Nazarova Gulsanamxon Abduraxmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lg‘usi iqtisodchilarda analitik tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi”. 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2693.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Turg‘unoy Ahmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07.
Rasmiy opponentlar: Artiqova Muxayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Asraqulov Abduraxmon Sultonovich, iqtisodiyot fanlari boyicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiy ta’lim jarayonida bo‘lg‘usi iqtisodchilarda analitik tafakkurni rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak iqtisodchilarda analitik tafakkurning motivatsion-qadriyatga yo‘naltirilgan, refleksiv-baholovchi, kognitiv komponentlarini shakllantirish, germenevtik, muammoli ta’lim metodlarini analitik tafakkur negizida samarali qo‘llash orqali iqtisodiy ziyraklik va mas’uliyatni rovojlantirishning nazariy asoslari takomillashtirilgan;
analitik-mantiqiy, nostandart fikrlashning tasavvur, anologiya va intuisiya kabi shakllari integratsiyasi asosida bo‘lajak iqtisodchilarda analitik tafakkurni rivojlantirishning neyropedagogik tuzilmasi bilimlar generatsiyasining kognitiv kompetentlik bilan garmonik shakllanishini pedagogik ketma-ketlikning ierarxik bog‘lanishini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak iqtisodchilarda analitik tafakkurni rivojlanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan izohlash, tasvirlash, umumlashtirish kabi mantiqiy vazifalar, topshiriqlar, kreativ yondashuvlar asosida kasbiy layoqatini tarbiyalash mexanizmlari identiv modifikatsiyalash asosida dalillangan;
bo‘lajak iqtisodchilarda analitik tafakkurni rivojlanganlik darajasini (tafakkur mustaqilligi, o‘zlashtirish mustahkamligi, fikrlashning tezligi, mazmunni idrok etish, tanqidiylik, mantiqiy tafakkur) aniqlash jarayonlari iqtisodiy fanlarni o‘qitishda qo‘llanilayotgan interfaol metodlarning amaliy xususiyatlariga (intuitiv, mantiqiy, gneseologik) ustuvorlik berish asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lg‘usi iqtisodchilarda analitik tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak iqtisodchilarda analitik tafakkurning motivatsion-qadriyatga yo‘naltirilgan, refleksiv-baholovchi, kognitiv komponentlarini shakllantirish, germenevtik, muammoli ta’lim metodlarini analitik tafakkur negizida samarali qo‘llash orqali iqtisodiy ziyraklik va mas’uliyatni rovojlantirishning nazariy asoslari takomillashtirilganligiga doir tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi V yo‘nalishiga oid targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar 25-bandi ta’lim muasasalarida va mahallalarda “Korrupsiyasiz ma’rifatli jamiyat” mavzusida huquq tartibot idoralari bilan hamkorlikda davra suhbatlari, uchrashuvlar hamda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 15-iyuldagi 198-son dalolatnomasi). Natijada iqtisodiy va pedagogik ta’lim jarayonida talabalarning kasbiy layoqatini analitik tafakkur vositasida rivojlantirish metodlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
analitik-mantiqiy, nostandart fikrlashning tasavvur, anologiya va intuisiya kabi shakllari integratsiyasi asosida bo‘lajak iqtisodchilarda analitik tafakkurni rivojlantirishning neyropedagogik tuzilmasi bilimlar generatsiyasining kognitiv kompetentlik bilan garmonik shakllanishini pedagogik ketma-ketlikning ierarxik bog‘lanishini ta’minlash asosida aniqlashtirilganligiga doir tavsiyalardan 2018-2020 yillarda bajarilgan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan olingan PZ-2017093020 raqamli “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va prognozlashtirishning uslubiy asoslarini ishlab chiqiqsh va kompleks dasturini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida  foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 8-noyabrdagi 02-07-3941/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak iqtisodchilarda analitik tafakkurni rivojlantirish orqali iqtisodiy ziyraklik va mas’uliyatni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak iqtisodchilarda analitik tafakkurni rivojlanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan izohlash, tasvirlash, umumlashtirish kabi mantiqiy vazifalar, topshiriqlar, kreativ yondashuvlar asosida kasbiy layoqatini tarbiyalash mexanizmlari identiv modifikatsiyalash asosida dalillanganligiga  doir tavsiyalardan 2018-2020-yillarda bajarilgan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan olingan PZ-2017093020 raqamli “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va prognozlashtirishning uslubiy asoslarini ishlab chiqiqsh va kompleks dasturini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida  foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 8-noyabrdagi 02-07-3941/04-son dalolatnomasi).Natijada,analitik tafakkur vositasida bo‘lajak iqtisodchilarning iqtisodiy va mafkuraviy erudisiyasini rivojlantirish omillari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak iqtisodchilarda analitik tafakkurni rivojlanganlik darajasini (tafakkur mustaqilligi, o‘zlashtirish mustahkamligi, fikrlashning tezligi, mazmunni idrok etish, tanqidiylik, mantiqiy tafakkur) aniqlash jarayonlari iqtisodiy fanlarni o‘qitishda qo‘llanilayotgan interfaol metodlarning amaliy xususiyatlariga (intuitiv, mantiqiy, gneseologik) ustuvorlik berish asosida ochib berilganligiga doir xulosalardan 2018-2020-yillarda bajarilgan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan olingan PZ-2017093020 raqamli “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va prognozlashtirishning uslubiy asoslarini ishlab chiqiqsh va kompleks dasturini yaratish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 8-noyabrdagi 02-07-3941/04-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi iqtisodiy va pedagogik ta’lim jarayonida talabalarning kasbiy layoqatini analitik tafakkur vositasida rivojlantirish metodlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.
 
 

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish