Djuraeva Dilnoza Davron qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmatlar sohasini innovatsion boshqarish samaradorligini oshirish”, 08.00.13–Menejment, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt909
Ilmiy rahbar: Otajonov Shuhrat Ibrayimjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat Universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar:, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xankeldieva Go‘zal Sherovna, i.f.f.d (PhD) G.Solieva;
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xizmatlar sohasini innovatsion boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion infratuzilma sub’ektlari tomonidan innovatsion xizmatlarni joriy qilish bo‘yicha qabul qilingan boshqaruv qarorlarining aniq mezonlari asosida ta’sirini aniqlashga ko‘ra sohani davlat tomonidan tartibga solishga yo‘naltirilgan boshqaruvning innovatsion usullari va texnologiyalari samaradorligini baholash yondashuvi taklif etilgan;
kraudfandingga asoslangan innovatsion moliyaviy xizmatlar hamda akseleratsiya-inkubatsiya xizmatlarini amalga oshiradigan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini “Innovatsion xizmatlar uchun “Patent-box” rejimi asosida qo‘llab-quvvatlash asoslangan;
innovatsion faoliyat sub’ektlarining raqobatbardoshligini tarkibiy o‘zgartirishlar hamda raqamli axborot modellari hisobiga innovatsion faoliyatni boshqarish tamoyillarini takomillashtirishga ko‘ra oshirish asoslangan;
innovatsion faoliyatga qo‘shimcha moliyaviy resurslarni erkin va markazlashgan holda jalb qilish, xususan, xususiy sektor mablag‘larini kiritish hisobiga innovatsion xizmatlar rivojlanishining 2025 yilgacha prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmatlar sohasini innovatsion rivojlantirishni boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
innovatsion infratuzilma sub’ektlari tomonidan innovatsiyalarni joriy qilish bo‘yicha qabul qilingan boshqaruv qarorlarining aniq mezonlari asosida ta’sirini aniqlashga ko‘ra sohani davlat tomonidan tartibga solishga yo‘naltirilgan boshqaruvning innovatsion usullari va texnologiyalari samaradorligini baholash yondashuvi Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi “Yashnobod” innovatsion texnoparki faoliyatiga joriy etilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 9 martdagi 14/1-18256-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish natijasida, boshqaruvning innovatsion usullari va texnologiyalari samaradorligini qo‘llash hisobiga texnopark tomonidan 2021 yilda qo‘shimcha 223 mln so‘m daromadga erishilgan;
kraudfandingga asoslangan innovatsion moliyaviy xizmatlar hamda akseleratsiya-inkubatsiya xizmatlarini amalga oshiradigan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini “Innovatsion xizmatlar uchun “Patent-box” rejimi asosida qo‘llab-quvvatlash taklifi Innovatsion rivojlanish agentligining Ilmiy-texnika axboroti markazi hamda “Innovative Developers” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga joriy etilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 9 martdagi 14/1-18256-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish natijasida, “Innovative Developers” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2021 yilda qo‘shimcha 87,8 mln so‘m daromadga erishilgan;
innovatsion faoliyat sub’ektlarining raqobatbardoshligini tarkibiy o‘zgartirishlar hamda raqamli axborot modellari hisobiga innovatsion faoliyatni boshqarish tamoyillarini takomillashtirishga ko‘ra oshirish taklifi IT-park rezidenti “Perspective Team” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga joriy etilgan (IT-park rezidenti “Perspective Team” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 2022 yil 23 apreldagi 329-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy etish natijasida “Perspective Team” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 2021-2022 yillarda qo‘shimcha 367,1 mln so‘m daromadga erishilgan;
innovatsion faoliyatga qo‘shimcha moliyaviy resurslarni erkin va markazlashgan holda jalb qilish, xususan, xususiy sektor mablag‘larini kiritish hisobiga innovatsion xizmatlar rivojlanishining 2025 yilgacha ishlab chiqilgan prognoz parametrlari Innovatsion rivojlanish agentligi amaliyotida foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 9 martdagi 14/1-18256-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish asosida innovatsion xizmatlarni moliyalashtirish mexanizmlarining takomillashtirilishi sohaga xususiy mablag‘larning qo‘shimcha jalb etilishiga ko‘ra istiqbol ko‘rsatkichlarini maqsadga muvofiq belgilash asosida boshqarish samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan.