Lutpidinov Shuxrat Zakirdjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda frilanserlikni tashkil etish», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2. PhD/Iqt1753.
Ilmiy rahbar: Abdulxakimov Zuxrali Tursunalievich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.05.2020.I.66.03.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Baxriddin Juraevich,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor;   Yuldashev Doniyor Toirovich,  iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibiy o‘zgarishlar sharoitida tadbirkorlik faoliyatida frilanserlik yo‘nalishlarini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra fan-texnika taraqqiyoti asosida aholi turmush farovonligini oshirish va o‘zini-o‘zi band qilish orqali xizmat ko‘rsatuvchi faoliyat sifatidagi “frilanserlik” tushunchasiga aniqlik kiritilib, frilanserlik turlari bilan shug‘ullanuvchilarning mehnat faoliyatidagi o‘zgarishlar ko‘proq mamlakatdagi jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar va dunyo xo‘jaligida yuz berayotgan global iqtisodiy inqirozlar bilan uzviy bog‘liqligi asoslangan;  
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Savdo-sanoat palatasi bo‘limlari va hududiy boshqarmalari ishtirokidagi “Frilanser-tadbirkor” virtual markazini tashkil etish orqali frilanserlik faoliyatini rivojlantirish taklifi asoslangan;
axborot texnologiyalari hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda frilanserlik faoliyatini tashkil etishning muvaffaqiyatlilik darajasini ifodalovchi indikator ko‘rsatkichlari (FFTT=23,4; YuDM=20,2; MOI=15,7; SYB=11,2; HFM=12,5 va FEI=12,5) mezonlari asoslangan;
O‘zbekiston iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘tish davrida yuz berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, ishlab chiqarishni modernizasiyalash va diversifikasiyalash jarayonlari ta’sirini baholash asosida frilanserlik faoliyati ko‘rsatkichining 2026 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tarkibiy o‘zgarishlar sharoitida tadbirkorlik faoliyatini jadallashtirishda frilanserlik yo‘nalishlarini tashkil etish va rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra fan-texnika taraqqiyoti asosida aholi turmush farovonligini oshirish va o‘zini-o‘zi band qilish orqali xizmat ko‘rsatuvchi faoliyat sifatidagi “frilanserlik” tushunchasiga aniqlik kiritilib, frilanserlik turlari bilan shug‘ullanuvchilarning mehnat faoliyatidagi o‘zgarishlar ko‘proq mamlakatdagi jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar va dunyo xo‘jaligida yuz berayotgan global iqtisodiy inqirozlar bilan uzviy bog‘liqligi asoslashga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Raqamli iqtisodiyot amaliy mashg‘ulot” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innoasiyalar  vazirligining 2023 yil 17 iyuldagi 314-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilishi o‘zini-o‘zi band qilish orqali xizmat ko‘rsatuvchi faoliyat sifatidagi “frilanserlik” tushunchasi to‘g‘risidagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni yanada kengaytirish imkonini yaratgan;
tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Savdo-sanoat palatasi bo‘limlari va hududiy boshqarmalari ishtirokidagi “Frilanser-tadbirkor” virtual markazini tashkil etish orqali frilanserlik faoliyatini rivojlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlarda tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish bilan bog‘liq faoliyatlarni rivojlantirish dasturi”ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 16 oktyabrdagi 11/01-30-13158-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyatida qo‘shimcha 327 ta oilalarda frilanserlik faoliyatini tashkil etilishiga va 515 nafar aholining bandligini ta’minlash imkoni yaratgan;
axborot texnologiyalari hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda frilanserlik faoliyatini tashkil etishning muvaffaqiyatlilik darajasini ifodalovchi indikator ko‘rsatkichlari (FFTT=23,4; YuDM=20,2; MOI=15,7; SYB=11,2; HFM=12,5 va FEI=12,5) mezonlari (Savdo-sanoat palatasi Namangan hududiy boshqarmasining 2023 yil 10 oktyabrdagi 48-F-sonli buyruq asosida tasdiqlangan) O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlarda tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish bilan bog‘liq faoliyatlarni rivojlantirish dasturi”ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 16 oktyabrdagi 11/01-30-13158-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida oila xo‘jaliklarida frilanserlik faoliyatidan olinadigan daromadlarni ko‘paytirishning ichki imkoniyatlarini aniqlash va ularni ko‘paytirish orqali frilanserlarni real daromadlarini 18,7%ga oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekiston iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘tish davrida yuz berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, ishlab chiqarishni modernizasiyalash va diversifikasiyalash jarayonlari ta’sirini baholash asosida frilanserlik faoliyati ko‘rsatkichining 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan “Hududlarda tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish bilan bog‘liq faoliyatlarni rivojlantirish dasturi”ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 16 oktyabrdagi 11/01-30-13158-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aholi farovonligi, yashash darajasi va sifatini hamda daromadini oshirish uchun “kompleks rivojlantirish dasturlari” va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda foydalanish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish