Xudaynazarova Dilorom Xayrullaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘qimachilik sanoati korxonalarida risklarni baholash va pasaytirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2PhD/Iqt2880
Ilmiy maslahatchi: Usmonov Botir Shukrullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Turdiev Abdulla Sagdullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik sanoati korxonalarining iqtisodiy risklarini baholash va pasaytirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik korxonalarida ish faoliyatining uzlyuksizligi va ishonchliligini oshirish, ishlab chiqarish sikli muddati, riskini qisqartirishga yo‘naltirilgan servitizatsiya modeli asosida matoning innovatsion avlodlarini yaratish orqali mahsulot barqarorligini oshirishning (BMmin ≈ 27%) minimal chegarasi asoslangan;
to‘qimachilik korxonalarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlariga inkremental innovatsiyalarni kiritish asosida mijozning xizmatdan qoniqish darajasini [6,87 ≤ FQ ≤ 72] chegaralarda ta’minlash orqali risklarni minimallashtirish taklifi asoslangan;
“Alkim Tekstil” MChJda chiqindilarsiz ishlab chiqarish zanjiri asosida qichitqi o‘tdan kulir matosini ishlab chiqarishning 2027 yilga qadar, yopiq siklni iqtisodiy tizim asosida ishlab chiqarish orqali risklarni so‘ndirish natijasida imkoniyatlarga ega bo‘lish darajasining 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida mavjud hamda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan risklarning servitizatsiya modeli, inkremental innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish mexanizmi hamda dinamik imkoniyatlar tizimi asosida qoldiq risklarni prognozlash modeliga ko‘ra “OSBORN TEXTILE” MChJning 2032 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik sanoati korxonalarida risklarni baholash va pasaytirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
to‘qimachilik korxonalarida ish faoliyatining uzlyuksizligi va ishonchliligini oshirish, ishlab chiqarish sikli muddati, riskini qisqartirishga yo‘naltirilgan servitizatsiya modeli asosida matoning innovatsion avlodlarini yaratish orqali mahsulot barqarorligini oshirishning (BMmin ≈ 27%) minimal chegarasidan foydalanish taklifi “Alkim Tekstil” MChJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 21-iyuldagi №03/14-1573-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Alkim Tekstil” MChJda innovatsion loyihalar soni 3 taga, investision loyihalar soni 4 taga oshib, risk darajasi 11 %ga pasaygan, loyihalar bilan ishlash bo‘limlarining loyihalarni baholash operativligi 4,2 %ga oshib, korxonaning 244 mln. so‘m mablag‘ini tejash ta’minlagan;
to‘qimachilik korxonalarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlariga inkremental innovatsiyalarni kiritish asosida mijozning xizmatdan qoniqish darajasini [6,87 ≤ FQ ≤ 72] chegaralarda ta’minlash orqali risklarni minimallashtirish taklifi “Alkim Tekstil” MChJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 21-iyuldagi №03/14-1573-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida jamiyatdagi innovatsion faoliyati samaradorligi 7,4 %ga oshishi hisobida korxonaga 13,3 mlrd. so‘m daromad olish imkonini bergan;
“Alkim Tekstil” MChJda chiqindilarsiz ishlab chiqarish zanjiri asosida qichitqi o‘tdan kulir matosini ishlab chiqarishning 2027 yilga qadar, yopiq siklni iqtisodiy tizim asosida ishlab chiqarish orqali risklarni so‘ndirish natijasida imkoniyatlarga ega bo‘lish darajasining 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “Alkim Textile” MChJning ishlab chiqarish faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 21-iyuldagi №03/14-1573-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida jamiyat tarkibidagi korxonalarning investision jozibadorligi 5,2 %ga, mehnat unumdorligi 3,1 %ga va ekologik samaradorlik esa 3,7 %ga oshgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida mavjud hamda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan risklarning servitizatsiya modeli, inkremental innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish mexanizmi hamda dinamik imkoniyatlar tizimi asosida qoldiq risklarni prognozlash modeliga ko‘ra “OSBORN TEXTILE” MChJning 2032 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “OSBORN TEXTILE” MChJ faoliyatida foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 21-iyuldagi №03/14-1573- sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2023-yilning dastlabgi choragida 455 mln. so‘m mablag‘ tejashga erishilib, Innovatsion ishlanmalarni rivojlantirish fondiga 54 mln. so‘m mablag‘ reinvestisiya qilingan hamda risklarni boshqarishni muqobillashtirish natijasida risklar 5,2 %ga so‘ndirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish