Gabrielyan Sofya Ivanovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Evropa davlatlarining Erondagi tashqi-siyosiy raqobati tarixi: geoiqtisodiy jihatlar (XIX asr oxiri – XX asr boshlari)”, 07.00.03 – Jahon tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.4.DSc/Tar161.
Ilmiy maslahatchi: Kobzeva Olga Petrovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.
Rasmiy opponentlar: Nuriddinov Erkin Zuxriddinovich, tarix fanlari doktori, professor; Raximov Mirzoxid Akramovich, tarix fanlari doktori, professor; Tursunova Ra’no Yusupovna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Evropa davlatlarining Erondagi tashqi siyosiy raqobatining geoiqtisodiy jihatlari tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asrning boshlarida Germaniyaning O‘rta Sharqda mustamlakalarni qo‘lga kiritishga intilishi “Katta o‘yin”ning asosiy siyosiy ishtirokchilari Buyuk Britaniya va Rossiyani yaqinlashishiga imkon yaratgani, bu esa, o‘z navbatida, 1907 yilgi konvensiyani imzolash bo‘yicha muzokakaralarining boshlanishiga olib kelganligi hamda ingliz-rus shartnomasini ishlab chiqishda Turkiston general-gubernatorligi ma’muriyati konvensiya loyihasining Afg‘onistonga tegishli qismi bo‘yicha muhim tavsiyalar berganligi dalillangan;
Buyuk Britaniya va Rossiyaning siyosiy doiralari o‘z maqsadlariga erishish uchun Eron hukumatini siyosiy tuzoqqa ilintirib, qirol saroyini naqd subsidiyalar, ssudalar bilan ta’minlab, yirik amaldorlarga pora berib, Qojarlarga bosim o‘tkazgani, “oltin (molliyaviy) igna” siyosatining qo‘llanishi esa Eronning janubiy, shimoliy va betaraf zonalarida Rossiya va Angliya monopoliyasining o‘rnatilishiga olib kelganligi isbotlangan;
xorijiy banklar Eronning moliyaviy qiyinchiliklaridan foydalanib, Fors ko‘rfazining bojxona daromadlarini yuqori foizli katta kreditlar evaziga o‘tkazishni talab qilishi oqibatida Eronning iqtisodiy asoratga solinishiga olib kelgan mexanizmlar ochib berilgan;
Evropa davlatlari tomonidan taqdim qilingan Transeron va Bag‘dod temir yo‘llarini qurish loyihalari, birinchi navbatda, Eron va Usmoniylar imperiyasida o‘zining geosiyosiy ta’sirini o‘rnatish maqsadini ko‘zlagani, bu esa O‘rta Sharqda keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘lib, oxir-oqibat Eronda temir yo‘l qurilishi xorijiy davlatlarning sezilarli aralashuvi tufayli uzoq yillar davomida qonun bilan taqiqlanganligi aniqlangan;
Buyuk Britaniya, Rossiyaning Erondagi iqtisodiy va siyosiy hukmronligi, imtiyozlar va monopoliyalar uchun kurashda xorijiy banklar va yirik kompaniyalar o‘rtasidagi iqtisodiy raqobatning keskin kuchayishi Eronning qaram davlatga aylantirib, mamlakatni siyosiy va geoiqtisodiy ta’sir zonalariga bo‘lish uchun diplomatik kurashni barham topishiga olib kelganligi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Evropa davlatlarining Erondagi tashqi-siyosiy raqobati tarixi: geoiqtisodiy jihatlar (XIX asr oxiri – XX asr boshlari) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
XX asrning boshlarida Germaniyaning O‘rta Sharqda mustamlakalarni qo‘lga kiritishga intilishi “Katta o‘yin”ning asosiy siyosiy ishtirokchilari Buyuk Britaniya va Rossiyani yaqinlashishiga imkon yaratgani, bu esa, o‘z navbatida, 1907-yilgi konvensiyani imzolash bo‘yicha muzokaralarning boshlanishiga olib kelganligi hamda ingliz-rus shartnomasini ishlab chiqishda Turkiston general-gubernatorligi ma’muriyati konvensiya loyihasining Afg‘onistonga tegishli qismi bo‘yicha ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari muzeyi ekspozisiyalarini, xususan, “XIX asrda Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va Eronda temir yo‘l qurilishi tarixi”, “Xorijiy imtiyozlar va Sharqdagi monopoliyalar”, “Turkiston general-gubernatorligi ma’muriyatining Eron, Afg‘oniston va Tibetda ta’sir doiralarini chegaralash to‘g‘risidagi 1907-yildagi konvensiyaning imzolanishi doirasidagi faoliyati” boyitishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2022-yil 9-noyabrdagi 10/2113-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyga tashrif buyuruvchilarning Evropa davlatlarining mustamlakachilik siyosati va XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Evropa mamlakatlari o‘rtasidagi Erondagi raqobatining asosiy geoiqtisodiy jihatlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini bergan;
Buyuk Britaniya va Rossiyaning siyosiy doiralari o‘z maqsadlariga erishish uchun Eron hukumatini siyosiy tuzoqqa ilintirib, qirol saroyini naqd subsidiyalar, ssudalar bilan ta’minlab, yirik amaldorlarga pora berib, Qojarlarga bosim o‘tkazgani, “oltin (moliyaviy) igna” siyosatining qo‘llanishi esa Eronning janubiy, shimoliy va betaraf zonalarida Rossiya va Angliya monopoliyasining o‘rnatilishiga olib kelganligiga oid materiallar “Oltin meros” xalqaro xayriya jamoat fondining qator dasturlarini amalga oshirishda foydalanilgan (“Oltin meros” xalqaro xayriya jamoat fondining 2023-yil 16-yanvardagi 01-5-16/01-23-son ma’lumotnomasi). Natijalar Rossiya va Angliyani mustamlakachilik siyosati hamda o‘zaro raqobatini ochib berishga xizmat qilgan;
xorijiy banklar Eronning moliyaviy qiyinchiliklaridan foydalanib, Fors ko‘rfazining bojxona daromadlarini yuqori foizli katta kreditlar evaziga o‘tkazishni talab qilishi oqibatida Eronning iqtisodiy asoratga solinishiga olib kelganligiga oid ma’lumotlar va ilmiy xulosalar O‘zbekiston xotin-qizlar olimlari uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasining 1-A 158/230.2023.1.04-son ma’lumotnomasi). Natijada mustamlakachi davlatlarning siyosati natijasida bir qator davlatlar, jumladan Eronga salbiy ta’siri ochib berilgan;
Evropa davlatlari tomonidan taqdim qilingan Transeron va Bag‘dod temir yo‘llarini qurish loyihalari, birinchi navbatda, Eron va Usmoniylar imperiyasida o‘zining geosiyosiy ta’sirini o‘rnatish maqsadini ko‘zlagani, bu esa O‘rta Sharqda keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘lib, oxir-oqibat Eronda temir yo‘l qurilishi xorijiy davlatlarning sezilarli aralashuvi tufayli uzoq yillar davomida qonun bilan taqiqlanganligiga hamda Buyuk Britaniya, Rossiyaning Erondagi iqtisodiy va siyosiy hukmronligi, imtiyozlar va monopoliyalar uchun kurashda xorijiy banklar va yirik kompaniyalar o‘rtasidagi iqtisodiy raqobatning keskin kuchayishi Eronning qaram davlatga aylantirib, mamlakatni siyosiy va geoiqtisodiy ta’sir zonalariga bo‘lish uchun diplomatik kurashni barham topishiga olib kelganligi bo‘yicha ilmiy natijalar ommaviy axborot vositalari, jumladan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Haqiqat chorrahasida” ko‘rsatuvi uchun bir nechta senariylar tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi davlat unitar korxonasi, “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023-yil 10-fevral 02-30-218-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘rta Sharq va Markaziy Osiyodagi Evropa qarama-qarshiliklari tarixi haqidagi tushunchani kengaytirishga va XIX-XX-asrlarning oxirlarida “Katta o‘yin”ning turli geoiqtisodiy va geosiyosiy jihatlarini yoritishda yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda xizmat qilgan.