Tuliev Ulug‘bek Yuldashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbek tilidagi hujjatlarning tematik klassifikatorlarini yaratish», 05.01.11–Raqamli texnologiyalar va sun’y intellekt (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/FM831.
Ilmiy rahbar: Ignatev Nikolay Aleksandrovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Alisher Samandarovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Norov Abdusaid, texnika fanlari bo‘yicha PhD.
Yetakchi tashkilot: Urganch Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tematik modellashtirish masalasini echish uchun berilganlarning intellektual tahlili usullari va kriteriyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hujjatlar tavsifidagi munosabatlarining miqdoriy bahosi asosida ularning semantik bog‘langanlik koeffisientini hisoblash usuli taklif qilingan va asoslangan. Ilmiy uslubdagi hujjatlarda koeffisientning eng yuqori qiymati matematika va fizika fanlari bo‘yicha olingan;
xom alomatlarning o‘zaro kesishmaydigan guruhlari bo‘yicha umumlashgan baholarni hisoblash metodi orqali shakllantirilgan latent alomatlar yordamida hujjatlar sinflari juftligi bo‘yicha so‘zlardan sun’iy qoliplar ajratib olingan;
hujjatlar kolleksiyasining mazmunan haqqoniylik ko‘rsatkichini hisoblash metodologiyasi ishlab chiqilgan. Metodikada, mavzularning optimal sonini aniqlash uchun klaster tahlil natijalari bo‘yicha kriteriyalardan foydalanilgan;
ikkita hujjatlar to‘plamidagi berilganlar uchun terminlarning umumiy lug‘atini shakllantirish metodi ishlab chiqilgan. Lug‘at uchun terminlarni tanlashda ularning sinfga tegishlilik funksiyasining qiymati bo‘yicha hisoblanuvchi turg‘unlik ko‘rsatgichidan foydalanilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Hujjatlar tavsifidagi munosabatlarining miqdoriy bahosi asosida ularning semantik bog‘langanlik koeffisientini hamda hujjatlar kolleksiyasining mazmuniy haqqoniylik ko‘rsatkichini hisoblash orqali hujjatlar to‘plamidagi berilganlar uchun terminlarning umumiy lug‘atini shakllantirish metodi ishlab chiqish orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
hujjatlar to‘plamlari orasidagi semantik bog‘lanishni hisoblash metodini yaratish bo‘yicha dissertatsiya ishida olingan natijalar JHBL-13 raqamli “O‘zbekistonda “Baxtiyor oila” veb portalini yaratish” grant loyihasida matnli ma’lumotlarni xronologik tahlil qilishda foydalanilgan (“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutining 2021-yil 25-iyundagi 10-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi matnli hujjatlarni klassifikatsiya qilish uchun alomatlar fazosini tashkil qiluvchi lug‘atlarni shakllantirish imkonini bergan;
hujjatlar to‘plami bo‘yicha umumiy lug‘atni shakllantirish va hujjatlar tavsifi munosabatlarini miqdoriy baholash bo‘yicha olingan natijalar “UNICON.UZ” Fan-texnika va marketing ilmiy tadqiqotlar markazi Davlat unitar korxonasida o‘zbek tilidagi terminlar glossariylarini yaratish hamda elektron hujjat aylanish tizimlarida qo‘llanilgan (“UNICON.UZ” DUK 2023-yil 20-fevraldagi 1-1/300 sonli ma’lumotnomasi). Tematik modellarni ishlab chiqish uchun dasturiy ta’minoti ilmiy terminlar lug‘ati va ular asosida elektron hujjatlar yaratish jarayonini avtomatlashtirish hisobiga qaror qabul qilishning tezkorligi va samaradorligini 40% oshirishga yordam bergan.