Kurbanova Shohidahon Alijon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʼi nomi): “Ingliz tilida “TONGUE” konsepti verbalizatorlarining lingvomadaniy va lingvopragmatik tadqiqi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʼyxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3095.    
Ilmiy rahbar: Abduvaliev Maxamatjon Arabovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat koʼrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Ziyaev Avazxon Ixtiyorovich, filologiya fanlari doktori, professor; Shokirov Sherali Ibroximovich, filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilida “tongue” konsepti lisoniy manzarasini tashkillovchi birliklarning struktural-semantik, funksional xususiyatlariga asoslangan tavsif va tasnifini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz tilida “tongue” konseptining differensial belgi-xususiyatlari, uning maydoniy tabiati, yadro va periferiya qismlari aʼzolari aniqlanib, “tongue” konseptini verballashtiruvchi leksemalarning maydon markazi va periferiyasida semantik, funksional yuklamalariga ko‘ra ochib berilgan;
ingliz tilidagi badiiy matnlar hamda maqol va matallarda uchraydigan “tongue” konseptini ifoda etuvchi leksemalarning sodda, morfologik hamda analitik usulda yasalgan struktural tayanch modellari aniqlangan;
ingliz tilida “tongue” konseptini obektivlashtiruvchi lisoniy birliklarning lingvomadaniy va lingvopragmatik jihatlari, bunga sabab bo‘luvchi intralingvistik va madaniy-ekstralingvistik omillari mavjudligi dalillangan;
ingliz tilida kommunikativ jihatdan relevant hisoblangan “tongue” semali paremiologik birliklar va aforizmlarning uning “somatik aʼzo”, “his-tuyg‘uning ifodasi”, “sanʼat va madaniyatning belgisi” yoki “kuch-qudrat manbai” kabi mazmuniy guruhlari va ularning qo‘llanish statistikasi va stilistik jihatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilida “tongue” konsepti verbalizatorlarining lingvomadaniy va lingvopragmatik tadqiqi bo'yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz tilida “tongue” konseptining differensial belgi-xususiyatlari, uning maydoniy tabiati, yadro va periferiya qismlari aʼzolari aniqlanib, “tongue” konseptini verballashtiruvchi leksemalarning maydon markazi va periferiyasida semantik, funksional yuklamalariga oid nazariy qarashlar, amaliy tavsiyalar va ilmiy xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020-2022-yillarda amalga oshirilgan “FY 2018 English Access Microscolarship Program” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2023-yil 4-maydagi 131-son ma’lumotnomasi). Natijada chet til bilim ko‘nikmalarini baholash samaradorligini oshirishga erishilgan;
ingliz tilidagi badiiy matnlar hamda maqol va matallarda uchraydigan “tongue” konseptini ifoda etuvchi leksemalarning sodda, morfologik hamda analitik usulda yasalgan struktural tayanch modellari xususidagi xulosalardan “ERASMUS+” hamkorlikda EmpKIDL nomli amaliy loyihada chet tili til bilim ko‘nikmalariga ega bo‘lish va baholash bo‘yicha dasturlar tuzishda hamda qo‘llanmalar tayyorlashda keng qo‘llanilgan (Yangi Asr universitetining 2023-yilning 21-iyundagi 02/43-son ma'lumotnomasi). Natijada til o‘rganuvchilarning til bilish kompitensiyalari rivojlanishiga, dasturlar sifati takomillashuviga  erishilgan;
ingliz tilida “tongue” konseptini obektivlashtiruvchi lisoniy birliklarning lingvomadaniy va lingvopragmatik jihatlari, bunga sabab bo‘luvchi intralingvistik va madaniy-ekstralingvistik omillari xususidagi nazariy xulosalardan Yangi asr universiteti “Mamlakatshunoslik“ nomli darslik tayyorlashda “Ingliz tilida “tongue” konsepti varbalizatorlaring lingvomadaniy va lingvopragmatik tadqiqi” nomli dissertatsiyaning “tongue” konseptining paradigmatik va sintagmatik hususiyatlari, ingliz tilida “tongue” konseptiga oid paramiologik birliklarning lingvokultrologik tadqiqiga oid nazariy qarashlari, amaliy tavsiyalari va ilmiy hulosalaridan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020-2022-yillarda amalga oshirilgan “FY 2018 English Access Microscolarship Program” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2023-yil 4-maydagi 131-son ma’lumotnomasi). Natijada til o‘rganuvchilarning mavzu yuzasidan lingvistik, lingvomadaniy va kommunikativ kompotensiyalari oshishiga, bilimlarni baxolash mezonlari takomillashuviga   erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish