Saloydinova Nargiza Shuhratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Arxitektura-qurilish terminlarining leksik-semantik xususiyatlari (ingliz va oʼzbek tillari misolida)” 10.00.06. Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʼyicha tayyorlangan mavzusidagi filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori  (ingliz tili) (filolgiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2981.
Ilmiy rahbar: Ahmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Siddikova Iroda Abduzuxurovna, filologiya fanlari doktori, professor; Egamnazarova Durdona Shuxratullaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida arxitektura va qurilish sohasiga oid terminlarning leksik-semantik, struktur-semantik xususiyatlari va ularni tarjimada berish usullarini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz va o‘zbek tillaridagi arxitektura va qurilish terminologik birliklarininig tushunchaviy maydoni xalqlarning ijtimoiy-tarixiy, ijtimoiy-siyosiy mezonlarda rivojlanishi asosida ularning  lingvomadaniy omillar ta’sirida  insoniyat sivilizatsiyasining real ehtiyoji bilan parallel tarzda yuzaga kelganligi leksik birliklarni tarixiy-davriy bosqichlarga ajratish orqali dalillangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi arxitektura va qurilishga oid leksik birliklarning matnlar tarjimasida  konnotativ va denotativ xususiyatlarini aniqlash, leksik guruhlarga hamda asliyat tilidagi xos va xos bulmagan leksik birliklarga ajratish hamda termin ma’nosini matnda ochib berish orqali terminlarning “to‘liq leksik-semantik muvofiqlik”, “qisman leksik muvofiqlik”, “umuman leksik nomuvofiqlik”, “nomutanosib leksik muvofiqlik” jihatlari asoslangan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi arxitektura va qurilish terminologiyasida qo‘llaniladigan terminlarining tarjima imkoniyatiga ko‘ra transkripsiya, transliteratsiya, so‘zma-so‘z (kalka) tarjima qilish, ma’nosi yaqinlashtirilgan so‘z bilan o‘zgartirish hamda matnga oid muqobil bilan almashtirishda tarjima aspektiga xos bo‘lgan kognitiv va lingvomadaniy yondashuv zarurati isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida arxitektura va qurilish terminlarining turli leksik-semantik guruhlar (shaxs, predmet va obekt, shakl, harakat, yo‘nalish va o‘rin-joy)ga ajratish orqali sodda, qo‘shma, juft, qisqartma, ikki yoxud uch uzvli formal-struktur belgilarini ajratish orqali ularning sof terminlar, termin-leksemalar va so‘z birikma shaklidagi leksik birliklar tarzida ifodalanishi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida arxitektura va qurilish sohasi terminologik birliklarini  leksik-semantik tahlil va tadqiq etish natijasida olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi arxitektura va qurilish terminologik birliklarininig tushunchaviy maydoni xalqlarning ijtimoiy-tarixiy, ijtimoiy-siyosiy mezonlarda rivojlanishi asosida ularning  lingvomadaniy omillar ta’sirida  insoniyat sivilizatsiyasining real ehtiyoji bilan parallel tarzda yuzaga kelganligi leksik birliklarni tarixiy-davriy bosqichlarga ajratishga oid  ilmiy xulosalardan Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan bajarilgan PZ-2020112930-raqamli “Yirik daryolardan to‘g‘onsiz suv olish gidrotexnika inshootlaridan foydalanishda gidravlik moslash texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 14-martdagi 01/245-son ma’lumotnomasi). Natijada gidrotexnika sohasi va gidrotexnik inshootlariga oid terminlarni tarixiy-qiyosiy mezon asosida diaxron va sinxron  aspektlarda tahlil qilish, suv omborlari qurilishiga oid yangi zamonaviy o‘zlashma terminlarning shakllanishi, ularning struktur-semantik va funksional-semantik xususiyatlariga oid tadqiqot natijalari loyiha mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi arxitektura va qurilishga oid leksik birliklarning matnlar tarjimasida  konnotativ va denotativ xususiyatlarini aniqlash, leksik guruhlarga hamda asliyat tilidagi xos va xos bulmagan leksik birliklarga ajratish hamda termin ma’nosini matnda ochib berish orqali terminlarning “to‘liq leksik-semantik muvofiqlik”, “qisman leksik muvofiqlik”, “umuman leksik nomuvofiqlik”, “nomutanosib leksik muvofiqlik” jihatlariga doir ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasida 2021-2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligining 2023-yil 20-apreldagi 10/684-son ma’lumotnomasi). Natijada   gidroenergetik inshootlarning qurilishiga oid qo‘llanmalarni tarjima qilish, gidrotexnika inshootlariga oid qo‘shimcha moslamalarga oid o‘zlashma terminlarning  muqobilini berish, qurilish sohasiga oid signifikativ terminlarning shakllanish jarayoni va ularni  joriy qilishga  doir ilmiy-nazariy qarashlar loyiha mazmun-mohiyatini boyitgan;
chog‘ishtirilayotgan tillardagi arxitektura va qurilish terminologiyasida qo‘llaniladigan terminlarining tarjima imkoniyatiga ko‘ra transkripsiya, transliteratsiya, so‘zma-so‘z (kalka) tarjima qilish, ma’nosi yaqinlashtirilgan so‘z bilan o‘zgartirish hamda matnga oid muqobil bilan almashtirishda tarjima aspektiga xos bo‘lgan kognitiv va lingvomadaniy yondashuv zaruratiga oid ilmiy xulosalardan Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan bajarilgan PZ-2020112930-raqamli “Yirik daryolardan to‘g‘onsiz suv olish gidrotexnika inshootlaridan foydalanishda gidravlik moslash texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 14-martdagi 01/245-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot ishi natijalari turli xil turdagi lug‘atlarda berilgan arxitektura va qurilish terminlarining leksikografik tavsifini takomillashtirishda xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida arxitektura va qurilish terminlarining turli leksik-semantik guruhlar (shaxs, predmet va obekt, shakl, harakat, yo‘nalish va o‘rin-joy)ga ajratish orqali sodda, qo‘shma, juft, qisqartma, ikki yoxud uch uzvli formal-struktur belgilarini ajratish orqali ularning sof terminlar, termin-leksemalar va so‘z birikma shaklidagi leksik birliklar tarzida ifodalanishiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan 2022-yil noyabr va dekabr sonlarida efirga uzatilgan “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli radioeshttirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 19-yanvardagi 03-09-36-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvda Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy”, Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarlarida keltirilgan arxitektura va qurilish sohasiga oid terminlarning zamonaviy qurilish sohasiga qay darajada bog‘liqligi ilmiy jihatdan sharhlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish