Boltaev Nurali Shiramatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Agrar ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.13–“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2022.2.PhD/Iqt2299.
Ilmiy rahbari: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qahhorov Otabek Siddiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Saidov Mash’al Samadovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: agrar ta’lim tizimida malakali kadrlar tayyorlashning boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agrar yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotgan ish beruvchi tashkilotlarda talabalar uchun muayyan miqdordagi ish o‘rnini zahira sifatida ajratishga asoslangan “Talaba shtati” mexanizmini joriy etish orqali talabalarning o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish, o‘qishdan bo‘sh vaqtlaridagi qisman bandligini ta’minlash hamda bitiruvchilarni ishga qabul qilish taklifi asoslangan;
ta’limning xalqaro standart tasniflagichi asosida qishloq xo‘jaligi sohasini o‘rta bo‘g‘in mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida professional ta’lim yo‘nalishlari uchun kasblar klassifikatori “aqlli” qishloq xo‘jaligi texnikalaridan tarmoqlar bo‘yicha foydalanishning texnologik jarayonini tashkil etishga ixtisoslashgan operator-analitik kasbini joriy etish hamda kasbiy-mutaxassislik standartlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
bitiruvchining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, amaliyot obektlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi, agrar sohaning me’yoriy-huquqiy asoslariga doir bilimi, fikrlash kreativligi va liderlik xususiyatlari kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar salohiyatini baholash uslubi agrar ta’lim tizimida sifat menejmenti talablari doirasida “yuqori samarali” [4,5-5,0], “o‘rta samarali” [3,5-4,4], “past samarali” [2,6-3,4], “samarasiz” [1,0-2,5] baholash mezonlariga ko‘ra takomillashtirilgan;
agrar yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarining kadrlar tayyorlashda ilmiy salohiyat va o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarning joriy etish omilini hisobga olgan holda Toshkent davlat agrar universiteti bitiruvchilari bandlik darajasining 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Agrar ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning boshqaruv mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
agrar yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotgan ish beruvchi tashkilotlarda talabalar uchun muayyan miqdordagi ish o‘rnini zaxira sifatida ajratishga asoslangan “Talaba shtati” mexanizmini joriy etish orqali talabalarning o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish, o‘qishdan bo‘sh vaqtlaridagi qisman bandligini ta’minlash hamda bitiruvchilarni ishga qabul qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan agrar sohasida zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash jarayonlarini boshqarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-apreldagi 03/14-466-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish orqali zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fan va ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, ish beruvchi tashkilot va korxonalar faoliyatida kadrlar qo‘nimsizligini oldini olish, malakali kadrlar zahirasi yaratish hamda bitiruvchilarning bandlik darajasini oshishiga xizmat qilgan;
ta’limning xalqaro standart tasniflagichi asosida qishloq xo‘jaligi sohasini o‘rta bo‘g‘in mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida professional ta’lim yo‘nalishlari uchun kasblar klassifikatori “aqlli” qishloq xo‘jaligi texnikalaridan tarmoqlar bo‘yicha foydalanishning texnologik jarayonini tashkil etishga ixtisoslashgan operator-analitik kasbini joriy etish hamda kasbiy-mutaxassislik standartlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan kasbiy-mutaxassislik standartlari asosida o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida zamonaviy kasblar bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash va ta’lim muassasalarini samarali boshqarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-apreldagi 03/14-466-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan kasblar klassifikatori va kasbiy-mutaxassislik standartlari asosida agrar ta’lim tizimida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha zamonaviy kasblarni egallagan bitiruvchilar (mutaxassislar) ishlab chiqarish korxonalarida samarali mehnat faoliyatini tashkil etishi, agrar sohani barqarorligini ta’minlashda va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinishi, shu asosda oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tizimining uzviy integratsiyasini ta’minlangan;
bitiruvchining o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, amaliyot obektlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi, agrar sohaning me’yoriy-huquqiy asoslariga doir bilimi, fikrlash kreativligi va liderlik xususiyatlari kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar salohiyatini baholash uslubi agrar ta’lim tizimida sifat menejmenti talablari doirasida “yuqori samarali” [4,5-5,0], “o‘rta samarali” [3,5-4,4], “past samarali” [2,6-3,4], “samarasiz” [1,0-2,5] baholash mezonlariga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan agrar ta’lim muassasalari faoliyatini yanada samarali boshqarishda kadrlar salohiyatini oshirishda hamda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-apreldagi 03/14-466-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mehnat bozoriga malakali kadrlar tayyorlashda ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni va ta’lim sifatini oshirishga hamda kadrlar (talabalar) o‘z ustida tinimsiz mehnat qilishga, mustaqil ta’lim olish imkoniyatidan to‘liq foydalanish orqali yuqori samaradorlikka erishish imkonini bergan;
agrar yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarining kadrlar tayyorlashda ilmiy salohiyat va o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarning joriy etish omilini hisobga olgan holda Toshkent davlat agrar universiteti bitiruvchilari bandlik darajasining 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “Toshkent davlat agrar universitetining 2022-2027 yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli strategik boshqarish va rivojlantirish dasturi”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-apreldagi 03/14-466-sonli hamda Toshkent davlat agrar universitetining 2023-yil 9-martdagi 1/4-1663-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bitiruvchilarining bandlik darajasi 2027-yilda 2022-yilga nisbatan 1,6 foizga, ilmiy salohiyat 10 foizga, o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etilganlik darajasini 0,8 foizga ortishi prognoz qilingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish