Rajabov Faxriddin Toshpo‘lotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nurotada badiiy ijodkorlik (XIX-XXI asrlar)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil802.
Ilmiy rahbar: Erkinov Aftondil Sadirxonovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Isroil Isomiddinovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Ramazonov Nodir Normurodovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Nurotada adabiy ijodkorlik bilan shug‘ullangan, adiblarning asarlarini jamlash, ular tarjimayi holiga doir ma’lumotlarni to‘plash va janrlar takomilidagi o‘zgarishlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Nurota badiiy ijodkorligining XIX asrda paydo bo‘lganligi hamda XXI asrda taraqqiy etganligi, janr, mavzu va badiiy obrazlarning qorishiq, mutatsion, janrlar almashinuvi singari senkretik xususiyatlari hamda an’ana va novatorlik kabi ohangdorlik, echimni keskinligi, soddalik kabi poetik jihatlari ochib berilgan;
Nurotalik ijodkorlar tarjimayi holi haqidagi ma’lumotlar hamda asarlarining nashr va qo‘lyozma nusxalaridagi ezgulik, vafodorlik, vatanparvarlik kabi g‘oyaviy-badiiy, lirik turdagi vazn, qofiya, badiiy san’atlarni qo‘llashdagi individuallik asoslangan;
Nurota tumanining shimoliy dahasi Qizilqum bo‘ylab Qiziltepa, Konimex tumanlarigacha bo‘lgan hududlarda etishib chiqqan baxshilarni birlashtirgan dostonchilar guruhi Qurbon baxshi, Ashur baxshi, Isirgap baxshi, Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘illarining “Sormonxon”, “Ahmadxon”, “Cho‘pon qiz”, “Maston kampir” kabi dostonlarida mardlik, do‘stlik, jasorat motivlarining sujetni harakatlantiruvchi kuch ekanligi hamda ijro usullarida shevaga xos so‘zlarning makonga qarab o‘zgarib borishi isbotlangan;
Nurotalik shoir va yozuvchilarning makon va zamon nuqtayi nazaridan tabiat tasviri, obrazlar rang-barangligi, lirik qahramon ruhiy holatini dinamik o‘sib borishi kabi farqli jihatlari hamda ularning tarixiy va zamonaviy mavzudagi asarlarida soddalik, ixchamlilik, xalqonalik va tarixiy shaxslar orqali donolik obrazini olib kirishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nurotada badiiy ijodkorlik (XIX-XXI asrlar) mavzusini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek adabiyoti tarixini yaratish uchun muayyan hududdagi ijodkorlik masalasini o‘rganish, tadqiqot ishi doirasida, aynan, Nurota hududidagi shoir-u yozuvchilarni o‘rganish, asarlarini ko‘rsatish, matnlarini to‘plashga doir nazariy xulosalaridan FA-F1-GOO2 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 17-apreldagi 17.01/90-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot natijalarini amaliy qo‘llash fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda monografiyalarning hamda badiiy matn va nutq haqidagi olib borilgan tadqiqotlar ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
Nurota hududida adabiy ijodkorlik bilan shug‘ullangan barcha adiblar asarlari jamlanganligi, ular tarjimayi holiga doir ma’lumotlar to‘planganligi hamda qo‘lyozmalardan foydalanganligi, ijodkorlar yaratgan badiiy asarlar nashrlari, gazeta va jurnallardagi badiiy ijod namunalari hamda qo‘lyozmalardan foydalanganligi, har bir janrga mos ijod namunalaridan foydalanganligiga doir nazariy xulosalardan FA-F-1-OO5 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 17-apreldagi 17.01/86-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot natijalarini amaliy qo‘llash fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda monografiyalar poetik matn, nasr va nazm yo‘nalishidagi asarlar badiiyati haqidagi olib borilgan tadqiqotlar ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
hududiy ijodkorlik masalasi, nurotalik shoir va yozuvchilar ijodi va adabiy merosini yig‘ish va o‘rganish, yoshlar ma’naviy kamolotini yuksaltirishda nurotalik adiblar asarlarining ma’naviy-ma’rifiy qimmati va ahamiyati, shuningdek, o‘tmish ajdodlarimiz va zamondosh adiblarimizning ma’naviyatiga muhabbat tuyg‘usini oshirishga doir nazariy fikr-mulohazalar va tahlillardan Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining “Assalom, yangi kun”, “Adabiyot va hayot”, “Jarayon”, “Nazm va navo”, “O‘zbek adabiyoti” kabi ko‘rsatuv va radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 18-maydagi 01-02/80-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarning Nurota adabiy ijodkorligi hamda shoir va yozuvchilar asarlari mavzusi va mazmuni borasidagi bilimlari takomillashuviga ular tarjimayi holiga doir qimmmatli ma’lumot va manbalarga boy bo‘lishiga xizmat qilgan.