi natijalar olindi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) elka bo‘g‘imi aylantiruvchi manjet degenerativ jaroxatlarida autotranslantni qo‘llash alloplastik imlantlardan foydalanmaslik imkonini berish hisobiga 1 bemorga 5500000 so‘m iqtisod qilish imkoni berdi. Xulosa: sonning m. tensor fascia latae payidan olingan, elka bo‘g‘imi subakromial bo‘shlig‘i akromionning tashqi-orqa yuzasiga autotransplant chetlarini, teri ostiga uchta mustaqil tugun bilan tikish texnikasi ishlab chiqilgan, va bu usul an’anaviy fiksatsiya usullariga nisbatan past shikastli holat tufayli va allotransplantdan foydalanmaslik sababli 1 nafar bemor uchun 5500000 so‘m iqtisod imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: aniqlanishicha, akromial - elka  rentgenologik masofa rotator manjet jarohatlarini tashxislashda o‘zining yuqori informatsion qiymatini ishonchli isbotlaydi va jarrohlik davolashning optimal taktikasini belgilaydigan operatsion davoning uzoq muddatli natijalarini taxmin qilish imkonini berishi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi (01.06.2023y. № 102a), Guliston tibbiyot klasteri (31.07.2023y.; №289/1) va Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon filiali (31.07.2023y.; №16) klinikalari amaliyotiga joriy etildi;  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • klinik, rentgenologik, MRT ma’lumotlarini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan usuldan foydalanib olingan natijalar elka bo‘g‘imida degenerativ jaroxatlari bo‘lgan bemorlarni erta tashxislash samaradorligini oshirish orqali sifatli davolanishga, hamda asoratlar oldigi olish imkonini berdi; • jarrohlik davolashning optimal taktikasini belgilaydigan operatsion davoning uzoq muddatli natijalarini taxmin qilish orqali davolashning funksional va anatomik natijalarini yaxshiladi va elka bo‘g‘imi funksiyasini tiklash imkonini berdi.  Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning erta tashxislanishi tufayli, asoratli holatdagi bemorlarni jarroxlik amaliyotiga etib bormasligi soni kamayadi, oqibatida konservativ davolanishni olishi tufayli jarroxlik amaliyoti xarajatlari tejaladi: 2) bemorning shifoxonada qolish muddatini 10 kundan 5 kunga qisqartirib, 1 ta bemorga shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1475000 so‘mga kamayadi; 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha barcha kasalxonalarda klinik tashxislashni amaliyotga tadbiq etilgan holda, bemorlarning erta maxsus davolanish oqibatida keyinchalik nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: aniqlanishicha, akromial - elka  rentgenologik masofa rotator manjet jarohatlarini tashxislashda o‘zining yuqori informatsion qiymatini ishonchli isbotlaydi va jarrohlik davolashning optimal taktikasini belgilaydigan operatsion davoning uzoq muddatli natijalarini taxmin qilish imkonini berishi orqali 1 ta bemorga shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1475000 so‘mga kamayadi va nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish