Suvonqulov Husan Toirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarbiya fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning milliy qadriyatlarga qiziqishlarini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02-Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan:  B2021.4.PhD/Ped2885.
Ilmiy rahbar: Toshtemirov Donyor Eshboevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti,  PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Hamraev Alijon Ruziqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mahmudova Muyassar Mahmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinflarida “Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning milliy qadriyatlarga qiziqishlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida milliy qadriyatlarga qiziqishlari qadriyat tushunchasi, g‘oya, nazariya, qonuniyatlardan, muammoli vaziyatlarda foydalanish, tarbiyaga doir ilmlarni “qiziqtiruvchi” va o‘yin texnologiyalari vositasida dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘zaro uyg‘unlashtirish, integratsiyalash metodlariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirilgan;
“Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida milliy qadriyatlarga qiziqishlarini rivojlantirish metodikasi psixologik, ma’naviy tarbiyalash tizimining aksiologik, qadriyatli, tizimli faoliyatli, rivojlantiruvchi kabi komponentlari va tayanch kompetensiyalari mazmuni “Keys-stadi”, “Bumerang”, “Krossvord” texnologiyalari vositasida improvatsiya va refleksivlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
“Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida milliy qadriyatlarga qiziqishlarini rivojlantirish mazmuni tarbiya jarayoniga hayotiy vaziyatlarni turli xil sohalardagi bilimlari “Debat”, “Piyola”, “Ishbilarmonlik o‘yini” metodlarining natijaviylik, mantiqiylik tamoyillarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
“Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida milliy qadriyatlarga qiziqishlarini rivojlantirishning metodik ta’minoti psixologik, pedagogik, texnologik, integrativ topshiriqlarni shaxsiy ijtimoiy tajriba, mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik kabi kompetensiyaviy yondashuv mezonlariga muvofiq bajarish, interfaol ta’lim texnologiyalari va didaktik vositalarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida milliy qadriyatlarga qiziqishlarini “Tarbiya” fanini o‘qitish orqali takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqot natijalari asosida:
“Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarida milliy qadriyatlarga qiziqishlari qadriyat tushunchasi, g‘oya, nazariya, qonuniyatlardan, muammoli vaziyatlarda foydalanish, tarbiyaga doir ilmlarni “qiziqtiruvchi” va o‘yin texnologiyalari vositasida dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘zaro uyg‘unlashtirish, integratsiyalash metodlariga ustuvorlik berish asosida rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar “Umumta’lim maktablarida tarbiya fanini o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 11-avgustdagi 01/11-01/11-698-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitish mazmunini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqishga xizmat qilgan;
“Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida milliy qadriyatlarga qiziqishlarini rivojlantirish metodikasi psixologik, ma’naviy tarbiyalash tizimining aksiologik, qadriyatli, tizimli faoliyatli, rivojlantiruvchi kabi komponentlari va tayanch kompetensiyalari mazmuni “Keys-stadi”, “Bumerang”, “Krossvord” texnologiyalari vositasida improvatsiya va refleksivlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Respublika ta’lim markazi faoliyatida foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2023-yil 11-avgustdagi 01/11-01/11-698-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini o‘qitishda uzviylik va uzlyuksizlikni ta’minlashga erishilgan;
“Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarida milliy qadriyatlarga qiziqishlarini rivojlantirish mazmuni tarbiya jarayoniga hayotiy vaziyatlarni turli xil sohalardagi bilimlari “Debat”, “Piyola”, “Ishbilarmonlik o‘yini” metodlarining natijaviylik, mantiqiylik tamoyillarini qo‘llash, o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga qiziqishlarini rivojlantirishning metodik ta’minoti psixologik, pedagogik, texnologik, integrativ topshiriqlarni shaxsiy ijtimoiy tajriba, mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik kabi kompetensiyaviy yondashuv mezonlariga muvofiq bajarish, interfaol ta’lim texnologiyalari va didaktik vositalarni qo‘llash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Tarbiya” fani bo‘yicha elektron ta’lim resursi (www.tarbiyadarslik.uz)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2023-yil 11-avgustdagi 01/11-01/11-698-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Tarbiya” fanini o‘qitish jarayonida interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish