Safarmaxmatova Zarrina Narzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy media olamida tilning paremiologik tadqiqi  (gazeta matni misolida)”,10.00.11 –  Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil1909.
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Muminovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov G‘anijon Mirzaaxmedovich,  filologiya fanlari doktori, professor; Yuldasheva Dilafruz Maxamadalievna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bosma media olamida paremiyalar voqealanishining lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mediamatnda paremiologik birliklarning nafaqat kodifikatsiya qilingan til birliklari, uning transformasion va ekspressiv-stilistik xususiyatlarini hisobga olgan holda mediamatnda ekspressivlikni ifodalashda jurnalistning lingvistik mahorati va dunyoqarashining ko‘rsatkichi sifatida namoyon bo‘lish xususiyati dalillangan;
frazeologik birliklar va paremiyalarning umumiy konsepsiyasi jamiyatning o‘ziga xos milliy media kommunikativ jarayoniga xizmat qiluvchi lingvokulturema sifatida jurnalist kommunikativ harakati yoki strategiyasini amalga oshirishda taktik vosita sifatida axborotni saqlovchi, uzatuvchi va qayta ishlovchi kognitiv mexanizm sifatida namoyon bo‘lishi isbotlangan;
paremiyalar transformasiyasining ham ekspressivlik va  nutqiy baho bilan bevosita bog‘liq xususiyatining nafaqat gazeta janri, balki gazeta turi bilan bog‘liqligi ularning stilistik effektlar yaratish imkoniyatini ochish orqali dalillangan;
media olami lisoniy manzarasini paremiyalar orqali baholashda ularning mediakommunikasiya tilining funksional yaxlitlik sifatidagi konstativ, ekspressiv hamda nutqiy madaniy bahosini tartibga solish imkoniyati dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bosma media olamida tilning paremiologik fondi va uning o‘zbek, rus va ingliz gazeta tilida ifodalanishi hamda milliy o‘ziga xosligi muammosining tadqiqi asosida:
         mediamatnda paremiologik birliklarning nafaqat kodifikatsiya qilingan til birliklari, balki uning  transformasion va ekspressiv-stilistik xususiyatlarini hisobga olgan holda mediamatnda ekspressivlikni ifodalashda jurnalistning lingvistik mahorati va dunyoqarashining ko‘rsatkichi  xususiyatlari bilan bog‘liqligi kabi ilmiy-nazariy qarashlari va xulosalaridan Turkiyaning «TUMED – international alumni association» tomonidan amalga oshirilgan «Uluslararası Mezunlar Karier İnşaası» nomli loyihada foydalanilgan («TUMED – international alumni association»ning 2022 yil 30 sentyabrdagi 42-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi orqali loyiha doirasida o‘quv adabiyotlari, tarqatma materiallarini yaratishda va OAVda maqola chop etishda hamda ommaviy auditoriyani keng jalb qilishda o‘ziga xos vazifani bajarishga xizmat qilgan;
frazeologik birliklar va paremiyalarning umumiy konsepsiyasi jamiyatning o‘ziga xos milliy media kommunikativ jarayoniga xizmat qiluvchi lingvokulturema sifatida jurnalist kommunikativ harakati yoki strategiyasini amalga oshirishda taktik vosita sifatida axborotni saqlovchi, uzatuvchi va qayta ishlovchi kognitiv mexanizm sifatida namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan Istambul Tijorat universiteti Erasmus + (K-102) «Translation into English and Creating Electronic Fund of Turkic Nations Folklore» nomli amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Istambul Tijorat universitetining 2022 yil 11 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy auditoriyaning media olamda paremeologik tadqiqini o‘rganishda uning ahamiyati oydinlashgan;
paremiyalar transformasiyasining ham ekspressivlik va  nutqiy baho bilan bevosita bog‘liq xususiyatining nafaqat gazeta janri, balki gazeta turi bilan bog‘liqligi ularning stilistik effektlar yaratish imkoniyatiga oid xulosalardan «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi nashri «Milliy tiklanish» gazetasi faoliyatida foydalanilgan («Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi nashri «Milliy tiklanish» gazetasining 2022 yil 5 oktyabrdagi 111-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy-publisistik maqolalarning sifat darajasi oshirilishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish