Amirov Zafar Aktamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri«Huquqbuzarliklar profilaktikasida huquqiy tarbiyani takomillashtirish», 12.00.14. – Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B202.2.DSc/Yu130.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Tursunov Axtam Salomovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Rustam, yuridik fanlar doktori, professor; Abduqodirov Sherzod Yoqubjonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; O‘razaliev Murod Qoraevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi huquqbuzarliklar profilaktikasida huquqiy tarbiyaning institusional tizimini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
huquqbuzarliklar profilaktikasining natijadorligini oshirishda davlat boshqaruv organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining kasbiy faoliyatiga muvofiq holda huquqiy savodxonligi darajasini tizimli rapvishda oshirib borish asosida uning darajasini baholash zarurati asoslangan va huquqiy mezonlari taklif qilingan;
huquqbuzarliklar profilaktikasi natijadorligining muhim omili sifatida shaxsga g‘ayriijtimoiy xulq-atvorning ijtimoiy-huquqiy oqibatlarini tushuntirgan holda javobgarlik haqida ogohlantirish hamda tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar tizimi sifatida «Elektron yuridik kutubxona» platformasini joriy qilishning tashkiliy-huquqiy zarurati asoslangan;
«huquqiy ong», «huquqiy madaniyat», «huquqiy tarbiya» tushunchalarini qonun hujjatlariga kiritishning zarurati asoslanib, uslubiy-huquqiy yondashuvga ko‘ra «huquqiy ong» va «huquqiy madaniyat» tushunchalari unda aqli raso shaxsning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati nazarda tutilishi, shuningdek huquqiy tarbiyada shaxsga nafaqat qonun va huquq tartibotga hurmat bilan qarash, balki inson huquqlari va erkinliklari hamda milliy qadriyatlarga ham hurmat bilan qarash va ularga rioya etish g‘oyalari bilan singdirilishi va tarbiya jarayoni uzlyuksiz olib borilishining muhimligi asosida takomillashtirilgan;
uslubiy-huquqiy yondashuvga ko‘ra «huquqbuzarliklar umumiy profilaktikasi» va «huquqbuzarliklar profilaktikasi» tushunchalari aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ularda jamiyatda o‘rnatilgan tartib-qoida va qonunlarga hurmat hamda huquqbuzarlik uchun javobgarlikning muqarrarligi hissini uyg‘otishni nazarda tutish, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi turlarini ushbu ta’rifdan chiqarish takliflari asosida takomillashtirilgan;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini tizimli ravishda yuksaltirib borish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosa-batini shakllantirish kabi tadbirlarni ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida belgilashning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Huquqbuzarliklar profilaktikasida huquqiy tarbiyani takomillashtirish masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
huquqbuzarliklar profilaktikasining natijadorligini oshirishda davlat boshqaruv organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining kasbiy faoliyatiga muvofiq holda huquqiy savodxonligi darajasini tizimli rapvishda oshirib borish asosida savodxonlik darajasini baholash bo‘zyicha takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-martdagi 134-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi darajasini oshirish va baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom»ning 10-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 25-apreldagi 12/21-25-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif joriy qilinishi huquqiy savodxonlik darajasining yuksalishiga ko‘ra davlat tashkilotlari xodimlari tomonidan noqonuniy qaror qabul qilinishi kamayishiga xizmat qilgan;
huquqbuzarliklar profilaktikasi natijadorligining muhim omili sifatida shaxsga g‘ayriijtimoiy xulq-atvorining ijtimoiy-huquqiy oqibatlarini tushuntirgan holda javobgarligiga ko‘ra ogohlantirish hamda tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar tizimini «Elektron yuridik kutubxona» platformasini tashkil qilishning tashkiliy-huquqiy zarurati bo‘yicha takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 259-son qarori 2-bandi «g» xatboshisini hamda O‘zbekiston Respublikasining «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni (2019) 22-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2023-yil 20-iyuldagi 12-15-44-son ma’lumotnomasi; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institut-lar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2023-yil 22-iyundagi 04/10-1037-son ma’lumot-nomasi). Mazkur takliflarning joriy qilinishi, jumladan: a) yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarning o‘z sohasi bo‘yicha zarur bo‘lgan huquqiy manbalarga ko‘ra o‘z kasbiy faoliyatlariga oid huquqiy bilimlarga ega bo‘lishiga keng shart-sharoit yaratish; b) muayyan shaxsni jamiyatda umumqabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalariga rioya etishga ishontirish, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorning ijtimoiy-huquqiy oqibat-larini tushuntirish hamda qonunda belgilangan javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirishga ko‘ra huquqbuzarliklar profilaktikasi natija-dorligini oshirishga xizmat qilgan;
«huquqiy ong» va «huquqiy madaniyat» tushunchalarida aqli raso shaxsning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati nazarda tutilishi, shuningdek huquqiy tarbiyada inson huquqlari va erkinliklari hamda milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash va ularga rioya etish g‘oyalari singdirilishi hamda tarbiya jarayoni uzlyuksiz olib borilishining yo‘lga qo‘yilishi maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi Qonuni loyihasining (2023) 3-moddasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 24-oktyabrdagi 18/1487-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi huquqiy tarbiya ob'ektlarini to‘g‘ri tanlash va ushbu sohasidagi vazifalarning samarali kechishiga, shaxsda inson huquq va erkinliklari hamda milliy qadriyatlarga hurmat bilan qarash tuyg‘ularining shakllanishiga, shuningdek, aholining huquqbuzarlik sodir etishdan tiyilishiga va huquqbuzarliklarning kamayishiga xizmat qiladi;
«huquqbuzarliklar umumiy profilaktikasi» va «huquqbuzarliklar profilaktikasi» tushunchalari aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ularda jamiyatda o‘rnatilgan tartib-qoida va qonunlarga hurmat hamda huquqbuzarlik uchun javobgarlikning muqarrarligi hissini uyg‘otishni nazarda tutish, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi turlarini ushbu ta’rifdan chiqarish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi Qonuni loyihasining (2023) 3 va 38-moddalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 24-oktyabrdagi 18/1487-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi jamiyatda ijtimoiy, huquqiy va siyosiy faol hamda qonunga itoatkorning shaxsning shakllanishiga xizmat qiladi;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini tizimli ravishda yuksaltirib borish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosa-batini rivojlantirish tadbirlarini ekstremizmga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilashning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Respublikasining «Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni (2018) 5-moddasi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2023-yil 23-iyundagi 04/5-10-30-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi vazifalarning aniqlashtirilishiga ko‘ra faoliyat samaradorligini muayyan darajada oshirishga xizmat qilgan.