Quvvatova Mohira Hikmatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativligini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4827.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Juraevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Boltaeva Mohichexra Jamshid qizi, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativligini rivojlantirish imkoniyatlari indvidual xususiyatlarni effektiv aniqlash va pedagogik jarayon dinamikligini taʼminlashga qaratilgan o‘z-o‘ziga motivatsiya berish, GEStalt psixologiyasi va inson, jamiyat atrof muhitga bog‘liq o‘zgaruvchi jarayonga bo‘lgan aqliy qobiliyatini nisbiy faoliyatga frontal moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish samaradorligi o‘z-o‘zini rivojlantirishning mavjud imkoniyatlarini ratsional foydalanish hamda ichki va tashqi psixologik xususiyatlarni ijtimoiy munosabat yo‘nalishlari va faoliyat turlarining turg‘un xususiyat sifatlarini qiyosiy aniqlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishni texnologiyasi iqtidorni erkin namoyon qilishga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini individuallashtirish, mustaqil ijodiy izlanish imkoniyatlarini bosqichma-bosqich kengaytirish hamda kasbiy-motivatsion faoliyatning yaratuvchanlik, analitik va sintetik tafakkur parametrlarini izchil aniqlashga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishni texnologiyasi modeli kreativ qobiliyatlar va innovatsion tafakkurning integrativ xususiyatlarini taʼlim maqsadlariga mos yaxlitlash hamda interfaol o‘qitish, reproduktiv-tavakkalchilik, ijodiy-izlanishli va novatorlik faoliyatini vektorli rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativligini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning kreativligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ossosiativlik, GEStalt psixologiyasi hamda inson jamiyat atrof muhitga bog‘liq o‘zgaruvchi faoliyatga bo‘lgan aqliy qobiliyatni kasbiy faoliyatga moslashtirish asosida rivojlantirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 5-iyundagi 02-07-2123/04-raqamli dalolatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlarini tahlil etishga sharoit yaratilgan;
oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish mezonlari ichki va tashqi psixologik xususiyatlari ijtimoiy munosabatlar hamda faoliyat turlarining turg‘un xususiyat sifatlarini barqarorligini aniqlash asosida takomillashtirishga oid xulosalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 5-iyundagi 02-07-2123/04-raqamli dalolatnomasi). Natijada kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish imkoni kengaytirilgan;
talabalarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish modeli innovatsion yo‘nalganligi va moslashuvchanligini ketma-ket ta’minlash, interfaol o‘qitish hamda pedagogik hodisalar, faktlarni ijtimoiy sabablarini aniqlash va novatorlik echimlarni kiritish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-2017927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik pedagogikasi asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” nomli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 5-iyundagi 02-07-2123/04-raqamli dalolatnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasasi talabalarining kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish mezonlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
talabalarning kreativligini rivojlantirish texnologiyalari yangilik ochish va prognoz etish, qarorlar qabul qilish hamda faoliyat mahsulotlarini yaratish, voqelikni idrok etish rekombinatsiyasi asosida takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 5-iyundagi 02-07-2123/04-raqamli dalolatnomasi). Natijada talabalarning kreativligini rivojlantirishning modelini takomillashtirish samaradorligi oshgan.