Asabaev Dilshod Xasankulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘arbiy O‘zbekiston magniy xomashyosining asosiy turlarini joylashuvining geologik xususiyatlari va ulardan foydalanish istiqbollari», 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/GM177.
Ilmiy rahbar: Mirusmanov Mirvasid Agzamovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Mineral resurslar instituti» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Mineral resurslar instituti” DM, DSc.24/30.12.2019.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Movlanov Jahongir Jo‘rabekovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Xakberdiev Nurbek Musurmanovich, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: «Regionalgeologiya» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: G‘arbiy O‘zbekiston magniy xomashyosi turlari joylashuvining geologik xususiyatlarini aniqlash va ulardan foydalanish istiqbollarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
G‘arbiy O‘zbekistondagi magnezial xomashyo konlarining genetik-formatsiyasi asosida yangi geologik-sanoat tasnifi ishlab chiqildi.
G‘arbiy O‘zbekistonning alohida xududlarida (Sultonuvays, Qizilqum, Nurota, Zirabuloq-Ziyovuddin va Molguzar) turli to‘plamlar bilan ifodalangan magnezial formatsiyalarining hududiy joylashuv xususiyatlari aniqlandi.
Magnezial formatsiyalar ob’ektlari mineral tarkibining o‘ziga xos  va geologik-texnologik xususiyatlari aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘arbiy O‘zbekiston magniyli olovbardosh xomashyosining joylashish xususiyatlari va ulardan foydalanishning istiqbollarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
G‘arbiy O‘zbekistonning Sultonuvays, Qizilqum, Nurota, Zirabuloq-Ziyovuddin va Molguzar regionlaridagi magnezial formatsiyalar to‘g‘risidagi yangi g‘oyalar “Regionalgeologiya” DUKda amaliyotga joriy qilingan. (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 24 maydagi 08-1401-son ma’lumotnomasi). Natijada magniy xomashyosi tog‘-ma’dan rayonlaridagi serpentinit, tal`k, dolomit, brusit va evaporit formatsiyalari bilan bog‘liqligini aniqlash imkonini berdi;
aniqlangan istiqbolli serpentinit ob’ektlari «Regionalgeologiya» DUK amaliyotga joriy qilingan. (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 24 maydagi 08-1401-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraumbet, Qushkanatov, Uzunquduq, Saylyauquduq ob’ektlaridagi magniy tuzlari, Tomdi, Omondara, Qoraqiya, Tangisoy, Qutchi ob’ektlaridagi serpentinitlar, Muruntov, Bozdon, Sipki, Ingichka, Qorasuv, Maxmudtov ob’ektlaridagi dolomitlar, Beltovda brusit va Chettik, Bichanchi, Qizilsoy ob’ektlaridagi tal`k zahiralari va resurslarini hisoblash imkonini berdi;
magniy xomashyosi ob’ektlarini o‘rganish va o‘zlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar «Regionalgeologiya» DUKda amaliyotga joriy qilingan. (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 24 maydagi 08-1401-son ma’lumotnomasi). Natijada magniy xomashyosining mineral-xomashyo bazasini zaxira bo‘yicha 376,7 million tonna va resurslar bo‘yicha 242,7 million tonnaga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish