Abidova Anora Rustam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxta regeneratorining samaradorligini oshirish uchun kolosnikli panjaraning yangi konstruksiyasini ishlab chiqish va ish rejimlarini asoslash” mavzusidagi 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.2.PhD/T3668.
Ilmiy rahbar: Kuliev Toxir Mamarajapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati, DSc.30/30.11.2021.T.141.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Davlat Mustafoevichni, texnika fanlari doktori, professor, Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti dotsenti, PhD. Mavlyanov Aybek Palvanbaevich.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tolali materialning tabiiy sifatini saqlab qolgan holda chiqindidagi paxta bo‘laklari miqdorini kamaytirish orqali tozalash samarasini  oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
regeneratordan ajralayotgan chiqindi tarkibida paxta bo‘laklarini kamaytirish va tozalash samarasini oshirish uchun uch qismna bo‘lingan kolosnikli panjaraning o‘rta qism kolosniklari oralig‘i ikki chekkasidan kichiklashtirilgan va tashqariga chiqayotgan chiqindini ichkariga so‘rilishini yo‘qotish uchun kesik konusli klapani ishlab chiqilgan;
kolosniklarga urilgan paxta bo‘lakchalari va chiqindilar uchun tiklanish koeffisienti  ifodasidan paxta bo‘lakchalari va chiqindi aralashmalarining tezligini aniqlab,  paxta bo‘lakchasi hamda chiqindining aloxida yo‘nalishga ega bo‘lgan tezliklarini ularning massalariga va burchaklariga bog‘liqlik tenglamasi ishlab chiqilgan;
kesik konusli klapanning bosimini zichligi va massasiga bog‘liqlik ifodasi bo‘yicha konusli klapandagi chiqindini konusning balandligiga, qiyalik burchagiga, chiqindi beradigan bosimga bog‘liqlik ifodasi aniqlangan;
ko‘p omilli tajribalarni o‘tkazish asosida regeneratorning arrachali barabanlarining aylanishlar sonini, kesik konusli chiqindi chiqarish klapanining konuslik burchagini va kolosnikli panjaralarni ketma-ket joylashtirishda kolosniklar oraliq masofasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani iflosliklardan tozalash oqimi texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy ishlar natijalari asosida:
Paxtani yirik iflosliklardan tozalash mashinalaridan ajralgan chiqindi tarkibidan paxtani ajratishning takomillashtirilgan RX regeneratori Sirdaryo viloyati “Boyovut techno cluster” MChJ” korxonasining ishlab chiqarish sexiga joriy etilgan. (“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik” klasteri uyushmasining 2023 yil № 03/22-556 sonli  ma`lumotnomasi). Natijada regeneratordan ajralgan paxtalarning o‘zini aloxida yig‘ib, qayta ishlash natijasidan olingan tolaning sifati amaldagi regeneratordan 0,2 % ga yaxshilanganligiga erishilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish