Jamolova Dilnoza Muyidinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Turkiston va Sharq mamlakatlari taraqqiyparvarlarining o‘zaro aloqalari (XIX asr oxiri – XX asrning birinchi choragi), 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Tar253.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.
Ilmiy rahbar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Dilorom Bobojonovna Bobojonova, tarix fanlari doktori, professor; Baxtiyor Vahapovich Hasanov, tarix fanlari doktori, professor; Abdulla Nuritdinovich Rasulov, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri – XX asrning birinchi choragida Turkiston va Sharq mamlakatlari taraqqiyparvarlarining o‘zaro aloqalari tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
Turkistonda Rossiya imperiyasi mustamlakachilik zulmining kuchayishi, davlat boshqaruvi tartiblarining eskirganligi, maorif sohasining islohotga muhtojligi mintaqada jadidchilik harakatining vujudga kelishiga hamda ularning Sharq mamlakatlari taraqqiyparvarlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishiga sabab bo‘lgani aniqlangan;
“Tarbiyai atfol”, “Jamiyati imdodiya” kabi xayriya jamiyatlari yordamida Istanbul, Ufa, Qozonda tahsil olib qaytgan yoshlar ongiga Usmonli turk sultonligi hamda Rossiyaning musulmon o‘lkalaridagi zamonaviylik, islohotchilikning Turkistondagi jadidchilik harakatiga ta’siri va taraqqiyparvarlarning jamiyatini qoloqlikdan chiqarish yo‘lidagi harakatlari (yangi usul maktablari ochish, milliy matbuot va teatrga asos solish) ochib berilgan;
Abdurauf Fitrat, Hamidxo‘ja Mehriy, Usmon Xo‘ja va Otaulla Xo‘jalar boshchiligida Istanbulda tashkil qilingan “Buxoro ta’mimi maorif jamiyati” homiyligida Buxoro va Turkistondan borgan yoshlar uchun maktab tashkil qilingani va ushbu maktabni tugatgan yoshlarning Istanbul, Bursa, Kastumana shaharlarida oliy ta’lim olishlari ta’minlangani ochib berilgan;
Turkiston jadidlari tomonidan “Muallimlar jamiyati”, “Turon”, “Ittihodi taraqqiy”, “Taraqqiyparvar” kabi ijtimoiy va siyosiy jamiyatlar faoliyati Eron, Afg‘oniston, Misr hamda Hindiston taraqqiyparvarlarining davlat boshqaruvini isloh qilish, mustamlakachilikka qarshi kurash uchun jipslashish, til va din birligini saqlab qolishga oid qarashlari asosida yo‘lga qo‘yilganligi aniqlangan;
qrim-tatar ma’rifatparvari Ismoilbek G‘asparali hamda Turkiston jadidlari yetakchisi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavsiyanomalari asosida Istanbuldagi “Hiloli ahmar” jamiyati Turkiston yoshlarining Misr, Hijoz va boshqa davlatlarda ta’lim olishlariga ko‘mak bergani ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkiston va Sharq mamlakatlari taraqqiyparvarlarining o‘zaro aloqalari (XIX asr oxiri – XX asrning birinchi choragi) tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Turkistonda Rossiya imperiyasi mustamlakachilik zulmining kuchayishi, davlat boshqaruvi tartiblarining eskirganligi, maorif sohasining islohotga muhtojligi mintaqada jadidchilik harakatining vujudga kelishiga hamda ularning Sharq mamlakatlari taraqqiyparvarlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishiga sabab bo‘lgani haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanali ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 3-oktyabrdagi 06-28-1802-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar ko‘rsatuvlar mazmunini mukammallashtirishga, ilmiy dalillar bilan boyitishga xizmat qilgan;
“Tarbiyai atfol”, “Jamiyati imdodiya” kabi xayriya jamiyatlari yordamida Istanbul, Ufa, Qozonda tahsil olib qaytgan yoshlar ongiga Usmonli turk sultonligi va Rossiyaning musulmon o‘lkalaridagi zamonaviylik, islohotchilikning ta’siri va uning natijasida Turkiston jamiyatini qoloqlikdan chiqarish yo‘lidagi harakatlari (yangi usul maktablari ochish, milliy matbuot va teatrga asos solish) hamda Abdurauf Fitrat, Hamidxo‘ja Mehriy, Usmon Xo‘ja va Otaulla Xo‘jalar boshchiligida Istanbulda tashkil qilingan “Buxoro ta’mimi maorif jamiyati” homiyligida Buxoro va Turkistondan borgan yoshlar uchun maktab tashkil qilingani va ushbu maktabni tugatgan yoshlarning Istanbul, Bursa, Kastumana shaharlarida oliy ta’lim olishlari ta’minlangani haqidagi ma’lumotlardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 6-iyuldagi 02-15/649-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasi asosida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot samaradorligini oshirish, yoshlarni Vatanga muhabbat, ma’naviy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalash ishlarini ilmiy-metodik va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlashga xizmat qilgan;
Eron, Afg‘oniston, Misr va Hindiston taraqqiyparvarlarining davlat boshqaruvini isloh qilish, mustamlakachilikka qarshi kurash uchun jipslashish, til va din birligini saqlab qolishga oid qarashlari asosida Turkiston jadidlari tomonidan “Muallimlar jamiyati”, “Turon”, “Ittihodi taraqqiy”, “Taraqqiyparvar” kabi ijtimoiy va siyosiy jamiyatlar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi; qrim-tatar ma’rifatparvari Ismoilbek G‘asparali hamda Turkiston jadidlari yetakchisi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavsiyanomalari asosida Istanbuldagi “Hiloli ahmar” jamiyati Turkiston yoshlarining Misr, Hijoz va boshqa davlatlarda ta’lim olishlariga ko‘mak bergani haqidagi ilmiy xulosalardan Tarix institutining 03-05-sonli “Jadid.uz” elektron platformasini yaratish mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 8-maydagi 3/1255-973-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi Turkiston va Sharq mamlakatlari taraqqiyparvarlari o‘rtasidagi aloqalarni birlamchi manbalar asosida chuqurroq yoritib berishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish