Islamova Nilufar Bustanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Postmenopauza davridagi ayollarda surunkali tarqalgan parodontitni tashxislash va davolashni takomillashtirish», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2841.
Ilmiy rahbar: Nazarova Nodira Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori. dotsent;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Gromova Svetlana Nikolaevna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent; Zoirov Tulkin El`nazarovich,tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi postmenopauza davridagi ayollarda surunkali tarqalgan parodontitni tashhislash va davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
postmenopauza davridagi surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan ayollarda parodont to‘qimalarining funksional holatini har tomonlama baholash amalga oshirilgan holda, parodont to‘qimalarida yallig‘lanish jarayonlarining klinik va biokimyoviy ko‘rinishlari va suyak mineral zichligi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
postmenopauza davridagi ayollarda surunkali tarqalgan parodontitning og‘irlik darajasi va qon zardobidagi gomotsistein darajasi, tizimli yallig‘lanishning intensivligi va qon tomir endoteliysining shikastlanish darajasi o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
olingan yangi ilmiy ma’lumotlar natijasida qon zardobidagi interleykin-6, C-reaktiv oqsil, endotelin-1 ko‘rsatkichlarining kamaygan qiymatlari, shuningdek og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligidagi umumiy kal`siy, fosfatlar va ionlangan kaliy miqdori, parodont to‘qimalarida mexanik ta’sirlovchilarning mavjudligi, metionin almashinuvining buzilishi, mikrotomirlarning shikastlanishi aniqlangan;
surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan postmenopauza davridagi ayollarda davolash va profilaktika kompleks choralaridan foydalanganda, milklarda yallig‘lanish jarayonining tarqalishi va intensivligining pasayishi, parodontal cho‘ntaklar chuqurligining pasayishi, tish milkidan qon ketish darajasi va parodont tarkibidagi sitokinlar konsentratsiyasining pasayishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 06 iyundagi 21-sonli xulosasiga ko‘ra:
postmenopauza davridagi surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan ayollarda parodont to‘qimalarining funksional holatini har tomonlama baholash, parodont to‘qimalarida yallig‘lanish jarayonlarining klinik va biokimyoviy ko‘rinishlari va suyak mineral zichligi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: klinik, biokimyoviy, labarator tadqiqotlar asosida postmenopauza davridagi ayollarda surunkali tarqalgan parodontitning kompleks davolash va profilaktika usuli kasallikning remissiya davrini 3 oydan 6 oygacha uzaytirishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Postmenopauza davridagi surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan ayollarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand shaxar stomatologiya poliklinikasi va Qashqadaryo viloyati Kitob shahar stomatologiya poliklinikasi bo‘limlari bo‘yicha buyruq (11.11.2022 y.; №8n-z/601 ) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: postmenopauza davridagi surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan ayollarni paradont to‘qimasi yallig‘lanish kasalliklari amaliyoti vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradi; dissertatsiyada ko‘rib chiqilgan muammolar echimining postmenopauza davridagi surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan ayollarni paradont to‘qimasi yallig‘lanish kasalligini tashxislash va davolashning zamonaviy ilmiy – amaliy qarashlari va yondashuvlariga asoslanganligi bilan belgilanadi; bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi; kasallik natijasida yuzaga keladigan asoratlar sonini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik va biokimyoviy tekshirishlarini, suyak mineral zichligi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlashni joriy qilinishi hisobiga 1 nafar bemor uchun 520 000 so‘m iqtisod qilindi (tajribaga ko‘ra 46,9 foiz bemorlarda qayta tekshirish (ikkinchi marotoba) qayta ko‘rik amalga oshiriladi). Qayta ko‘rik amaliyoti darajasini 12,8 foizdan 5,96 foizga kamaytirgan (1 nafar bemordan 520 000 so‘m iqtisod qilinsa yiliga 75 nafar bemordan kasallik qaytalanishi 5 bemordan 2 bemorgacha tekshirish kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 520 000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy kursatkich 1 560 000 so‘mni (3 nafar bemor uchun) tashkil etadi. Xulosa: klinik va biokimyoviy tekshirishlarini, suyak mineral zichligi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlash amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 630 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 520 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Postmenopauza davridagi ayollarda surunkali tarqalgan parodontitni tashxislash va davolashni takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand tibbiyot universitetining 2022 yil 30 sentyabrdagi №3247 –sonli xati yuborilgan.
postmenopauza davridagi ayollarda surunkali tarqalgan parodontitning og‘irlik darajasi va qon zardobidagi gomotsistein darajasi, tizimli yallig‘lanishning intensivligi va qon tomir endoteliysining shikastlanish darajasi o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlik borligi labarator tadqiqotlar bilan tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: postmenopauza davridagi surunkali tarqalgan parodontiti bor ayollarning qon zardobidagi gomotsistein darajasini o‘z vaqtida diagnostik qiymatini aniqlanishi ushbu bemorlarda parodontit kasalligini klinik belgilarining nomoyon bulmay turib ertta tashxislash imkonini beradi. Shu maqsadda ishlatilgan Angiovit dori vositasidan kompleks foydalanish xamda mahalliy-an’anaviy davo usulini qo‘llash kasallikning remissiya davrini uzaytirilishini imkonini beradigan davo chorasi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Postmenopauza davridagi surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan ayollarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand shaxar stomatologiya poliklinikasi va Qashqadaryo viloyati Kitob shahar stomatologiya poliklinikasi bo‘limlari bo‘yicha buyruq (11.11.2022 y.; №8n-z/601 ) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: postmenopauza davridagi surunkali tarqalgan parodontiti bor ayollarning qon zardobidagi gomotsistein darajasini o‘z vaqtida diagnostik qiymatini aniqlanishi ushbu bemorlarda parodontit kasalligini klinik belgilarining nomoyon bulmay turib ertta tashxislash imkonini beradi; kasallik natijasida yuzaga keladigan asoratlar sonini kamaytiradi; ushbu kasallika chalingan ayollarning hayot sifatini yaxshilaydi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 1 nafar bemor uchun qon zardobidagi gomotsistein darajasini o‘z vaqtida diagnostik qiymatini aniqlanishi o‘rtacha 40,000 so‘m sarflanishi, bir davolanish kursida davolashgacha va davolashdan keyin o‘rtacha 2 marotaba o‘tkazilishini hisobga olganda 40.000 × 2 = 80.000 so‘m sarflanishiga olib keladi va bu bilan parodontitni ertta tashxislash bilan uning asoratini davolashdan ko‘ra tejalishiga erishildi, (tajribaga ko‘ra 45,6 foiz bemorlarda qayta tekshirish (ikkinchi marotoba) qayta ko‘rik amalga oshiriladi). Qayta ko‘rik amaliyoti darajasini 13,8 foizdan 6,96 foizga kamaytirgan (1 nafar bemordan 80 000 so‘m iqtisod qilinsa yiliga 75 nafar bemordan kasallik qaytalanishi 5 bemordan 2 bemorgacha tekshirish kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 80 000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy kursatkich 240 000 so‘mni (3 nafar bemor uchun) tashkil etadi.Xulosa: qon zardobidagi gomotsistein darajasini o‘z vaqtida diagnostik qiymatini aniqlash amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 160 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 80 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Postmenopauza davridagi ayollarda surunkali tarqalgan parodontitni tashxislash va davolashni takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand tibbiyot universitetining 2022 yil 30 sentyabrdagi №3247 –sonli xati yuborilgan.
olingan yangi ilmiy ma’lumotlar natijasida qon zardobidagi C-reaktiv oqsil, endotelin-1 ko‘rsatkichlarining kamaygan qiymatlari, shuningdek og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligidagi interleykin-6, umumiy kal`siy, fosfatlar va ionlangan kaliy miqdori, parodont to‘qimalarida mexanik ta’sirlovchilarning mavjudligi, metionin almashinuvining buzilishi, mikrotomirlarning shikastlanishi aniqlandi. Ilmiy yangilikning ahamiyati: postmenopauza davridagi ayollarda surunkali tarqalgan parodontitni tashxislashda qon zardobidagi C-reaktiv oqsil, endotelin-1 ko‘rsatkichlarining kamaygan qiymatlari, shuningdek og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligidagi interleykin-6, umumiy kal`siy, fosfatlar va ionlangan kaliy miqdorini aniqlash parodontit kasalligini klinik belgilarini namoyon bulmay turib, erta tashxislashga ko‘maklashadi va kasallik asoratlarini oldini olishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Postmenopauza davridagi surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan ayollarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand shaxar stomatologiya poliklinikasi va Qashqadaryo viloyati Kitob shahar stomatologiya poliklinikasi bo‘limlari bo‘yicha buyruq (11.11.2022 y.; №8n-z/601 ) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: postmenopauza davridagi surunkali tarqalgan parodontiti bor ayollarni tashxislashda qon zardobidagi C-reaktiv oqsil, endotelin-1 ko‘rsatkichlarining kamaygan qiymatlari, shuningdek og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligidagi interleykin-6, umumiy kal`siy, fosfatlar va ionlangan kaliy miqdorini aniqlash parodontit kasalligini klinik belgilarini namoyon bulmay turib, erta tashxislashga ko‘maklashadi va kasallik asoratlarini oldini olishga imkon yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida bir bemorga kompleks davo uchun o‘rtacha bemor qon zardobidagi C-reaktiv oqsil-30,000, endotelin-1 30.000 so‘m sarflanishi, shuningdek og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligidagi interleykin-6 30,000 so‘m, umumiy kal`siy, fosfatlar va ionlangan kaliy miqdorini aniqlash-20,000 sarflanishi, bir davolanish kursida davolashgacha va davolashdan keyin o‘rtacha 2 marotaba o‘tkazilishini hisobga olganda 110,000 × 2 = 220.000 so‘m sarflanishiga olib keladi va bu bilan parodontitni ertta tashxislash bilan uning asoratini davolashdan ko‘ra tejalishiga erishildi.Xulosa: postmenopauza davridagi surunkali tarqalgan parodontiti bor ayollarni tashxislashda qon zardobidagi C-reaktiv oqsil, endotelin-1 ko‘rsatkichlarining kamaygan qiymatlari, shuningdek og‘iz bo‘shlig‘i suyuqligidagi interleykin-6, umumiy kal`siy, fosfatlar va ionlangan kaliy miqdorini o‘z vaqtida diagnostik qiymatini aniqlash amaliyotining joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 360 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 220 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Postmenopauza davridagi ayollarda surunkali tarqalgan parodontitni tashxislash va davolashni takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand tibbiyot universitetining 2022 yil 30 sentyabrdagi №3247 –sonli xati yuborilgan.
surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan postmenopauza davridagi ayollarda davolash va profilaktika kompleks choralaridan foydalanganda, milklarda yallig‘lanish jarayonining tarqalishi va intensivligining pasayishi, parodontal cho‘ntaklar chuqurligining pasayishi, tish milkidan qon ketish darajasi va parodont tarkibidagi sitokinlar konsentratsiyasining pasayishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati parodont kasalliklarini davolashni takomillashtirish, postmenopauza davridagi ayollarda reabilitatsiya taktikasini aniqlash imkoniyatidan iborat. Bu, o‘z navbatida, postmenopauza davridagi ayollarning hayot sifatini yaxshilash imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Postmenopauza davridagi surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan ayollarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Samarqand shaxar stomatologiya poliklinikasi va Qashqadaryo viloyati Kitob shahar stomatologiya poliklinikasi bo‘limlari bo‘yicha buyruq (11.11.2022 y.; №8n-z/601 ) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: postmenopauza davridagi surunkali tarqalgan parodontiti bor ayollarning kompleks davo choralarini ishlab chiqish va vaqtida diagnostik qiymatini aniqlanishi ushbu bemorlarda parodontit kasalligini klinik belgilarining nomoyon bulmay turib ertta tashxislash imkonini beradi xamda kasallikning remissiya davrini uzaytiradi; kasallik natijasida yuzaga keladigan asoratlar sonini kamaytiradi; ushbu kasallika chalingan ayollarning hayot sifatini yaxshilaydi.Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida bir bemorga kompleks davo uchun o‘rtacha 150.000 so‘m sarflanishi, yil davomida o‘rtacha 4 marotaba davolanishini hisobga olganda 150.000 × 4 = 600.000 so‘m sarflanishiga olib keladi va bu bilan parodontitni ertta tashxislash bilan uning asoratini davolashdan ko‘ra tejalishiga erishildi. Xulosa: Postmenopauza davrida surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan bemorlarda kompleks terapevtik chora-tadbirlari ishlab chiqildi, so‘ng dastlabki ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda umumiy kal`siy, fosfatlar va kaliy miqdorining pasayishi aniqlandi. Qon zardobida gomotsistein, interleykin-6, C-reaktiv oqsil va endotelin-1 miqdori statistik jihatdan sezilarli darajada kamaydi. Postmenopauza davrida surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan bemorlarda kompleks terapevtik chora-tadbirlari ishlab chiqildi va asoratlarning oldi olinishi 1 nafar bemor hisobiga 960 000 so‘mdan 600 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi:“Postmenopauza davridagi ayollarda surunkali tarqalgan parodontitni tashxislash va davolashni takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand tibbiyot universitetining 2022 yil 30 sentyabrdagi №3247 –sonli xati yuborilgan.