Rahimova Mehrbonu Akrom qizining
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Alomatlar to‘plamining xilma-xilligi bo‘yicha qaror qabul qilish uchun latent ko‘rsatkichlarni tanlash», 05.01.11–Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/FM830.
Ilmiy rahbar: Ignatev Nikolay Aleksandrovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kabulov Avar Vasilovich, texnika fanlari doktori, professor; Muxamedieva Dilnoza Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy tashhislashda qabul qilinayotgan qarorlar samaradorligini oshirish uchun berilganlardan yashirin qonuniyatlarni izlash uslublarini ishlab chiqish va asoslashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
alomatlarni invariantlilik xususiyatlari bilan nominal shkalaga va o‘lchov masshtablariga nochiziqli o‘girish, ranjirlash natijalari asosida turli toifadagi alomatlarning informativ termalarini saralashning aynan o‘xshashi yo‘q yangi uslubi ishlab chiqilgan. Sinfga tegishlilik funksiyasini hisoblash uchun intervallarning optimal chegaralarini tanlash mezonlariga asoslangan holda amalga oshiriliganligi nazariy jihatdan asoslangan.
sog‘liq miqdorini o‘lchash uchun vosita sifatida aniqlangan alomatlar termasi bo‘yicha ob’ektlarning umumlashgan baholarini hisoblash asosida kompaktlik o‘lchovidan foydalanish samaradorligi hisoblash eksperimenti orqali sbotlangan;
berilganlarning tushirib qoldirilgan qiymatlari mavjud holatlardagi bosh to‘plam tanlanmalaridagi nominal va miqdoriy alomatlarning turg‘unlik qiymatlarining kam o‘zgaruvchanligi o‘tkazilgan hisoblash eksperimenti orqali isbotlangan;
COVID-19 berilganlari bo‘yicha obʼektlarning shaxsiy alomatlar fazosini shakllantirish muammosi hal qilindi. Alomatlarni tanlashda sinflarning son o'qidagi ularning kompaktlik o'lchovi qiymatlari orqali tanlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ob’ektlarning sinflarga bo‘lishdagi dastlabki va keyingi nochiziqli o‘girish alomatlarning vazni va turg‘unligi qiymatlari bo‘yicha asosli qarorlar qabul qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
asoslangan qaror qabul qilish uchun yangi bilimlar sifatida qaraladigan alomatlarni nochiziqli o‘girishgacha va undan keyingi holatlarda ob’ektlarni ularning vaznlari va turg‘unliklari bo‘yicha sinflarga bo‘lish orqali olingan natijalar va dasturiy ta’minot Toshkent tibbiyot Akademiyasida olimlari tomonidan bolalar va o‘smirlarda semirishni davolash uslubiyatini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent tibbiyot akademiyasining 2021 yil 14 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash ob’ektlarning bo‘linishiga asoslangan informativ alomatlarni saralash usulini kompyuterda amalga oshirilishi bolalar va o‘smirlarda semirishni davolash uslubiyatini tahlil qilish imkonini bergan;
tegishlilik funksiya qiymatlari orqali turli toifadagi alomatlarni nochiziqli o‘girish va tushirib qoldirilgan qiymatlari bo‘lgan berilganlardagi alomatlardan ularning turg‘unlik qiymatlari asosida informativ alomatlar to‘plamini ajratib olish usuli bo‘yicha olingan natijalar va g‘oyalardan A-OTM-2020-2 “O‘pka sili va bronxial astmasi bor bemorlarda o‘pka aspargilezini prognoz qiluvchi va tashxislovchi intellektual dasturiy mahsulot yaratish" loyihasi doirasida berilganlarda tushirib qoldirilgan qiymatlarni inobatga olgan holda ularning turg‘unlik qiymatlari bo‘yicha informativ alomatlar to‘plamini tanlash masalalarini echishda foydalanilgan (Raqamli texnologiyalar va suniy intellektni rivojlantirish institutining 2022 yil 14 dekabrdagi 654-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash berilganlarda yashirin qonuniyatlarni aniqlash va ulardan yangi bilim sifatida foydalanish, o‘pka sili va bronxial astmasi bor bemorlarda o‘pka aspargilezini prognoz qilish imkonini bergan.