Abdullajanova Dilnozaxon Sultanbekovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekistonda boshqaruv kadrlari zaxirasini samarali shakllantirishning ijtimoiy-psixologik omillari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/P86.
Ilmiy maslahatchi: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna, psixologiya fanlari doktori, professor; Barotov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Abdullaeva Shoira Hamidovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda boshqaruv kadrlari zaxirasini samarali shakllantirishning ijtimoiy-psixologik omillarini empirik jihatdan ochib berish hamda uni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
immanent va diskursiv sababiy perspektivlar ta’sirida boshqaruv kadrlarida rostgo‘ylik, psixastenik, paranoyallik shaxs tiplariga mansublik, zaxira kadrlarida esa ratsional korreksiya, mulohazakorlik, ishonchlilik xususiyatlarini ustuvor ekanligi tufayli ijtimoiy status hamda ierarxik pozisiya omili kadrlar zaxirasini shakllantirishda psixologik-disfunksional barer ekanligi isbotlangan;
boshqaruv kadrlarining professional «nomenklatura» shaklini yuzaga chiqishiga ko‘ra «iqtidorlarni saralash», «liderlarni aniqlash» kabi tushunchalar ostida samarali kadrlar zaxirasini vujudga keltirish motiviga asoslangan holda «ijtimoiy integratsiya», «halollik indeksi», «shaxsiy tashabbus», «professional autoidentifikatsiya» kabi kasbiy attityudlar muhimligi tufayli zaxiradagi kadrlar xulq-atvor komponentlarida topshiriqni bajarish tezligiga, sifatiga, ish samaradorligini oshiruvchi takliflarni ishlab chiqish ko‘rsatkichining yuqori bo‘lishiga dixotomik ta’sir etuvchi «professional-psixologik prediktorlar» ekanligi isbotlangan;
ijtimoiy fasilitatsiya, ingibisiya mexanizmlari differensiatsiyasiga ko‘ra, «shadowing», «ausorsing», «superviziya», «counselling», «buddying», «mentoring», «couching» texnologiyalarini boshqaruv kadrlari zaxirasi proforientatsiyasiga tatbiqi tufayli semantik maydondagi psixologik madaniyatda strategik simbioz ustuvor bo‘lishi dalillangan;
refleksivlik, ekspressivlik, ratsional va emotsional loyallik, refleksiv korreksiyasida avtonomiyani mujassamlashtiruvchi ustuvor shaxs sifatlari va gender atributlari boshqaruv hamda zaxira kadrlari faoliyatida «separatsion-pragmatik» ko‘rinishda aks etishiga asoslanib, kadrlar zaxirasini samarali shakllantirishda «gender sotsializatsiyaning differensial-prognostik» modeli takomillashtirilgan;
«kadrlar zaxirasi samaradorligining omillar transformatsiyasi» modeli mental madaniy muhitda ekspressivlik, optimallik, aristokratik kuzatuv, ratsional, strategik, legitim, estetik, innovatsion komponentlar differensiatsiyasi yetakchi impulsiv indikatorlar ekanligi sababli, kommunikativ simbioz, psixologik mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbekistonda boshqaruv kadrlari zaxirasini samarali shakllantirishning ijtimoiy-psixologik omillarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
immanent va diskursiv sababiy perspektivlar ta’sirida boshqaruv kadrlarida rostgo‘ylik, psixastenik, paranoyallik shaxs tiplariga mansublik, zaxira kadrlarida esa ratsional korreksiya, mulohazakorlik, ishonchlilik xususiyatlarini ustuvor ekanligi tufayli ijtimoiy status hamda ierarxik pozisiya omili kadrlar zaxirasini shakllantirishda psixologik-disfunksional barer ekanligi isbotlashga doir natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-43-sonli buyrug‘iga asosan «Boshqaruv va marketing psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 2023-yil 6-iyuldagi PM-43-a son ma’lumotnoma). Natijada boshqaruv kadrlari zaxirasini samarali shakllantirishga ta’sir etadigan ijtimoiy-psixologik omillarni aniqlash hamda ijtimoiy-psixologik sifatlarini ilmiy jihatdan asoslash imkoniyati yaratilgan.
professional “nomenklatura” shaklining yuzaga chiqishi natijasida “iqtidorlarni saralash”, “liderlarni aniqlash” kabi tushunchalar ostida samarali kadrlar zaxirasini vujudga keltirish motivi asoslangani holda, “ijtimoiy integratsiya”, “halollik indeksi”, “shaxsiy tashabbus”, “professional autoidentifikatsiya” kabi kasbiy attityudlar zaxiradagi kadrlar xulq-atvor komponentlarida topshiriqni bajarish tezligiga, sifatiga, ish samaradorligini oshiruvchi takliflarni ishlab chiqish ko‘rsatkichining yuqori bo‘lishiga dixotomik ta’sir etuvchi “professional-psixologik prediktorlar” ekanligi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-43-sonli buyrug‘iga asosan “Boshqaruv va marketing psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 2023-yil 6-iyuldagi PM-43-a son ma’lumotnoma). Natijada kadrlar zaxirasini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha psixologik chora-tadbirlarni ijtimoiy-psixologik rakursdan empirik jihatdan asoslangan.
ijtimoiy fasilitatsiya, ingibisiya mexanizmlari differensiatsiyasiga ko‘ra, “shadowing”, “ausorsing”, “superviziya”, “counselling”, “buddying”, “mentoring”, “kouching” texnologiyalarini boshqaruv kadrlari zaxirasi proforientatsiyasiga tadbiqi tufayli semantik maydondagi psixologik madaniyatda strategik simbioz bo‘lishi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-43-sonli buyrug‘iga asosan “Boshqaruv va marketing psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 2023-yil 6-iyuldagi PM-43-a son ma’lumotnoma). Natijada boshqaruv hamda zaxira kadrlaridagi yetakchi shaxsiy xususiyatlar, shaxs yoʻnalganligi, psixoemotsional holatlarni empirik tadqiq etish mexanizmlari osib berilgan.
refleksivlik, ekspressivlik, ratsional va emotsional loyallik, refleksiv korreksiyasida avtonomiyani mujassamlashtiruvchi ustuvor shaxs sifatlari va gender atributlari boshqaruv hamda zaxira kadrlari faoliyatida «separatsion-pragmatik» ko‘rinishda aks etishiga asoslanib, kadrlar zaxirasini samarali shakllantirishda «gender sotsializatsiyaning differensial-prognostik» modeli takomillashtirilganligi haqidagi yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-43-sonli buyrug‘iga asosan psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursining “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM-43-a -son ma’lumotnoma). Natijada boshqaruv kadrlari zaxirasini samarali shakllantirishda gender xususiyatlarini ijtimoiy-psixologik jihatdan oʻrganish hamda differensial-gender sotsializatsiyasi modelini ishlab chiqilgan.
«kadrlar zaxirasi samaradorligining omillar transformatsiyasi» modeli mental madaniy muhitda ekspressivlik, optimallik, aristokratik kuzatuv, ratsional, strategik, legitim, estetik, innovatsion komponentlar differensiatsiyasi yetakchi impulsiv indikatorlar ekanligi sababli, kommunikativ simbioz, psixologik mezonlarini kritish asosida takomillashtirilganligi to‘g‘risida yangilik Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM-43-sonli buyrug‘iga asosan psixologlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kursining “Boshqaruv va marketing psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy 2023-yil 5-iyuldagi PM-43-a -son ma’lumotnoma). Natijada boshqaruv kadrlari zaxirasini samarali shakllantirishga yoʻnaltiruvchi yetakchi ijtimoiy-psixologik indekatorlarni aniqlash hamda amaliyotga joriy etish boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.