Shukurov O‘tkirbek Ilxamjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Siyosiy diskurs: nazariy asoslari va kommunikativ strategiyasi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3985.
Ilmiy rahbar: Shaxobitdinova Shoxida Xashimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzahidova Muyassar Inomjonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Odilova Gulnoza Komiljonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek siyosiy diskurs doirasida kognitiv-diskursiv va pragmatik-kommunikativ yondashuvlar nuqtayi nazaridan ochib berish, ushbu lingvistik hodisalarning funksional qoliplarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
siyosiy diskursning hokimiyat uchun kurash strategiyasi diskreditatsiya, manipulyativ va o‘z-o‘zini himoya qilish strategiyalarini, hokimiyatni saqlash strategiyalari axborot va talqin, resipientning hissiy holatini shakllantirish strategiyalarini, ishontirish strategiyalari argumentativ, agitatsiya strategiyalarini o‘z ichiga olishi dalillangan;
siyosiy nutqda aniqlangan strategiya va taktikalar solidarizatsiya, argumentatsiya hamda manipulyasiya sababli siyosatchilar tomonidan jamoatchilik fikrini shakllantirish va qaror qabul qilish jarayonlariga ta’sir e’tish uchun xizmat qilishi aniqlangan;
savol-javob asosida shakllanadigan dialogning siyosiy diskursda o‘zaro tushunishni va konsensusni targ‘ib qilish, fuqarolik ishtirokini rag‘batlantirish, muammolarni verballashtirish, ishonch va ijtimoiy birdamlikni, demokratiyani kuchaytirishi asoslangan;
siyosiy nutqda manipulyativ xususiyatlarning leksik belgilari emotsional so‘zlar va iboralar, umumlashtiruvchi atamalardan foydalanish, takroriy iboralardan foydalanish, faktlarga tayanmasdan bayonotlardan foydalanish, o‘xshatish-qiyoslash va metaforalardan foydalanish, evfemizmlardan foydalanishni o‘z ichiga olishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Siyosiy diskurs: nazariy asoslari va kommunikativ strategiyasi tadqiqi jarayonida olingan natijalar asosida:
muloqotda manipulyasiyaviy xususiyatlari: murakkab jumlalardan, parallelizmdan, ritorik savollardan, siyosiy diskursda shaxssiz va shaxsi noma’lum konstruksiyalardan foydalanish, nutqda semantik manipulyasiyaning: hissiy-ekspressiv so‘z va iboralardan foydalanish; so‘zlarning ma’nosini o‘zgartirish, soxta ikkiliklarni yaratish, umumlashma va stereotiplardan foydalanish, noaniqlikdan foydalanish, takror va tayyor iboralardan foydalanish; mantiqiy xatolardan foydalanish, statistik ma’lumotlardan foydalanish, tushunchalarni almashtirishdan foydalanish xususiyatlariga doir qarashlarni shakllantirishda xizmat qilishi xususidagi xulosalardan Andijon davlat universitetida 2018-2020 yillarda bajarilgan “PZ-20170926286 O‘zbek sud amaliy lingvistikasi tadqiqi” mavzusidagi davlat amaliy-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining 2023-yil 11-sentyabrdagi 39.01/1895-son ma’lumotnomasi). Natijada tilning manipulyasiyaviy aktida qo‘llaniluvchi ayrim birliklarining o‘ziga xosliklari ochib berilgan;
siyosiy nutqda manipulyativ xususiyatlarning leksik belgilariga doir emotsional so‘zlar va iboralar, umumlashtiruvchi atamalardan foydalanish, takroriy iboralardan foydalanish, faktlarga tayanmasdan bayonotlardan foydalanish, o‘xshatish-qiyoslash va metaforalardan foydalanish, evfemizmlardan foydalanish, siyosiy diskurs lug‘at tarkibini maxsus siyosiy lug‘at va umumiy siyosiy leksika guruhlariga ajratishga doir qarashlardan ixtisoslashgan atamalar tavsifida Andijon davlat universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan № IL-402104213 “O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” mavzusidagi davlat innovatsion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining 2023-yil 11-sentyabrdagi 39.01/1893-son ma’lumotnomasi). Natijada siyosiy diskurs tavsifida qo‘llaniluvchi ayrim birliklarining o‘ziga xosliklari ochib berilgan;
siyosiy diskursning hokimiyat uchun kurash strategiyasi diskreditatsiya, manipulyativ va o‘z-o‘zini himoya qilish strategiyalarini, hokimiyatni saqlash strategiyalari axborot va talqin, resipientning hissiy holatini shakllantirish strategiyalarini, ishontirish strategiyalari argumentativ, agitatsiya strategiyalarini o‘z ichiga olishi, siyosiy nutqda aniqlangan strategiya va taktikalar siyosatchilar tomonidan jamoatchilik fikrini shakllantirish va qaror qabul qilish jarayonlariga ta’sir qilish uchun xizmat qilishi, dialogning siyosiy diskursda o‘zaro tushunishni targ‘ib qilish, konsensusni targ‘ib qilish, fuqarolik ishtirokini rag‘batlantirish, muammolarni verballashtirish, ishonch va ijtimoiy birdamlikni, demokratiyani kuchaytirish vazifalari borasidagi qarashlar shakllanishida Andijon davlat universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan OT-F1-18. “Ommaviy lisoniy madaniyatni shaklantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” nomli davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining 2023-yil 11-sentyabrdagi 39.01/1894-son ma’lumotnomasi). Natijada siyosiy diskursda lisoniy madaniyatni ta’minlashga oid metodologiya nutq aktlariga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan.