Xo‘jaev Alijon Atabekovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogik ta’limni prognozlashtirishning tashkiliy-texnologik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ped559.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi, DSc.03/29.10.2021.Ped.140.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuzlikaev Farit Rafaelovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Mirsolieva Muhabbat To‘xtasinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik ta’limni prognozlashtirishning tashkiliy-texnologik asoslarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik ta’limni prognozlashtirish jarayonlarining retrospektiv jihati tadqiqot dalillari, tushuncha va atamalarning bir xilligi hamda aniqligi, yaxlitlik va tizimlilik, uzlyuksizlik, variativlilik, eksperimental tekshiruv, amaliy yo‘nalganlik kabi tamoyillarga muvofiq pedagogik futurologiyaning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash orqali aniqlashtirilgan;
pedagogik ta’limni prognozlashtirish jarayonini modellashtirish strategik, taktik, vaziyatli prognoz turlariga muvofiq keladigan o‘quv va kasbiy prognostik funksiyalarning umumiy tizimiga kiritilgan 36 ko‘rinishdagi spesifikatsiyalarini prinsipial jihatdan ajratish imkonini beradigan turlicha ehtimollikka ega prognostik vazifalarni birlashtirish variantlarini loyihalash asosida takomillashtirilgan;
pedagogik ta’limni prognozlashtirishda risklarni boshqarishning vaziyatli-bosqichli mexanizmi strategik, valeologik, dispozisiyaviy, innovatsion-kasbiy, iqtisodiy xavf bilan bog‘liq vaziyatlarda risklarni chetlab o‘tish, qaror qabul qilishni keyinga qoldirish, murosa qilish, qat’iy qaror qabul qilish, yuzaga kelish mumkin bo‘lgan xatarlarni tahlil qilish bosqichlarining identivligini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda pedagogik risk ta’sirini baholashning monitoring tizimi talabalarda amaliy vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun zarur nazariy bilimlarning etarlicha shakllanmaganligi hamda kasbiy muhitda moslashish uchun shaxsning individual sifatlari rivojlanmaganligi kabi xatarlarning oldini olishda professor-o‘qituvchining metodik va innovatsion kompetentligi determinant ekanligini empirik nuqtai-nazardan asoslash orqali takomillashtirilgan;
kredit-modul tizimi sharoitida pedagogik ta’lim jarayonlarini loyihalashtirish va boshqarish mexanizmi ta’lim tizimlarining faoliyat ko‘rsatish jarayoni, me’yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish strategiyasi va taktikasini qat’iy belgilash, sifat mezoni ko‘rsatkichlarining validligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik ta’limni prognozlashtirishning tashkiliy-texnologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pedagogik ta’limni prognozlashtirish jarayonlarining retrospektiv jihatini tadqiqot dalillari, tushuncha va atamalarning bir xilligi hamda aniqligi, yaxlitlik va tizimlilik, uzlyuksizlik, variativlilik, eksperimental tekshiruv, amaliy yo‘nalganlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida pedagogik futurologiyaning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Ta’lim texnologiyalari” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 9-fevraldagi 133-sonli buyrug‘i, 133-264-raqamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak tadqiqotchi-pedagoglarning prognostik kompetentligini shakllantirishga xizmat qilgan;
pedagogik ta’limni prognozlashtirish jarayonini modellashtirishni strategik, taktik, vaziyatli prognoz turlariga muvofiq keladigan o‘quv va kasbiy prognostik funksiyalarning umumiy tizimiga kiritilgan 36 turdagi spesifikatsiyalarini prinsipial jihatdan ajratish imkonini beradigan turlicha ehtimollikka ega prognostik vazifalarni birlashtirish variantlarini loyihalash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Kasbiy pedagogika” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 27-dekabrdagi 1186-sonli buyrug‘i, 1186-068-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarni shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonlarini tashkil etishga doir strategik va taktik texnologiyalarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
pedagogik ta’limni prognozlashtirishda risklarni boshqarishning vaziyatli-bosqichli mexanizmini strategik, valeologik, dispozisiyaviy, innovatsion-kasbiy, iqtisodiy xavf bilan bog‘liq vaziyatlarda risklarni chetlab o‘tish, qaror qabul qilishni keyinga qoldirish, murosa qilish, qat’iy qaror qabul qilish, yuzaga kelish mumkin bo‘lgan xatarlarni tahlil qilish bosqichlarining identivligini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan pedagogika oliy ta’lim muassasalaridan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun “Ta’lim texnologiyalari” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 9-fevraldagi 133-sonli buyrug‘i, 133-264-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning innovatsion faoliyatda yuzaga keladigan risklarni baholash va bartaraf etish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda pedagogik risk ta’sirini baholashning monitoring tizimini talabalarda amaliy vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun zarur nazariy bilimlarning etarlicha shakllanmaganligi hamda kasbiy muhitda moslashish uchun shaxsning individual sifatlari rivojlanmaganligi kabi xatarlarning oldini olishda qaratilgan professor-o‘qituvchining metodik va innovatsion kompetentligi determinant ekanligini empirik nuqtai-nazardan asoslash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan kasbiy ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Kasbiy pedagogika” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 27-dekabrdagi 1186-sonli buyrug‘i, 1186-068-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonida riskologik kompetentligini shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
kredit-modul tizimi sharoitida pedagogik ta’lim jarayonlarini loyihalashtirish va boshqarish mexanizmini ta’lim tizimlarining faoliyat ko‘rsatish jarayoni, me’yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish strategiyasi va taktikasini qat’iy belgilash, sifat mezoni ko‘rsatkichlarining validligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 606-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limni olish tartibi to‘g‘risida Nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil 8-iyundagi 02/01-01-02-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik ta’lim jarayonlarini prognozlashning tashkiliy-jarayonli asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan.