Abdukarimov Sirojiddin Sayfiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Elektron ta’lim muhitida dasturlash tillari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4063.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Sultanova O‘g‘iloy Nabievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Urazmetova Shoira Azatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elektron ta’lim muhitida dasturlash tillari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektron ta’lim muhitida dasturlash tillari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish imkoniyatlari o‘z-o‘zini rivojlantirish va axborotlar bilan ishlash faolligini oshirishga qaratilgan “Olympics.uz” dasturiy ta’minotiga ko‘ra o‘qitish arxitekturasini logistik shakllantirish hamda “Sport dasturlashi” bo‘yicha mashqlar bajarish va topshiriqlarning echimini ratsional aniqlash asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim muhitida dasturlash tillari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish jarayoni ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash tizimliligini ta’minlash va pedagogik funksiyalarni o‘z ichiga olgan integratsiyalashgan virtual-faol ta’lim muhitini yaratish hamda ta’limiy maqsadlarni dasturlash sintaksisiga adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim muhitida dasturlash tillari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish modeli talabalarning individual-shaxsiy sifatlarini hisobga olish, ta’lim jarayoni subektlarining hamkorlik faoliyatini barqaror ta’minlash hamda dasturiy echim to‘g‘riligini avtomatik testlovchi tizimlar yordamida prognostik baholash asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim muhitida dasturlash tillari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish samaradorligi o‘quv jarayoniga moslashgan natijalarni korreksiyalash imkonini beruvchi onlayn va oflayn elektron tizimga uzviy moslashtirish hamda individual ta’lim traektoriyasini mustaqil tanlash va korreksiya qilishga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron ta’lim muhitida dasturlash tillari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektron ta’lim muhitida dasturlash tillari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish imkoniyatlari o‘z-o‘zini rivojlantirish va axborotlar bilan ishlash faolligini oshirishga qaratilgan “Olympics.uz” dasturiy ta’minotiga ko‘ra o‘qitish arxitekturasini logistik shakllantirish hamda “Sport dasturlashi” bo‘yicha mashqlar bajarish va topshiriqlarning echimini ratsional aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2020042147 raqamli “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli innovatsion loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 22 sentyabrdagi 02-07-4198/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada elektron ta’lim muhitida dasturlash tillari fanini o‘qitishning didaktik imkoniyatlarini oshirish tizimi shakllantirilgan;
elektron ta’lim muhitida dasturlash tillari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish jarayoni ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash tizimliligini ta’minlash va pedagogik funksiyalarni o‘z ichiga olgan integratsiyalashgan virtual-faol ta’lim muhitini yaratish hamda ta’limiy maqsadlarni dasturlash sintaksisiga adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2020042147 raqamli “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli innovatsion loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 22 sentyabrdagi 02-07-4198/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada elektron ta’lim muhitida dasturlash tillari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish shart-sharoitlari aniqlangan;
elektron ta’lim muhitida dasturlash tillari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish modeli talabalarning individual-shaxsiy sifatlarini hisobga olish, ta’lim jarayoni subektlarining hamkorlik faoliyatini barqaror ta’minlash hamda dasturiy echim to‘g‘riligini avtomatik testlovchi tizimlar yordamida prognostik baholash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar PZ-2020042147 raqamli “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli innovatsion loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 22 sentyabrdagi 02-07-4198/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada elektron ta’lim muhitida dasturlash tillari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish modelini joriy qilish imkoniyati yaratilgan;
elektron ta’lim muhitida dasturlash tillari fanini o‘qitishning metodik ta’minotini takomillashtirish samaradorligi o‘quv jarayoniga moslashgan natijalarni korreksiyalash imkonini beruvchi onlayn va oflayn elektron tizimga uzviy moslashtirish hamda individual ta’lim traektoriyasini mustaqil tanlash va korreksiya qilishga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2020042147 raqamli “Oliy ta’lim muassasalari uchun matematika va uni o‘qitish metodikasidan 3D tizimli interaktiv axborot ta’lim resurslarini yaratish” nomli innovatsion loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 22 sentyabrdagi 02-07-4198/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada elektron ta’lim muhitida dasturlash tillari fanini o‘qitish monitoring mezonlarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.