Babaxanova Dilnoza Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ultratovush to‘lqinlarining kalamush gepatotsitlari mitoxondriyalarining ba’zi bir fermentlari faoliyatiga ta’siri va uni korreksiyalash usullarini izlash», 03.00.01 – Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/B797.
Ilmiy rahbar: Mirxamidova Parida, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/30.12.2019.B.01.13.
Rasmiy opponentlar: Dalimova Surayyo Nugmanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Baratov Qo‘zijon Rabbim o‘g‘li, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ultratovush to‘lqinlarining kalamush gepatotsitlari mitoxondriyalari fermentlari faolligiga ta’sirini tadqiq qilish hamda shotut bargining ekstrakti va biosep yog‘li ekstraktlari yordamida korreksiyalashni 1, 3, 5, 10 va 15 kunlarida dinamikaga bog‘liq holda aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kalamush gepatotsitlari mitoxondriyalari ultratovush to‘lqinlari ta’siriga sezuvchan bo‘lib, bu esa uning ta’sir etish vaqtiga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
ultratovush to‘lqinlari ta’sirida gepatotsitlar mitoxondriyalarida lipidlarning perekisli oksidlanish intensivligining ortishi, membranaga bog‘liq fermentlar: cytochrom-c-oksidaza va SDG hamda antioksidant tizim fermentlari: SOD, katalaza, GP, GR va GT faolliklari 1, 3, 5, 10 va 15 kunlarida ingibirlanishi aniqlangan. Fermentlarning chuqur ingibirlanishi ultratovush to‘lqinlarining 10 minutlik ta’siridan so‘ng aniqlangan;
in vitro sharoitida shotut bargining ekstrakti va biosep yog‘li ekstraktlarining antiradikal faolliklari aniqlangan;
korreksiyalashda qo‘llanilgan shotut bargining ekstrakti va biosepning yog‘li ekstraktlari antioksidantlik xususiyatini namoyon qilib, jigar mitoxondriyalarida lipidlarning perekisli oksidlanishi intensivligining kamayishi hamda membranaga bog‘liq bo‘lgan cytochrom-c-oksidaza va SDG hamda antioksidant tizim fermentlari: SOD, katalaza, GP, GR va GT faolliklarining qayta tiklanishi dinamikaga bog‘liq holda 1, 3, 5, 10 va 15 kunlarida aniqlangan;
ultratovush to‘lqinlari ta’sirida jigar gepatotsitlari mitoxondriyalari membranalari o‘tkazuvchanligining o‘zgarishi natijasida qon zardobidagi sitolitik fermentlar: ALT, AST, IF va GGT lar miqdorining sezilarli darajada ortishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ultratovush to‘lqinlari ta’sirida kalamush gepatotsitlari mitoxondriyalarining fermentlari faoliyatining buzilishini shotut bargining ekstrakti va biosep yog‘li ekstrakti bilan korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dissertatsiya ishining ilmiy-nazariy va amaliy xulosalari asosida nashr etilgan “Ionlantiruvchi nurlar biologiyasi (Radiobiologiya)” (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 359-010 raqamli guvohnomasi), “Biologik kimyo va molekulyar biologiya (1-qism)” (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 274-257 raqamli guvohnomasi),“Biologicheskaya ximiya” (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 274-259 raqamli guvohnomasi) nomli darsliklari va “Biokimyo (Amaliy mashg‘ulotlar)” (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 237-074 raqamli guvohnomasi) nomli o‘quv qo‘llanmasidan Oliy ta’lim muassasalarining 60110900 – Biologiya ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga “Biologik kimyo” fanlarini o‘qitishda foydalanilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023 yil 1 martdagi 02/01-01-29 sonli ma’lumotnomasi); Natijada tayyorlangan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan va ta’limda samaradorlikka erishilgan.
ultratovush to‘lqini (UTT)ning kalamush jigarining ba’zi bir fermentlarining faolligiga ta’siri va fermentlar faolligini qayta tiklashda biosep moyli ekstraktini qo‘llash uchun Shvesariya Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ 01-00008/23. 17.04.2023 y). Natijada biosep moyli ekstrakti jigar mitoxondriyalari funksional buzilishlarini korreksiya qilish imkonini bergan;
shotut bargining ekstrakti asosida ultratovush to‘lqini (UTT)ning kalamush jigarining ba’zi bir fermentlari faolligiga ta’sirini korreksiyalash uchun Germaniya Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ 50/23-05. 15.05.2023y). Natijada shotut bargi ekstrakti mitoxondriyaning ba’zi bir fermentlar faolligini korreksiyalash imkonini bergan.