Xusainov Oybek Djabbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.     Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Chorvachilik sohasida infratuzilma xizmatlarini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish (Qashqadaryo viloyati misolida), 08.00.04-“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt467
Ilmiy rahbar: Ergashev Raxmatilla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD 03/29.12.2022.I.111.01
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Kulmamat Djanzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xalikov Suyun Ravshanovich, iqtisodiyot fanlari nomzadi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chorvachilik sohasida infratuzilma xizmatlarini rivojlantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra infratuzilma xizmatlari sohasi faoliyati kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida keng qo‘llanilishidan kelib chiqqan holda, mahsulotni ishlab chiqarishdan iste’moliga qadar bo‘lgan aloqa zanjirining bog‘lovchisi sifatida “chorvachilikda infratuzilma xizmatlari tizimi” tushunchasi mahsulotni etishtirish, qayta ishlash, iste’mol qilinadigan resurslardan oqilona foydalanish hisobiga mahsuldorlikni oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan xizmatlar majmuasi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
ozuqa etishtirishning texnikaviy va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini tizimli aniqlash infratuzilma xizmatlarining soha samaradorligiga ta’sir darajasi baholash mezonining “past” [TS<0,6], “o‘rta” [0,60≤TS<0,90], “yuqori” [TS≥0,9] chegaralarini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
chorvachilikka ixtisoslashgan xo‘jalik yurituvchi subektlar (yirik chorvachilik komplekslari, fermer va dehqon xo‘jaliklari, yordamchi xo‘jaliklar, aholi xonadonlari) faoliyat tavsifi hamda ko‘lamining turliligidan kelib chiqqan holda infratuzilma xizmatlari ko‘rsatishning asosiy yo‘nalishlari (chorva mollarini sun’iy urug‘lantirish, ozuqa etishtirish va tayyorlash, chorvachilik mahsulotlarini qadoqlash, saqlash va tashish)ni har bir xo‘jalik turi faoliyati xususiyatiga muvofiqlashtirish asosida diversifikatsiyalash orqali samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
Qashqadaryo viloyati chorvachilik sohasida infratuzilma xizmatlari tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish omillarining ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model asosida 2026 yilga qadar o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.         
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Chorvachilik sohasida infratuzilma xizmatlarini rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra infratuzilma xizmatlari sohasi faoliyati kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida keng qo‘llanilishidan kelib chiqqan holda, mahsulotni ishlab chiqarishdan iste’moliga qadar bo‘lgan aloqa zanjirining bog‘lovchisi sifatida “chorvachilikda infratuzilma xizmatlari tizimi” tushunchasi mahsulotni etishtirish, qayta ishlash, iste’mol qilinadigan resurslardan oqilona foydalanish hisobiga mahsuldorlikni oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan xizmatlar majmuasi nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish iqtisodiyoti” nomli darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilishi oliy o‘quv yurtlari talabalarida mahsulotni etishtirish, qayta ishlash, iste’mol qilinadigan resurslardan oqilona foydalanish hisobiga mahsuldorlikni oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan xizmatlar majmuasi sifatidagi chorvachilikda infratuzilma xizmatlari tizimi to‘g‘risidagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni yanada kengaytirish imkonini bergan;
ozuqa etishtirishning texnikaviy va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini tizimli aniqlash infratuzilma xizmatlarining soha samaradorligiga ta’sir darajasi baholash mezonining “past” [TS<0,6], “o‘rta” [0,60≤TS<0,90], “yuqori” [TS≥0,9] chegaralarini qo‘llash orqali takomillashtirish taklifidan “O‘zbekchorvanasl” agentligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tizim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni (“O‘zbekchorvanasl” agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy “Chorvanasl” markazining 2022-yil 10-martdagi 17/7-12-sonli buyruq asosida tasdiqlangan) amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022-yil 13-apreldagi 02/23-726-sonli hamda “O‘zbekchorvanasl” agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy “Chorvanasl” markazining 2022-yil 25-martdagi 25/2-66-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida chorva mollari miqdorini amaldagiga nisbatan 10-12 foizga va mahsuldorligini 15-20 foizga oshirish hamda Nishon va Qarshi tumanlarida infratuzilma xizmatlari xarajatlarini bitta shartli chorva moli bosh soniga nisbatan 5-9 foizga qisqartirish imkoni  yaratilgan;
chorvachilikka ixtisoslashgan xo‘jalik yurituvchi subektlar (yirik chorvachilik komplekslari, fermer va dehqon xo‘jaliklari, yordamchi xo‘jaliklar, aholi xonadonlari) faoliyat tavsifi hamda ko‘lamining turliligidan kelib chiqqan holda infratuzilma xizmatlari ko‘rsatishning asosiy yo‘nalishlari (chorva mollarini sun’iy urug‘lantirish, ozuqa etishtirish va tayyorlash, chorvachilik mahsulotlarini qadoqlash, saqlash va tashish)ni har bir xo‘jalik turi faoliyati xususiyatiga muvofiqlashtirish asosida diversifikatsiyalash orqali samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tizim tashkilotlari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022-yil 13-apreldagi 02/23-726-sonli hamda “O‘zbekchorvanasl” agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy “Chorvanasl” markazining 2022-yil 25-martdagi 25/2-66-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida chorvachilikda mablag‘ va vaqt tejalishi hamda nasldor chorva mollaridan foydalanish asosida chorvaning mahsuldorligini sifat jihatdan baholash asoslangan;
Qashqadaryo viloyati chorvachilik sohasida infratuzilma xizmatlari tizimini takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish omillarining ta’sirini ifodalovchi ekonometrik model asosida 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan hududlarda chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqish hajmini oshirish, infratuzilma xizmatlarini shakllantirishga qaratilgan istiqboldagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2022-yil 13-apreldagi 02/23-726-sonli hamda “O’zbekchorvanasl” agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy “Chorvanasl” markazining 2022-yil 25-martdagi 25/2-66-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatining chorvachilik sohasida infratuzilma xizmatlari ko‘rsatish hajmining 1 foizga oshishi evaziga qoramollar sonining 0,66 foizga va etishtirilgan jami go‘sht mahsulotlarining 0,98 foizga ortishiga imkon yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish