Sultanov Tursinboyning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Yangi O‘zbekistonda iqtidorli yoshlar intellektual salohiyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy asoslari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (Falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Fal130.
Ilmiy maslahatchi: Saifnazarov Ismoil, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: G‘aybullaev Otabek Muxammadievich, falsafa fanlari doktori, professor; Musaev Odil Rahmatovich, falsafa fanlari doktori, professor; Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtidorli yoshlar intellektual salohiyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar intellektual salohiyatini rivojlantirishning komponentlari psixologik imkoniyat, shaxsiy intellektual salohiyat, ijtimoiy bilim, mentalitet, kasbiy talabga bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirlari faoliyatni takomillashtirishga xizmat qilishi sababli dialektik asosga ega ekanligi internalizm va eksternalizm yondashuvlari asosida ochib berilgan;
iste’dod, intellekt, iqtidorni globallashuv sharoitida rivojlantirishning epistemologik, ontologik xususiyatlari va ontogenez, genetika bilan bog‘liq global ta’lim makoniga xos zamonaviy paradigmalari integratsiyalashuvi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi ilmiy bilish dinamikasiga bog‘liq innovatsion jihatdan inson psixikasi natijasi ekanligiga oid konseptual ahamiyati tarixiylik va mantiqiylik vositasida asoslangan;
iste’dodli yoshlar kreativ intellektual salohiyatini yanada oshirishda integrativ kommunikatsiya, dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan uzlyuksiz ta’lim jarayonida didaktik texnologilarini qo‘llashning amaliyotga bog‘liq prakseologik asoslari hamda inson kapitalini rivojlantirishning kommunikativ va konstruktiv faoliyatga asoslangan zamonaviy tendensiyalari falsafiy jihatdan ochib berilgan;
iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish, jamiyat barqaror rivojlanishining strategik maqsadlariga erishishda raqobatbardosh bilim va texnologiyalarni vorisiylik va novatorlik uyg‘unligi asosida rivojlantirish, bilim olishdagi erkinlik, ijodkorlik madaniyatning universalligi innovatsion faoliyatga yo‘naltirishdagi ta’siri sababli innovatsiya va novatsiya bilan bog‘liqligi asoslangan;
mamlakatimizda iqtidorli yosh mutaxassislarni izlab topish va tanlashga qaratilgan «El-yurt umidi» jamg‘armasining faoliyatining qamrovini jamoat tashkilotlatri, nodavlat notijorat tashkilotlari orqali takomillashtirish, kognitiv (intellekt, bilimlar), konativ (kognitiv uslub, shaxsiy ijodiy xususiyatlar, motivatsiya), ruhiy-emotsional, kreativ muhitni shakllantirishda amaliy natijalarga erishishda samaradorlikni ta’minlashda funksional yondashuvga ustuvorlik berish zaruriyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda iqtidorli yoshlar intellektual salohiyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy asoslariga doir ilmiy tadqiqotning quyidagi natijalari amaliyotga joriy qilingan:
yoshlar intellektual salohiyatini rivojlantirishning komponentlari psixologik imkoniyat, shaxsiy intellektual salohiyat, ijtimoiy bilim, mentalitet, kasbiy talabga bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy ta’sirlari faoliyatni takomillashtirishga xizmat qilishi sababli dialektik asosga ega ekanligi internalizm va eksternalizm yondashuvlariga oid xulosa va tavsiyalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2017-2023 yillardagi ilmiy faoliyatiga tatbiq etilgan. Jumladan, 2018 yil 1 yanvaridan 2020 yil 31 dekabrgacha Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida olib borilgan P3-20170929280-sonli davlat granti «O‘zbekistonni jadal rivojlantirish sharoitida yoshlarning tolerantlik dunyoqarashini shakllantirish» mavzusidagi grant amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 24 avgustdagi 4/17-4/24-08-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning ilmiy salohiyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining natijadorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
iste’dod, intellekt, iqtidorni globallashuv sharoitida rivojlantirishning epistemologik, ontologik xususiyatlari va ontogenez, genetika bilan bog‘liq global ta’lim makoniga xos zamonaviy paradigmalari integratsiyalashuvi, ularning jamiyat taraqqiyotidagi ilmiy bilish dinamikasiga bog‘liq innovatsion jihatdan inson psixikasi natijasi ekanligiga oid konseptual ahamiyati tarixiylik va mantiqiylikka erishishga doir taklif va tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi ish faoliyatida foydalanilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan «G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti» 13-bandi «Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda «Yangi O‘zbekiston orzusi» ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish» mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 22 avgustdagi 02-22/838-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Yangi O‘zbekistonda iqtidorli yoshlar intellektual salohiyatini rivojlantirishning ijtimoiy, falsafiy asoslarini tahlil etishga xizmat qilgan;
iste’dodli yoshlar kreativ intellektual salohiyatini yanada oshirishda integrativ kommunikatsiya, dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan uzlyuksiz ta’lim jarayonida didaktik texnologilarini qo‘llashning amaliyotga bog‘liq prakseologik asoslari hamda inson kapitalini rivojlantirishning kommunikativ va konstruktiv faoliyatga asoslangan zamonaviy tendensiyalari falsafiy jihatlari bo‘yicha asoslangan xulosalardan «Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida»gi qonun (2019 yil 29 oktyabr), «Innovatsion faoliyat to‘g‘risida»gi qonun (2020 yil 24 iyul) loyihalarining O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan ishlab chiqilishida va parlament muhokamasida foydalanilgan. Shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasida va undan keyingi jarayonlarda (50, 51, 52, 53-moddalariga) taklif, fikr-mulohazalar muhokamasida foydalanilgan (O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining 2023 yil 30 avgustdagi 01-03/252-son ma’lumotnomasi). Natija jamiyatni modernizatsiya qilishda fan va ta’limdagi innovatsiyalarning hayotga tatbiq etilishiga xizmat qilgan;
iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish, jamiyat barqaror rivojlanishining strategik maqsadlariga erishishda raqobatbardosh bilim va texnologiyalarni vorisiylik va novatorlik uyg‘unligi asosida rivojlantirish, bilim olishdagi erkinlik, ijodkorlik madaniyatning universalligi innovatsion faoliyatga yo‘naltirishdagi ta’siri sababli innovatsiya va novatsiya bilan bog‘liqligiga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida, jumladan «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6017-son Farmonida belgilangan tegishli vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023 yil 28 avgustdagi 4-13-21-2401-son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi kunda jamiyat hayotida yoshlarning o‘rni va ta’sirini yanada oshirishga, ularning xolis va haqqoniy fikr erkinligidagi ahamiyatini oshirishda ilmiy-nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
mamlakatimizda iqtidorli yosh mutaxassislarni izlab topish va tanlashga qaratilgan «El-yurt umidi» jamg‘armasining faoliyatining qamrovini jamoat tashkilotlatri, nodavlat notijorat tashkilotlari orqali takomillashtirish, kognitiv (intellekt, bilimlar), konativ (kognitiv uslub, shaxsiy ijodiy xususiyatlar, motivatsiya), ruhiy-emotsional, kreativ muhitni shakllantirishda amaliy natijalarga erishishda samaradorlikni ta’minlashda funksional yondashuvga ustuvorlik berish zaruriyatiga oid tavsiyalardan Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasining 2020-2023 yillarda ish faoliyatida tatbiq etilgan. («El-yurt umidi» jamg‘armasining 2023 yil 24 avgustdagi 04-13/2707-son ma’lumotnomasi). Natija yoshlarning intellektual salohiyatni rivojlantirish istiqbollarini prognozlashda metodologik manba bo‘lib xizmat qilgan.