Karimova Yulduz Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida poetik tafakkur va uslub masalasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti  (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2443.
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshxo‘ja Solijonov, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Tojiboeva Muqaddas Abdurahimovna, filologiya fanlari doktori; Olimov Sultonmurod Hoshimovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy poetik tafakkurining shakllanish va takomillashuv jarayoni, “Lison ut-tayr” dostonida muallif hamda personaj nutqi, monologik, dialogik nutqning shakl va mazmunga ta’sirini aniqlash, dostondagi g‘oya va xulosalarining Shayx Fariduddin Attor asarlaridan farqli jihatlarini izohlash hamda shu farqlar asosida Navoiygagina xos badiiy tafakkurni isbotlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 Alisher Navoiy poetik tafakkurining shakllanishida ijtimoiy muhitning hamda davr tendensiyalarining yetakchi o‘rin tutganligi, islomiy va tasavvufiy manbalar asosida shakllanganligi dalillangan;
“Lison ut-tayr” dostonidagi obrazlarning adabiy-estetik vazifasi hamda doston hikoyatlarida hayot mohiyati va poetik tafakkur tadriji shayx Fariduddin Attorning “Mantiq ut-tayr” dostoni bilan qiyosiy aspektda tekshirilib, ijodkorga xos poetik tafakkur va badiiy tasviriy vositalarining yangiligi obrazlar hamda detallar asosida ochib berilgan;
mumtoz adabiyotda, jumladan, “Lison ut-tayr” dostonidagi nutq shakllari va badiiy san’atlarni tadqiq etishda mumtoz ilmi bade’ga oid lafziy, ma’noviy va mushtarak san’atlar asosida yondoshilib, ritmik bo‘laklar tasnifi va Navoiyning savol-javob, so‘z takrori hamda qofiyani shakllantiruvchi badiiy san’atlardan foydalanishdagi poetik mahorati va o‘ziga xos uslubi aniqlangan;
dostondagi obrazlar tizimining umumiy tavsifi, ishoralar tizimi, falsafiy ma’no, davr g‘oyalari, badiiy nigoh, tabiat – jamiyat – inson o‘rtasidagi aloqalarni badiiy talqin etish, ishq talqini poetikasining tasavvufiy qirralari, obrazlarning irfoniy-ma’rifiy va ramziy-timsoliy ma’nolari isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida poetik tafakkur va uslub masalasi mavzusida olib borilgan mazkur tadqiqot natijalari asosida:
mumtoz adabiyotda, jumladan, “Lison ut-tayr” dostonidagi nutq shakllari va badiiy san’atlarni tadqiq etishda mumtoz ilmi bade’ga oid lafziy, ma’noviy va mushtarak san’atlar asosida yondoshilib, ritmik bo‘laklar tasnifi va Navoiyning savol-javob, so‘z takrori hamda qofiyani shakllantiruvchi badiiy san’atlardan foydalanishdagi poetik mahorati va o‘ziga xosligi to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan (2017-2020 yy) F3-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihaning folklor janriga oid bo‘limlarini yozishda muhim nazariy manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 29-iyuldagi 174-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha ilmiy-nazariy xulosalar yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
 Alisher Navoiy poetik tafakkurining shakllanishida ijtimoiy muhitning hamda davr tendensiyalarining yetakchi o‘rin tutganligi, islomiy va tasavvufiy manbalar asosida shakllanganligi oid ilmiy qarashlari va xulosalaridan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yilda efirga uzatilgan “Xayrli kun” dasturida muallif bilan suhbat o‘tkazildi, shuningdek, “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi” radioeshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 1-avgustdagi 01-12-04/171-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillar bilan boyitilgan;
“Lison ut-tayr” dostonidagi obrazlarning adabiy-estetik vazifasi hamda doston hikoyatlarida hayot mohiyati va poetik tafakkur tadriji shayx Fariduddin Attorning “Mantiq ut-tayr” dostoni bilan qiyosiy aspektda tekshirilib, ijodkorga xos poetik tafakkur va badiiy tasviriy vositalarining yangiligi obrazlar hamda detallar asosida ochib berilganligi xususidagi xulosalar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limining Alisher Navoiy adabiy merosi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlarda, uyushma a’zolari bilan o‘tkazilgan seminarlar, yosh ijodkorlarning to‘garak mashg‘ulotlarida hamda aholi o‘rtasida o‘tkazilgan adabiy uchrashuv, suhbat, kitob taqdimotlarida, shuningdek, “Adabiyot kunlari”, “Mumtoz asarlar poetikasi” singari adabiy-ma’rifiy tadbirlar loyihasini ishlab chiqish va ssenariylarini tayyorlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limining 2023-yil 11-martdagi ma’lumotnomasi). Natijada mazkur seminar hamda to‘garak mashg‘ulotlari uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni chuqurlashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan hamda adabiy-ma’rifiy tadbirlarda ko‘tarilgan adabiy masalalarning ilmiy asosi kuchaytirilgan
poetik tafakkur, badiiy nutq va uslubiy individuallikni belgilashda davr tendensiyalarining ahamiyatiga oid xulosalaridan “Jadid adabiyoti tarixi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 13-apreldagi 01-1508-son ma’lumotnomasi). Natijada darslik ilmiy-nazariy jihatdan mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish